Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Energo Mexanika fakulteti 5a-20 ee guruh talabasi Abdullayev Ulug’bekning



Download 77.88 Kb.
Page3/12
Date12.03.2024
Size77.88 Kb.
#63825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti Energo Me
3-Mustaqil ish
Davlat va huquq tizimida din omili mavzusida hozirgi zamon Garb va Sharq mamlakatlaridagi din omili.
Esse
Qadimdan bizga ma’lumki, barcha davrlarda ma’lum bir hudud yoki davlatda biror bir din ustun bo’lib, o’sha dinning ahkomlari davlat va boshqaruv tizimida ham muhim rol o’ynagan. Tarixga qarasak, dinsiz, faqatgona realistik qarashlar bilan boshqariladigan va idora etiladigan mamlakatni deyarli uchratmaymiz. Bu shuni ko’rsatadiki, din davlat uchun xalqni birlashtirish va tinchligini ta’miinlashda, asosiy omil bo’lgan.
Xususan Rim imperiyasi davrida ko’p xudolik dini hukm surgan. Xalqni birlashtirish va osoyishtalikni ta’minlashda, yig’im terim hosil ishlarida, asosan urush paytida bu teoriyalar juda qo’l kelgan. Chunki ularda har bir jarayon uchun “Xudolari” bo’lib ulardan har qanday vaziyatda yordam kutishgan.
Keyinchalik esa, Qadim Yevropaga Yangi din, Xristianlik yoyila boshlagan. Bu yangi dinning yoyilib eski ko’p xudoliklarni chekkakaga chiqishida davlat manfaatlari asosiy sababchi bo’lgan. Yangi davr kelishi xalqni yangi usulda boshqarish zarurligini taqozo etgan.
Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlik boshqa dinlarga teng dindir degan farmon chiqaradi. Bu farmon esa xristianlarga ibodatxonalar qurish va oshkora ibodat qilish imkonini beradi. Xalq orasida tarqalayotgan bu dinga e’tibor berishb va ibodatga sharoit yaratib berish xal orasida hukumatga bo’lgan hurmat va ehtiromni keltirib chiqaradi, albatta. Rivoyatga ko'ra, imperator Konstantin xristianlik ramzini o'z askarlari qalqonlariga chizishga buyurgan va g'alabaga erishgan. Shundan so’ng hukmdorlar va askarlar orasida ham bud inga hurmat oshgan.
Sharqda esa asosiy din bo’lmish Islom dini vujudga kelgan paytdan boshlab barcha hukumat va boshqaruv organlarida din asosiy rol o’ynagan. 8-asrdan boshlab mamlakatlar monarxiya tuzumida ya’ni xalifalik ko’rinishida boshqarilgan. Xalifalikda shariat qonunlari boshqaruvda asosiy vazifa bajargan. Xalq Qur’on va sunnatga amal qilib, xuddi shunaqa yashashga doimo harakat qilgan.
Hozirgi kunga kelib davlatlar boshqaruvida dinlarning roli ancha kamaygan. G’arb mamlakatlarida cherkovning obro’si hali ham saqlanib qolganiga qaramay, insonlar konstitutsiya va turli kodekslardagi qonunlarga amal qilishadi. Mutlaq din hukmron bo’lgan Vatikan davlati esa boshqalaerdan ajralib turadi.
Saudiya Arabistoni teokratik monarxiya bo’lib, mamlakat shariat qonunlari asosida boshqariladi. Bundan tashqari, Eron Islom Respublikasi, Afg’oniston Islom Respublikasi, Iordaniya qirolligi, Birlashgan Arab Amirliklari, Iroq va Suriyada ham Islom shariati qonunlari hukm suradi.

Download 77.88 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page