Mavzu: sanoatda zamonaviy boshqaruv tizimi



Download 22.15 Kb.
Page1/4
Date03.10.2023
Size22.15 Kb.
#62240
  1   2   3   4
13 тармок иктисоди-------




MAVZU: SANOATDA ZAMONAVIY BOSHQARUV TIZIMI






Reja:

1.

Boshqaruv obyektiv zaruriyat va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon sifatida

2.

Boshqarishning asosiy tamoyillari va usullari

3.

Boshqaruvning zamonaviy tuzilishi

4.



Boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari





1. Boshqaruv obyektiv zaruriyat va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon sifatida
Har qanday ishlab chiqarish boshqaruvning muayyan tizimisiz oqilona harakat qila olmaydi va rivojlanmaydi. SHu tufayli ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida jamiyat o‘ziga xos va mos boshqaruv tizimini yaratadi.
«Boshqaruv» tushunchasi uzoq va chuqur tarixiy taraqqiyotga ega. Uning yuzaga kelishi esa insoniyat taraqqiyotining eng mu­him jarayonlaridan biri hisoblanadi. Boshqaruv faoliyatining dastlabki davrida insonlar o‘z bilim va tajribasiga asoslangan holda ishlab chiqarishni boshqargan bo‘lsalar, asta-sekinlik bilan texnika-texnologiyaning rivojlanishi, ishlab chiqarish sur’atlarining o‘sishi va har xil tashkiliy sharoitlar yuzaga kelishi natijasida faoliyatning mazkur turi ancha murakkablashib bordi. Bunday holatni anglash, chuqurroq o‘rganish va bilish «Boshqaruv fani»ning vujudga kelishiga olib keldi.
Boshqaruvning bir qator nazariy va amaliy vazifalari F.U. Teylor tomonidan asoslab berilgan. U boshqarishga «Nima qilish kerakligini, uni eng yaxshi va qulay usulda amalga oshirishni aniq bilish san’ati», - deb ta’rif bergan.
Boshqaruvning ma’nosi va mohiyati, ahamiyati va mazmuni, tamoyillari va usullari to‘g‘risida buyuk olimlar, mutafakkirlar, mutaxassislar juda ko‘p fikr aytishgan va yozib qoldirishgan.
Boshqaruv - alohida funktsiya bo‘lib, turli-tuman sohalar (mamlakat va uning hududlari, milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari, korxona va uning bo‘limlari) da insonlar ustidan rahbarlik qilish faoliyatidir.
Boshqaruv - tashkilotning maqsadini ifodalash va unga erishish uchun zarur bo‘lgan bashorat qilish, rejalashtirish, tashkil etish, ishtiyoqni uyg‘otish (motivatsiya) va nazorat qilish bo‘yicha faoliyat turi, jarayonidir.
Boshqaruv - shunday faoliyatki, uning yordamida uyushmagan jamoa (haloyiq yoki to‘da) samarali va aniq maqsadga yo‘naltirilgan unumli (barakali) guruhga aylantiriladi.
Boshqaruv - ma’lum jarayonga, organizm va jamoaga maqsadli ta’sir ko‘rsatishni o‘zida ifoda etuvchi ijtimoiy faoli­yatning bir turidir.
Boshqaruv - muayyan axborotga asoslangan va mavjud dasturga muvofiq obyektning ishlashini, ya’ni faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar majmuasidir.
SHuningdek, mashhur fransuz olimi Anri Fayol ham boshqaruvga quyidagicha ta’rif beradi: «Boshqaruv - bu, korxona ixtiyoridagi barcha resurslardan maksimal (eng ko‘p - A.O.) foyda olgan holda uni maqsad sari etaklash faoliyatidir».
Demak, boshqaruv obyektiv zaruriyat va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon hisoblanadi.
Makroiqtisodiy sohaning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan sanoatni boshqarish zaruriyati to‘g‘risida so‘z yuritilganda yuqoridagi ta’riflarni yanada kengaytirish va mazmunan boyitish zarurati yuzaga keladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishni, jumladan, uning eng yirik va yetakchi sohasi bo‘lgan sanoatni boshqarishning obyektiv zaruriyatini izohlab shuni aytish kerakki, yirik miqyosda amalga oshiriladigan, har qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri qilinayotgan mehnat, ishlab chiqarish ko‘proq yoki kamroq darajada boshqarilishga muhtojdir.
Boshqaruv ilmi (menejment)da boshqaruvning ikki xil tushunchasi mavjud bo‘lib, ularning birini boshqaruvning sub’ek­ti va ikkinchisini boshqaruvning obyekti tashkil etadi.
Boshqaruv sub’ekti - jismoniy yoki yuridik shaxslar bo‘lib, undan amaldagi qonunlar asosida hokimiyat idoralari tomonidan berilgan vakolatlarga muvofiq huquqiy ta’sir yuzaga keladi.
