O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-rasm. Osma plugli kanal qazish mashinasi



Download 0.99 Mb.
Page8/16
Date14.09.2022
Size0.99 Mb.
#59511
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Jasur hisobot
mundarija, GLOBAL SCIENCE AND INNOVATIONS VIII 2020 eng
2-rasm. Osma plugli kanal qazish mashinasi.

Ish jihozi 3, tortuvchi rama 8 ga qo’zg’aluvchan qilib o’rnatilgan. Qirqish burchagini va kanal chuqurligini saqlash maqsadida tayanch chang’i 5 o’rnatilgan va u vintli mexanizm 6 orqali harakatga keltiriladi.


Ish jihozini ko’tarib, tushirish gidrosilindr 2 orqali amalga oshiriladi. Gruntni qirqish pichoq 7 yordamida bajariladi.
Plugli kanal qazg’ich mashinalarining asosiy yutuqlariga quyidagilar kiradi: 1. Ish unumdorligining yuqoriligi. 2. Minimal energiya sig’imiga egaligi. 3. Har xil turdagi gruntlarda qo’llash imkoniyatining mavjudligi. 4. Konstruksiyasi va bosh-qaruvining oddiyligi.


Aylanma qazib-otuvchi ish jihozli kanal qazish mashinalari

Qaziladigan kanallarning shakli va o’lchamlari ish jihozining o’lchami, shak-li, soni, kanal o’qi va gorizontga nisbatan qanday burchak ostida o’rnatilishiga bog’liq.


Yuqoridagi ko’rsatkichlar bo’yicha aylanma qazib-otuvchi ish jihozlarining frezali va rotorli turlari mavjud.
Freza yoki rotor aylanish o’qi kanal devorlari nishabligiga tik bo’lib, mashi-naning harakat yunalishi esa kanal o’qi yo’nalishida bo’ladi.
Bu kanal qazish mashinasining asosiy ish jihozlari freza va rotorlardan iborat bo’lib, bu turdagi kanal qazgich mashinalari murakkab (mashinaning kanal o’qi bo’ylab ilgarilanma va ish jihozlarining aylanma) harakatlari asosida gruntni qir-qish, qirqilgan va uvalangan tuproqlarni ko’tarish, ko’tarilgan tuproqlarni kanal qirg’og’iga qalashtirish yoki kanal o’qidan ma’lum masofaga otish ishlarini amal-ga oshiriladi.
Rotorli ish jihozi g’altaksimon metalldan yasalgan bo’lib, uning gardishiga maxsus cho’michsimon tishlar o’rnatilgan. Rotor 3…4 m/s aylanma tezlik bilan aylanish davrida tishlar yordamida tuproq, rotorning eni (0,2…0,3 m) qalinligida qirqiladi, rotor orasidagi tuproq maxsus tirnoqlar yordamida uvalanadi, qirqilgan va uvalangan tuproqlarni maxsus tishlar yordamida ko’tariladi va kanal qirg’og’iga tishlar orasidagi tuproqning og’irlik kuchi hisobiga qalashtiriladi. Tuproqni o’z og’irlik kuchi hisobida tishlar orasidan tushishiga rotorning gorizontga nisbatan burchak ostida o’rnatilganligi hisobida amalga oshiriladi.
Rotorli kanal qazgich mashinaning umumiy ko’rinishi 3- rasmda keltirilgan.
Qurilishi mo’ljallangan kanalning o’qi bo’ylab, mashina joylashtiriladi, ish ji-hozi gidrosilindr 6 yordamida tushirilib, uni harakatga keltirish kardan val 7 orqali amalga oshiriladi va bir vaqtning o’zida mashinaga ishchi tezlik beriladi. Kanal-ning loyihadagi ko’rsatkichlari o’rnatilib, qazish jarayoni boshlanadi. Bunda grunt tish cho’michli tishlar yordamida qirqiladi va uvalanib tushgan gruntlar maxsus maydalagichlar yordamida maydalanib, rotor tishlariga tushadi va tishlar yordami-da ko’tarilib, qirg’oqqa tashlanadi.

