Xizmat yozishmalari, xatlar. Reja: Pochta jo ‘natmalari
Shaxsan murojaat qilib xat yozish usuli
Telegramma, Xatlar
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil bo‘ladi. Ularda muassasa faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks ettiriladi. Bu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlaming yuqorida ko‘rsatilgan gumhlari bilan uzviy aloqadordir. Shularni hisobga olib, xizmat yozishmalari hozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur guruhlardan keyin alohida guruh sifatida tasniflangan va bu mantiqan o‘rinli. Har qanday yozishmada, umuman, ko'plab hujjatlarda manzil yozishga to‘g‘ri keladi. Manzil aksariyat hujjatlaming tarkibiy qismidir. MANZIL Pochta jo ‘natmalari (xat-xabar, buyum va pul jo'natmalari kabilar) ustidagi yozuv boiib, unda jo ‘natma yetib borishi zamr bo‘lgan joy (qayerga), uni oluvchi shaxs yoki muassasa (kimga) nomi va jo ‘natuvchi haqidagi ma’lumotlar (jo‘natuvchi manzili) ko'rsatiladi. Kishi manzilni yozish bilan bolalikdanoq tanishadi, chunki uyiga xat yoki boshqa pochta jo'natmalari kelganda, ular ustidagi yozuvga ko‘zi tushadi, o'quvchilik yillarida esa do‘stlari yoki qarindosh-urug'lari bilan xat yozishadi, ulardan turli xil jo ‘natmalar oladi yoki o‘zi yuboradi. Ana shunda manzil yozishni, ya’ni xatjild yoki boshqa jo'natmalar ustiga ular yetib boradigan joyning va oluvchining nomini, shuningdek, o‘zi haqidagi ayni shunday maTumotlarni yozishni o'rganadi. Buning ustiga, xatjildlar ustidagi yo‘naltiruvchi yozuv va belgilar ham manzil yozuvchining ishini yengillashtiradi.