O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
PSIXOLOGIYA FAKULTETI
SIRTQI BO’LIMI
BIZNES ETIKASI FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Menejment biznes etikada
921-20 guruh talabasi: Sultonov.Sh.A
Qabul qildi: Sirlibekov.H.Sh
Jizzax 2024
REJA
KIRISH. Biznes etikasi haqida qisqacha
ASOSIY QISM:
Menejerning etikasi.
Nutq madaniyati. So’z va uning talaffuzi suhbatdoshga bo’lgan.
Xulosa
Foydalanilgan Adabiyotlar
KIRISH. Biznes etikasi haqida qisqacha
Har bir fanning atama va tushunchalari mavjud bo’ladi. Xuddi shuningdek, biznes–etiket faniga ham oid tushunchalar mavjud. Ularni bilish va mazmunini tushunish fan materiallarining talabalar tomonidan tez o’zlashtirishiga imkon beradi. Bu yerda biznes–etiket fanining quyidagi atama va tushunchalarining mohiyati ochib beriladi: biznes, biznesmen, etiket va biznes –etiket.
Biznes iborasi inglizcha “business” co’zidan olingan bo’lib, tom ma’noda faoliyat, ish, xizmatni bildiradi, keng ma’noda esa tijorat (savdo– sotiq) bilan bog’liq tashabbuskor faoliyat deb talqin qilinadi. Biznes – faoliyat shaxsiy, qarzga yoki kreditga olingan mablag’ hisobidan o’zini xavf ostiga qo’ygan va javobgarligini bo’yniga olgan holda xo’jalik yurituvchi shaxsning kun kechirish, mustaqil bo’lish va foyda olish usuli hisoblanadi. Biznesmen iborasi inglizcha “businessman” so’zidan olingan bo’lib, tom ma’noda tadbirkor degan ma’noni beradi, amalda esa tijorat, tadbirokorlik yoki savdo–sotiq ishlari bilan shug’ullanadigan shaxsni bildiradi. Agar ushbu atama biznes iborasining mazmuniga nisbatan talqin qilinadigan bo’lsa, biznesmen foyda keltiradigan aylanma kapitalning va foydaning sohibi hisoblanadi. Shunday qilib, biznesmen o’zining qarzga yoki kreditga olgan mablag’lari hisobidan tijorat, tadbirkorlik yoki savdo– sotiq ishlari bo’yicha faoliyat qiladigan va uning natijasi uchun javobgarlikni o’z bo’yniga to’liq oladigan shaxs hisoblanadi.
Biznesmen bo’lish uchun oliy ma’lumot shart emas. Lekin biznesmen amaldagi biznesga oid xalqaro, o’z millatiga va mamlakatiga xos milliy odob va ahloq hamda yurish–turish qoidalarini yaxshi bilishlari shart. Ushbu qoidalar aynan biznes–etiket fanida o’rganiladi. Etiket iborasi esa fransuzcha “etiquette”so’zidan olingan bo’lib, tom ma’noda etiketka yoki birkani anglatadi. Keng ma’noda esa o’zini tutish (ahloq, odob), xushmomalalik qoidalari tushuniladi. Etiket iborasi kelib chiqishining o’ziga xos tarixi bo’lib, u Fransiya qiroli Lyudovik XIV davri bilan bevosita bog’liq. Avvallari Fransiyada tovar nomi yozilgan qog’oz yopishtirilib qo’yiladigan qoziqcha etiket deb nomlangan. Keyinchalik shu nom bilan tovar nomi yozilgan qog’ozning o’zi yuritilib boshlagan. Keyinroq Fransiya qiroli Lyudovik XIV tantanali qabul marosimlaridan birida mehmonlarga “Xulq–atvor”, ya’ni ahloq qoidalari deb yozilgan kartochka tarqatib chiqadi.
Biznes–etiket fanining asosiy maqsadi turizm sohalari va sifat ekspertizasi yo’nalishlari uchun jamiyatda qabul qilingan etiket qoidalarini yaxshi biladigan, ularga rioya qiladigan hamda shaxsiy biznes bilan kelajakda shug’ullanaoladigan mutaxassis – kadrlarni tayyorlashdan iborat. Har qanday o’quv fanining asosiy vazifasi uning asosiy maqsadidan kelib chiqib, unga erishishga qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun ham “Biznes–etiket” fanining asosiy vazifasi, uning maqsadidan kelib chiqqan holda, biznes sohasidagi umumiy, kiyinish, o’zaro munosabat qilish, hamkorlar bilan suhbatlar o’tkazish, xizmat yuzasidan xatlar yozish, telefonda gaplashish, ovqatlanish va yo’l ketish etiketi qoidalarini talabalarga tanishtirishdan iborat.
Biznes–etiket xizmat etiketining bir turi hisoblanadi. U biznes faoliyatida itoat qilinishi kerak bo’lgan qoidalar majmuidan iborat. Biznes–etiket qoidalari biznesmen uchun o’ta katta ahamiyatga ega. Ularni o’rganib, egallab olish, birinchidan, biznesmen uchun madaniyat belgisi hisoblanadi, ikkinchidan, ularga rioya qiladigan kishilarning faoliyati muvaffaqiyatli bo’ladi.
Biznes–etiket qoidalarini bilmaydigan va uning natijasida hamkorlar va hamkasblari bilan muomala qila olmaydigan biznesmenlarning ishlari tez bitmaydi, bitsa ham qiyinchiliklar bilan bitadi, faoliyat natijasi esa doimo yaxshi bo’lavermaydi. Shu sababli ham o’zini madaniyatli deb hisoblaydigan biznesmenlar etiket qoidalarini yoshligidan boshlab butun umri bo’yicha o’rganishadi. Hozirgi vaqtda etiket qoidalari boshlang’ich maktabdan boshlab o’rganiladi.
Biznesmenlar boshqa fuqarolarga nisbatan moddiy ta’minlangan, muloqot, tijorat va tadbirkorlik qoidalarini yaxshi biladigan shaxslar hisoblanadi va doimo halq nazari ostida bo’ladi. Shu sababli ham biznesmenlar o’zlari to’g’risida ijobiy taassurot qoldirishiga, hamkorlar va halq oldida o’z mavqyeining ortib borishiga katta e’tibor berishlari lozim. Halqaro tajribada biznesmenlar to’g’risidagi ijobiy taassurotlar majmuiga ularning imiji deyiladi.
Share with your friends: |