3-rasm. MK – 17 rusumli plug – rotorli kanal qazish mashinasi: 1- posangi; 2- bazaviy traktor; 3- ulashni ajratish mexanizmi; 4- qazish chuqurligi ko’rsatkichi; 5- traktor osma tizimi; 6- ish jihozini burish gidrosilindri; 7- kardan val; 8- rama; 9- tuproqni yig’uvchi moslama; 10- cho’michsimon qirquvchi tishlar; 11- otval (ag’dargich); 12- rotor.

Mashinani ish jarayonida muvozanatini saqlash maqsadida traktor old qismiga posangi 1 qo’yiladi. Qolgan gruntlarni yig’ishtirib olish uchun maxsus moslama 9 orqali amalga oshiriladi. Gruntning guruxiga hamda ish jihozining unumdorligini e’tiborga olib, mashinaning tezligi o’rnatiladi. Shunda mashinadan foydalanish samarali bo’ladi.


Uzatmalar qutisining quvvat uzatuvchi valiga ulangan kardan val yordamida ish jihozining reduktoriga harakat beradi. Reduktorga ulangan rotor vali harakatni olib, qazish jarayonini boshlaydi.
Gruntni qazib otuvchi ish jihoziga ega bo’lgan kanal qazgich mashinalarning texnik tavsifi 3- jadvalda keltirilgan.
Qazib otuvchi ish jihoziga ega bo’lgan mashinalarning texnik tavsifi

Ko’rsatkichlar

MK – 17

ETR-125

ETR-172

ETR-126

1

2

3

4

5

Turi

Mashina bazasi


Kanal o’lchamlari, m:
chuqurligi
tubining kengligi
Kanal otkosining qiyaligi
Ish unumdorligi, m3/soat
Dvigatelning quvvati, kVt
Haralatlanish tezligi, km/soat
Rotor:
diametri, m
aylanish tezligi, m/s
Gruntni kanal qirg’og’iga otish masofasi, m
Chek o’lchamlari, mm:
uzunligi
eni
balandligi
Massasi, kg:
mashinaning
ish jihozining

Plug- Ikki Ikki rotorli
rotorli frezali
DT- 75B T-130 B-3 o’z bazasida

0,5 gacha 1,7 0,8; 1,2


0,35-0,45 0,25 0,25
1:1 1:1 1:1 1:1,5
80 300 275 275
55,2 117,7 125,1 125,1
0,32-0,94 0,005-0,4 0,03-0,58 0,03-0,58

1,55 2,5 3,0 3,5


5,7 9,3 6,7; 10,4 4,6

5-10 9,5 5-15


6060 9600 12650 13300


2240 4370 5170 6500
2510 3500 3700 4400

10500 - 23000 25000


1150 3500 5250 7240

Jadvaldan ko’rinadiki, faol (rotorli yoki frezali) ish jihozli kanal qazgich ma-shinalarining ish unumdorligi yuqori bo’lsada ish paytidagi yurish tezligi ancha past bo’lishiga qaramasdan ikkinchi guruh gruntlarida ham kanal qazishi mumkin. Oddiy (pulugli) ish jihozli kanal qazish mashinalarining ish paytdagi yurish tezligi yuqori bo’lsada, u faqat birinchi guruh gruntlarida kanal qazish ishlarini bajara oladi. Shunga qaramasdan ularning konstruksiyasining oddiyligi bilan keng qo’llaniladi.
Mashinanig asosiy yutuqlari - tortish kuchining kamligi va kanal ko’rsatkich-larini o’zgartirish imkoniyatining mavjudligi.
Mashinaning asosiy kamchiligi-konstruksiyasini murakkabligini ko’rsatish mumkin.

Download 0.99 Mb.

Share with your friends:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page