1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]


II. Universitetda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish



Download 476.21 Kb.
Page3/13
Date21.12.2022
Size476.21 Kb.
#60191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
PQ-416 08.11.2022
II. Universitetda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish

9.

Universitet o‘quv-metodik hujjatlarini hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasasi takliflari va xalqaro reyting tashkilotlarining b�rinchi 1 000 talik ro‘yxatiga kirgan universitetlarning ta’lim dasturlari asosida ishlab chiqish.

1. Ta’lim dasturlarini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 talikka kirgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining dasturlari asosida shakllantirish.
2. Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari asosida Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga hamda zarur hollarda, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga tegishli o‘zgartirish kiritish.
3. O‘quv rejasidagi tanlov fanlarini kadr buyurtmachilari takliflari asosida shakllantirish.
4. Ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, xorijiy tillarda o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari sonini oshirish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

-

Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

10.

Universitetning alohida guruhlarida darslar xorijiy tillarda o‘tkazilishini tashkil etish.

1. Ta’lim jarayoni xorijiy tilda o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini belgilash.
2. Xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan professor-o‘qituvchi va talabalarni saralab olish hamda talabalarga mutaxassislik fanlarini xorijiy tillarda o‘tish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

-

Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

11.

Xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan talabalarning akademik almashinuvini rivojlantirish.

1. Xalqaro tashkilotlar tomonidan tan oli�gan oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish va talabalar o‘rtasida akademik almashinuvni rivojlantirish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Universitet mablag‘lari,
homi?lik va xayriya mablag‘lari

Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi

2. Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida o‘quv jarayonini xorijiy tillarda tashkil etish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

12.

O‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarishga axborot texnologiyalarini keng joriy etish.

1. O‘quv auditoriyalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan to‘liq jihozlash.
2. Elektron jurnal, elektron davomat va elektron dars jadvali tizimidan foydalanishni yanada kengaytirish.
3. Elektron oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha ishlarni boshlash.
4. Universitet veb-saytini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish.
5. Universitetning tarmoq infratuzilmasini to‘liq modernizatsiya qilish.
6. Universitetda domen serverini o‘rnatish.
7. O‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash.
8. O‘quv auditoriyalarini onlayn rejimda ishlaydigan veb-kameralar bilan to‘liq jihozlash va har bir fakultetda ma’ruza mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan “Smart” auditoriyalar yaratish.
9. Masofaviy ta’lim va modul tizimiga o‘tishda zarur bo‘lgan axborot texnologiyalari jihozlari bilan ta’minlash hamda vebinar xonalar sonini oshirish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich

Universitet mablag‘lari

Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

13.

Universitetda xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari ulushini oshirish.

1. Universitetga jalb qilingan xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini belgilash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil yanvar

Davlat budjeti mablag‘lari,
Universitet mablag‘lari,
grant mablag‘lari

Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Moliya vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Universitetni xalqa�o e’tirof etilgan tashkilotlar reytingiga kiritish maqsadida Universitet o‘quv va ilmiy jarayonlariga xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan yetakchi professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislarni jalb qilish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

3. Universitet buyurtmanomalariga binoan belgilangan tartibda Universitet xorijiy professor-o‘qituvchilari va ma’muriy xodimlariga hamda ularning oila a’zolariga ko‘p martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha yashash joyida ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlash.

Zaruratga qarab

14.

Universitetda ta’lim sifatini baholashda xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish.

1. Universitet bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini bosqichma-bosqich akkreditatsiyadan o‘tkazishga tayyorlash.

2023-yil sentyabr�an boshlab

Universitet mablag‘lari

Universitet,
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Mazkur yo‘nalishlarda mavjud ?izimli kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

3. Universitetdagi ta’lim sifatini ichki baholashga xalqaro akkreditatsiya tashkilotlarini taklif etish.

2027-yil may

15.

Universitet talabalarining tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlari hamda malaka amaliyotlari davlat organlari, davlat ulushiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida o‘tkazilishini tashkil etish.

1. Kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarining xususiyatidan kelib chiqib korxonalar va tashkilotlarda barcha talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha respublika hududlari kesimida talabalar taqsimot jadvalini ishlab chiqish.
2. Talabalarni tegishli tashkilotlarga biriktirish va shartnomalar tuzish.
3. Taqsimot jadvalini tasdiqlash va talabalarni amaliyotga yuborish.
4. Amaliyotni yakunlagan talabalarning amaliyot jarayonlarida o‘zlashtirgan bilim va tajribalarini baholash tizimini ishlab chiqish.
5. Amaliyot o‘tagan talabalar bilimini baholash.

Universitet o‘quv reja-jadvali asosida

-

Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Qurilish vazirligi

16.

O‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonini zamonaviy darslik, o‘quv qo‘llanma va adabiyotlar, shuningdek, ilmiy nashrlar, o‘quv-uslubiy, ilmiy-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash, talabalarga ilg‘or elektron ma’lumotlar bazalaridan foydalanish uchun sharoit yaratish.

1. O‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonini tegishli o‘quv va ilmiy-metodik qo‘llanmalar hamda ilmiy nashrlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.
2. Universitet axborot-resurs markazini O‘zbekiston Milliy kutubxonasining elektron axborot tizimiga integratsiya qilish hamda qurilish sohasiga oid materiallar bilan tanishish imkoniyatini yaratish.
3. Universitet axborot-resurs markazini ilg‘or xorijiy elektron ma’lumotlar bazalariga ulash hamda talaba va pedagoglar uchun ushbu bazalardan tekin foydalanish imkoniyatini yaratish.

2023-yil sentyabr

Universitetning mablag‘lari, grantlar, homiylik mablag‘lari

Universitet,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi


Download 476.21 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page