Oliy navli mahsulotlarning umumiy mahsulotlar hajmiga nisbatan salmog’i, foizda
20,2
24,4
25,2
+5
+0,8
Jadvaldan ko’rinishicha, korxonada hisobot yilida o’tgan yilga va rejaga nisbatan ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatini yaxshilanishi kuzatilgan, ya’ni sifatning oliy navini tovar mahsulotining umumiy hajmiga nisbatan salmog’i o’tgan yilga nisbatan 5% ga, rejaga nisbatan 0,8% ga oshgan. Mahsulotning sifatiga uni ishlab chiqarish uchun foyda-lanilgan xom ashyo va materiallarning sifati, belgilangan texnologik jarayonga aniq rioya qilinishi, ishchilarning malakasi, mahsulot sifatini yaxshilaganlik uchun moddiy rag’batlantirish, tayyor mahsulotlarni saqlash, tashish va boshqalar ta’sir qiladi. Mahsulotning tannarxi kichik korxonalar ishining tejamliligini ta’riflovchi eng muhim ko’rsatkichlardan biridir. Mahsulot tannarxining pasayishi korxona rivojlanishining eng muhim omili hisoblanadi. Mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning tannarxi deganda bevosita mahsulotlarni tayyorlash va ishlarni bajarish, ishlab chiqarish sharoitlarini yaxshilash va uni takomillashtirish jarayonida foydalaniladigan resurslarning barcha turlari: asosiy fondlar, tabiiy hom ashyo va sanoat hom ashyosi, materiallar, yonilg’i va energiya, mehnatning pul shaklida aks ettirilgan harajatlari tushuniladi. Mahsulot tannarxiga kiritilgan harajatlarning tarkibi, ularni moddalar bo’yicha tasniflash davlat standarti tomonidan, kalkulyatsiyalash usullari esa korxonaning o’zi tomonidan belgilanadi.
Mahsulotning tannarxi korxonaning ishlab chiqarish va muomala harajatlaridan iborat bo’ladi, harajatlar va daromadlarni tenglashtirish, ya’ni o’z harajatlarini o’zi qoplashi bozor mexanizmining asosiy xususiyatlaridan biridir. Tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarning sotilishi korxona faoliyati moliyaviy natijalarini aniqlashga imkon beradi.
Hisobot davrida haridorlarga ortib jo’natilmagan mahsulotning qiymati va firma ichidagi oborot sotish hajmiga kiritilmaydi. Mahsulotning sotilishidan tushgan tushum – korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan pul mablag’larining hajmidir. Bu korxona harajatlarini qoplash va daromadlarni shakllantirish mablag’larining asosiy manbaidir.
Asosiy mahsulotni sotishdan tushgan tushumdan tashqari, korxona boshqa sotishlardan hamda sotishdan tashqari operatsiyalardan tushumlar olishi mumkin. Tadbirkorlik faoliyati jarayonida moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni aks ettiruvchi foyda korxona faoliyatining eng muhim umumlashtirilgan ko’rsatkichi hisoblanadi. Tadbirkor hamma vaqt foyda olishni maksad qilib qo’yadi, ammo hamma vaqt ham foyda ololmaydi. Agar tushum tannarxga teng bo’lsa, unda faqat mahsulot ishlab chiqarish va sotish harajatlarining o’rnini qoplashga erishiladi. Tushumdan oshib ketuvchi harajatlarda korxona salbiy moliyaviy natija ko’radi, bu uni murakkab moliyaviy ahvolga solib qo’yadi, bankrotlik ham istisno emas.
Mahsulotlarni sotishdan olingan foyda (zarar) qo’shimcha qiymat solig’i va aktsizsiz mahsulot sotishdan tushgan tushum va mahsulotlarning tannarxiga kiritilgan ishlab chiqarish va sotish harajatlari o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Keltirilgan ta’rifdan foyda korxonaning o’z mahsulotlari (ishlari, xizmatlari)ni talab va taklif asosida vujudga kelgan narxlar bo’yicha sotishdan hosil bo’lgan yalpi daromad hajmiga bog’liqligi ma’lum bo’ladi.