Boshqaruv obyekti - boshqaruv sub’ektining huquqiy ta’siri qaratilgan narsadir. Bunga ishlab chiqarish va xo‘jalik tizimlari, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, jismoniy va yuri­dik shaxslar kirishi mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, u holatda ham, bu holatda ham insonlarni boshqarish ularning o‘zi tomonidan amalga oshiriladi. Faqat kishilar, ularning faoliyati, jumladan, mahsulot ish­lab chiqarish, xo‘jalik va boshqa jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatlari boshqaruvning predmeti, ya’ni hozirgi zamon menejmentining asosi hisoblanadi. Boshqaruvning sub’ekti va obyektisiz menejment fan va xo‘jalik tajribasi sifati­da o‘z mazmun va mohiyatini yo‘qotadi.
Albatta, minglab kishilar ishlaydigan sanoat ham bu tushuncha va mulohazalardan xoli emas. Ayniqsa sanoat ishlab chiqarishida «sub’ekt» va «obyekt» tushunchalari boshqa tarmoqlarga nisbatan xiyla ravshanroq ko‘rinadi. Bunda vazirlik, kompaniya va aktsiyadorlik jamiyatlaridagi boshqaruvchilar korxonadagi boshqaruvchilarga, korxonadagi boshqaruvchilar esa tsex, uchastka boshqaruvchilariga rahbarlik qiladilar.
Har qanday boshqaruv o‘z maqsadi va vazifalariga ega. Maqsad - bu, inson faoliyatining avvaldan fikran o‘ylangan natijasidir. SHunga binoan, boshqaruvning maqsadi deganda, boshqaruv sub’ektining oldindan o‘ylangan, mo‘ljallangan, erishish zarur bo‘lgan natijasi tushuniladi. Sanoatda esa, maqsad - ko‘p va sifatli, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni o‘z vaqtida sotish hamda mo‘ljallangan foydani olishdir.
Har qanday maqsadga ma’lum talablar qo‘yiladi. Dastavval, maqsad ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan bo‘lishi ke­rak. Ikkinchidan, u aniq, yaxshi ifodalangan va adresli bo‘lishi zarur. Uchinchidan, qo‘yilgan maqsad erishimli bo‘lishi, ya’ni unga etishishning imkoniyatlari, shart va sharoitlari hisobga olingan bo‘lishi kerak.
Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun ma’lum vazifalarni bajarish zarur. Ma’lumki, vazifa - bu, avvaldan belgilangan, aniqlangan, ko‘rsatilgan, bajarilishi va hal etilishi lozim bo‘lgan ish, narsadir.
Sanoat ishlab chiqarishida boshqaruvning vazifalari quyidagilardan iborat:
-kelajakni aniq ko‘rmoq (istiqbolni to‘g‘ri bashorat qilish va unga monand bo‘lgan faoliyat dasturini tuzish);
-tashkillashtirmoq (sanoatning ichki, moddiy va ijti­moiy tuzilmasini barpo etish);
-personalni idora qilmoq (sanoat ishlab chiqarish xodimlarini harakatga keltirish);
-kelishish (harakat va tirishqoqlikni bir-biri bilan uyg‘unlashtirish);
-nazorat qilish va kuzatish (joriy etilgan va berilgan buyruq asosida harakatning, ya’ni faoliyatning qanday tarzda bo‘layotganini mushohada qilish).
Boshqarish jarayonida oldindan ko‘ra bilish nihoyatda katta ahamiyatga ega. Barcha jarayonlarni kuzatib, ularning o‘zgarishiga qarab ishlab chiqarish, ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatish boshqarilib turiladi. Masalan, mahsulotga bo‘lgan ehtiyoj, narx-navo, texnika va texnologiyalar o‘zgarishi, ish haqi va ijtimoiy muhofazaning holati ishlab chiqarishga katta ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun vaziyatga qarab kerakli o‘zgarishlarni zudlik bilan amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Boshqarish jarayonida rejalashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mahsulot hajmini belgilaganda uni barcha resurslar bilan ta’minlash va ularni yetkazib berish masalasiga katta e’tibor berish kerak. Ma’lumki, rejalar bir kunlik, o‘n kunlik, bir oylik, bir kvartallik, bir yillik, uch yillik, besh yillik va o‘n-o‘n besh yillik bo‘lishi mumkin. Oxirgisi «konseptsiya», «bashorat» tushunchalari bilan bog‘liqdir.
Ishlab chiqarish jarayoni o‘zluksiz bo‘ladi, chunki u, eng avval, yuzaga keladi, shakllanadi, rivojlanadi va takomillashadi. Ana shu o‘zgarishlarni tashkilotchilik ta’minlaydi.



Download 22.15 Kb.

Share with your friends:
  1   2   3   4




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page