Qoraqalpogʻiston xoʻjaligi rivojlangan respublika shunga qaramay O'zbekistoning Dotatsiyon mintaqasi hisoblanadi



Download 9.55 Kb.
Date22.12.2021
Size9.55 Kb.
#57961
Qoraqalpogʻisto-WPS Office
Qoraqalpogʻisto-WPS Office

Qoraqalpogʻiston – xoʻjaligi rivojlangan respublika shunga qaramay O'zbekistoning Dotatsiyon mintaqasi hisoblanadi. Qoraqalpogʻiston hududida foydali qazilmalardan gaz, gaz kondensati, neft, qurilish va qoplama toshlar, gips va ohaktosh, keramzit, sement, kon-ruda va kon-texnika xom ashyosi olinadi.

Sanoatida ishlov beruvchi va xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqlar mavjud boʻlib, ular quyidagʻilardan iborat: elektroenergetika; yoqilgʻi sanoati; kimyo va neft kimyosi; mashi-nasozlik va metallsozlik; oʻrmon. yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz; un-yorma va aralash yem; poli-grafiya sanoatlari.

Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi respublika va qoʻshni viloyatlarning elektr energiyasiga bulgan talabini qondiradi (stansiyaning oʻrtacha yillik quvvati 443,4 MVt). 1996 yilda Qoʻngʻirot tumanida "Ustyurtgaz" korxonasining ishga tushirilishi bilan yoqilgʻi sanoati vujudga keldi. 2004 yilda respublika buyicha 1697,1 mln. m1gaz va 30,4 ming t kondensat yetkazib berildi. 1993 yilda "Nukuskabel" ishga tushirilishi bilan kabel sanoati vujudga keldi. Mustaqillik yillarida Qoʻngirot un zavodi (1993), "Toʻrt-koʻldon" (1997), kichik novvoyxonalar va makaron ishlab chiqarish korxonalari bunyod etildi.

Yirik sanoat korxonalari Amudaryo tumanida (paxta zavodi va ip pigiruv va toʻqimachilik fabrikasi), Beruniy tumanida (paxta, yogʻ-moy zavodlari, toʻqi-machilik korxonasi). Qungʻirot tumanida (paxta, un-yorma zavodlari, "Us-tyurtgaz"), Toʻrtkoʻl tumanida (paxta, un tortish zavodlari), Xoʻjayli tumanida (paxta, yogʻ-moy, taʼmirlash-me-xanika va gisht zavodlari). Chimboy tumanida (paxta, yogʻ-moy, unyorma zavodlari), Ellikqalʼa tumanida (paxta zavodi, "Elteks" aksionerlik jamiyati va "Yuniver" qoʻshma korxonasi), shuningdek, Nukus shahrida (vino zavodi, poligrafiya kombinati, "Kateks", "Nukus non", "Daunt" korxonalari, un-yorma zavodi, 2 ta qurilish sanoati korxonasi) va taxiatosh shahrida (taʼmirlash-mexanika va uyayorma zavodlari) faoliyat koʻrsatadi.

Respublikada benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, ohaktosh, qoplama materiallar, yigʻma temir-beton buyumlari, mebel, ip tolasi, paxta, tikuvchilik mahsulotlari. toʻqimachilik galantereyasi, oʻsimlik moyi, goʻsht va goʻsht mahsulotlari. non, qandolatchilik va makaron mahsulotlari, un, yorma va boshqa ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

Qishloq xoʻjaligi, asosan. paxtachilik, gʻallachilik (sholi va bug-doy yetishtirish) va chorvachilik (goʻsht, sut, qorakoʻlchilik)dan iborat. Qishloq xoʻjaligining yalpi mahsuloti hajmida paxta 22,4%, gʻalla ekinlari 22,1%, chorva mahsulotlari 36,4% ni tashkil etadi. 2004 yilla umumiy ekin maydoni 251,2 ming ga, shundan 92,9 ming ga maydonga donli ekinlar, 102,9 ming ga yerga paxta. 13 ming ga yerga sabzavot-poliz, 34,2 ming ga yerga yemxashak ekinlari ekildi.



Chorvachilik, asosan, goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. 2005 yilda barcha toifadagi xoʻjaliklarda 437,7 ming qoramol, 539,9 ming qoʻy va echki, 844,7 ming parranda, 15,8 ming ot boqildi.[1]Qoraqalpogʻistonda qishloq xoʻjaligi boʻyicha katta salohiyat bor. Hududda hosildor yerlar, dehqonchilikni yaxshi biladigan omilkorlar koʻpchilikni tashkil etadi. Lekin qator hududlarda suv masalasi jiddiy muammo. Shu boisdan bu hududlarda yiliga 2,5 milliard kub metr suvni tejash choralari koʻriladi. Buning uchun 14 ming 200 kilometr kanallarni taʼmirlash, 45 ming gektar ekin maydonida suv tejovchi texnologiyalar joriy etish, suv ajratish nuqtalarida hisoblagichlar oʻrnatish, 38 ming gektar maydonni lazer yordamida tekislash gʻoyat muhimdir.

Bular hali hammasi emas. Dasturda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi nisbatan past boʻlgan Taxtakoʻpir, Boʻzatov, Shumanay tumanlari boʻyicha alohida choralar nazarda tutilgan. Masalan, bu tumanlarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash uchun 2021-2023-yillarda 409 milliard soʻmlik 172 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan. Bu loyihalarning ishga tushishi hisobiga albatta, yangi-yangi ish oʻrinlari tashkil etilib, aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratiladi. Axir odamlar ertaga emas, bugun yaxshi yashashi kerak!
Download 9.55 Kb.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page