Elementlari a,b,c,...bo‘lgan A to‘plam qavslar yordamida A = {a,b,c,...} kabi yoziladi.
Elementlari a,b,c,...bo‘lgan A to‘plam qavslar yordamida A = {a,b,c,...} kabi yoziladi.
{6, 11} , {11, 6} , {11, 6, 6, 11} yozuvlar bitta to‘plamni anglatadi.
Masalan, {0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9} - o‘nlik sanoq sistemasidagi raqamlar to‘plami, V= {a, e, i, o, u} - ingliz tilidagi unli harflar to‘plami.
x A to‘plamning elementi ekani x ∈ A kabi, elementi emasligi esa x ∉ A kabi yoziladi va birinchi holda «x elemen tA ga tegishli», ikkinchi holda «x element A ga tegishli emas» deb o‘qiladi. Masalan, A = {1, 2, 3, 4, 5, 6, 7} uchun 4 ∈ A, ammo
9 ∉ A.
Agar to‘plamni tashkil qilgan elementlar chekli sonda bo‘lsa, bunday to‘plam
chekli to‘plam, aks holda cheksiz to‘plam deyiladi.
Masalan, A = {2, 3, 5, 8, 13, 21} to‘plam chekli, ℕ={1, 2, ..., n, ...} – barcha natural sonlar to‘plami esa cheksiz to‘plamdir.
Darsni bumerang texnologiyasidan foydalangan holda sinfdagi o`quvchilar 5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo`lishdan boshlanadi. Har bir guruh va uning har bir a`zosiga mustaqil o`rganish, fiklash va yodda saqlab qolish uchun alohida-alohida aniq yozma tarqatma material beradi. Tarqatma materialida o`qituvchi tomonidan tanlangan umumiy mavzu bo`yicha biron bir hajmdagi matn berilgan, ularning soni guruhlar soniga bo`liq ya`ni 4 ta kichik, u holda umumiy mavzu 4 ta kichik matnlarga bo`linib har bir guruhga beriladi. Faoliyat samarali bo`lishi uchun har bir guruhga berilgan matndan har bir tinglovchiga beriladi. Shunday qilib, 4 ta guruh umumiy mazvu asosida 4 xil matnga ega, har bir tinglovchiga esa o`z guruhiga tushgan matnga ega bo`ladi.
Shundan so`ng har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqib yana bitta guruhcha tashkil qilishadi. Tashkil qilingan guruhdagi o`quvchilar bir-birlariga o`zining ma`lumoti bo`yicha tushuntirib beradi. Shu zayilda har bittasi bir-birlariga tushuntirib berishganlaridan so`ng har bir o`quvchi o`z guruhlariga qaytib, boshqa guruhlardan olgan bilimlarini qolgan guruhdoshlariga ham yetkazadi, tushuntiradi. Shundan so`ng o`qutuvchi har bitta guruh bilan o`zi bergan ma`lumotlar bo`yicha savol-javob o`tkazadi. Har bitta to`g`ri javob bergan jamoa rag`bat kartochkalari bilan taqdirlanadi. Oxirida qaysi guruh eng ko`p krag`bat kartochkalari yig`gan bo`lsa, o`sha guruh g`olib bo`ladi. Bu texnologiya o`quvchilarning bir jamoa bo`lib ishlashga, fikrini erkin bayon etishga, o`zgalar fikrini hurmat qilishga, rahbarlik qobiliyatini oshirishga, ishga ijodiy yondashishga sabab bo`ladi.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Yangi mavzuni mustahkamlash uchun Bumerang texnologiyasidan foydalaniladi. Ya`ni o`quvchilarga yangi mavzu tushuntirib berilganidan so`ng, o`qituvchi o`quvchilarning qay darajada tushunganligini sinab ko`rish maqsadida bumerang texnologiyasidan foydalangan holda o`quvchilardan yozma yoki og`zaki tarzda savol-javob qilinadi. Bumerang texnologiyasining mohiyatidan kelib chiqqan holda o`qituvchi o`zi bergan ma`lumotlarni o`ziga qaytarib olishi zarur bo`ladi.
O`quvchilarga beriladigan og`zaki savollar:
1) To`plamlar va uning elementlari qanday belgilanadi?
2) Chekli va cheksiz to`plamlarga misollar keltiring.
3) Qism to`plam ta`rifini ayting.
4) To`plamlar kesishmasi deb nimaga aytiladi?
5) To`plamlar birlashmasi deb nimaga aytiladi?
6) Kesishma va birlashma amallarining qonunlarini ayting.
7) To`ldiruvchi to`plam deb nimaga aytiladi?
8) To`plamlar dekart ko`paytmasi deb nimaga aytiladi?