Tadbirkorlik asoslari


Fondning qaytarilishi va fondning sarflanishi



Download 177.5 Kb.
Page8/11
Date08.05.2024
Size177.5 Kb.
#64203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
tadbirkorlik
Fondning qaytarilishi va fondning sarflanishi. Bu ko’rsatkichlar bilan korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi aniqlanadi. Fondning qaytarilishi asosiy fondlarning bir so’miga to’g’ri keluvchi ishlab chiqarilgan mahsulot mikdori (summasi)ni ko’rsatadi.

Fondning qaytarilishi

=

Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (Q)

Asosiy fondlarning qiymati (F)

Fondning sarflanishi – bu fond qaytarilishining teskari miqdori bo’lib, mahsulot birligiga asosiy fondlar­ning qanday summasi to’g’ri kelishini ko’rsatadi:

Fondning sarflanishi

=

Asosiy fondlarning qiymati (F)

Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (Q)

Fondning qaytarilishining oshishi mahsulot ishlab chi­qarish hajmini ko’paytirishga, ishlab chiqarilgan mahsulot­ning tannarxini pasaytirishga va asosiy fondlarga ehtiyoj­ni nisbatan qisqartirishga imkon beradi.
Fondning qaytarilishi va fondning sarflanishi mikdoriga har xil omillar ta’sir qiladi. Fondning umumiy qaytarilishi asosiy ishlab chiqarish fondlari o’rtacha yillik qiymatidagi mashinalar va uskunalar o’rtacha yillik qiymatining bir so’miga to’g’ri keladigan mahsulot chiqarishiga bog’liqdir. Mashinalar, uskunalar qiymatining bir so’miga to’g’ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish mehnatdan foydalanishning samaradorligini ifodalaydi. Ushbu ko’rsatkichlarning tahlili 12-jadvalda berilgan.

Download 177.5 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page