«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi



Download 1.87 Mb.
Page341/371
Date15.05.2023
Size1.87 Mb.
#61343
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   371
5-sinf-ona-tili-yillik-dars-ishlanma
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra to‘rt xil shakli bor: 1) darak gap; 2) so‘roq gap; 3) buyruq gap; 4) istak gap.
Matnni o‘qing. Gaplarni ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini aytib bering. Sizning orangizda ham Qosimga o‘xshagan bolalar bormi? Bu haqda o‘ylab ko‘ring.
YOMONLIKNING JAZOSI
Bir kishining Qosim ismli o‘g‘li bor edi. Ota-yu onasining so‘ziga kirmasdan har xil yomon ishlarni qilar edi. Bolalar bilan urishib, yoqalashib, kiyimlarini yirtib kelar edi. Uyda mehmon uchun asrab qo‘ygan taomlarni yegan vaqtda onasi:
Qosim, o‘g‘lim! Taorrmi sen yedingmi? - desa, - Men yeganim yo‘q! Mushuk yegandir, - der edi. Bora-bora otasining pulini ham o‘g‘irlab oladigan bo‘ldi. Otasi bilib: «O‘g‘lim, pulni kim oldi?»-desa, «Onam olgandir», - deb onasini o‘g‘ri qilar edi.
Bir kuni otasi stol ustiga bir tanga qo‘yib o‘zini uxlaganga solib yotdi. Qosim kelib, sekin tangani og‘ziga soldi. Shu vaqt otasi uni ushlab qolmoqchi bo‘lgan edi, Qosim tangani yutib yubordi. Tanga uning halqumiga tiqilib, jon berdi.
Ey bolalar! Ko‘rdinglarmi, yomonning yomonligi o‘z boshiga yetdi.
(Abdulla Avloniy)
Gaplarni o‘qing, ularning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini topib, daftaringizga yozing.
Ilm baxt keltiradi. limning aql chirog‘i ekanligini bilasizmi? Dunyo ko‘raman desang, o‘qi! Ilm olish igna bilan quduq qazish demakdir. Qani endi, men ham o‘qib olim bo‘lsam edi. Bilmaslik ayb emas, bilimga intilmaslik ayb. Bilimning har qanday boylikdan afzal ekanligidan xabardormisiz?
To‘rt guruhga bo‘lining. Birinchi guruh darak gapga, ikkinchi guruh so‘roq gapga, uchinchi guruh buyruq gapga, to‘rtinchi guruh istak gapga 3 tadan misol yozsin. Qani, kim birinchi bo‘lib topshiriqni bajarar ekan?
Namuna: 1. Mustaqillikning oydin yo‘lidan ketyapmiz. 2. O‘zbekiston BMTga qachon a'zo bo‘lgan? 3. Ona yurtingni ko‘z qorachig‘idek asra! 4. Ertaga yomg‘ir yog‘masa edi.

Download 1.87 Mb.

Share with your friends:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   371




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page