1. Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]



Download 476.21 Kb.
Page2/13
Date21.12.2022
Size476.21 Kb.
#60191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
PQ-416 08.11.2022
T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ullar

I. Universitetni transformatsiya qilish chora-tadbirlari

1.

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash.

1. Universitet ustavini ishlab chiqish, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
2. Universitet oldiga qo‘yilgan yangi maqsadlar va vazifalar yuzasidan nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribalarini tahlil qilish hamda fakultetlar, umumkasbiy va mutaxassislik kafedralari, funksional bo‘limlar tarkibini qaytadan ko‘rib chiqish orqali Universitetning takomillashtirilgan tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil dekabr

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Universitet

2.

Universitetni uzoq va o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

1. Strategik rivojlantirish dasturi loyihasini ishlab chiqish hamda ekspertlar muhokamasidan o‘tkazish.
2. Ishlab chiqilgan dastur loyihasini Universitetning Kuzatuv kengashi qarori bilan tasdiqlash.

2022-yil dekabr

Universitet mablag‘lari

Universitet,
Universitet Kuzatuv kengashi

3.

Universitetning kadrlar tayyorlash bo‘yicha mavjud 21 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 24 ta magistratura mutaxassisliklarini maqbullashtirish hamda yangilarini ochish.

1. Qurilish sohasini kompleks rivojlantirish istiqbollari, ehtiyojlari, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlari hamda kadrlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro klassifikatorlarni tahlil qilish.

2023-yil yanvar

-

Universitet,
Universitet Kuzatuv kengashi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Mazmun jihatdan yaqin bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlarini maqbullashtirish bo‘yicha asoslangan takliflar tayyorlash.

2023-yil fevral

3. Iqtisodiyotning real ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ilg‘or xorijiy tajribalarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish asosida bakalavriatning yangi ta’lim yo‘nalishlari va magistraturaning yangi mutaxassisliklari ro‘yxatini shakllantirish.

Har yili

4. Mazkur ro‘yxat asosida ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha qabul kvotalarini shakllantirish hamda tegishli vazirlik va idoralarga kiritish.

Har yili

5. Tasdiqlangan kvotalar asosida qabul va o‘quv jarayonlarini tashkil etish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

4.

Universitetning moliyaviy barqarorligini yanada oshirish.

1. Ta’lim, ilm-fan va uning natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha tijorat va notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Doimiy ravishda

Universitet mablag‘lari

Universitet,
Universitet Kuzatuv kengashi

2. Universitetning 2023-yilda kutilayotgan daromadlari va xarajatlari to‘g‘risida prognoz ko‘rsatkichlarni aniqlash.

2022-yil dekabr

3. Milliy, xalqaro grantlar hamda homiylik va xayriya mablag‘larini jalb qilish.

Doimiy ravishda

5.

Universitetning 2026-yilga qadar xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning sohaviy yoxud mintaqaviy, 2030-yilga qadar global reytingiga kirishiga erishish bo‘yicha tizimli va samarali ishlarni olib borish.

1. Universitetda xalqaro reytinglar bilan shug‘ullanuvchi alohida tarkibiy tuzilma (kamida 2 ta shtat birligidan iborat) tashkil etib, uni yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish hamda faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish.

2023-yil mart

Universitet mablag‘lari

Universitet,
Universitet Kuzatuv kengashi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Universitetni xalqaro reytinglarga kiritish maqsadida uning faoliyatini tahlil qilish.

Doimiy ravishda

3. Tahlil natijasida Quacquarelli Symonds (QS) va Times Nigher Education (TNE) xalqaro reytinglarida ishtirok etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Doimiy ravishda

4. Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning ijrosi ustidan monitoring yuritish.

Reja-jadval asosida

6.

Universitet soha yo‘nalishlari bo‘yicha nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Universitetning o‘quv, ilmiy va boshqaruv jarayonlariga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish.

1. Soha yo‘nalishlari bo‘yicha nufuzli mahalliy va xorijiy tashkilotlar hamda ularda faoliyat olib borayotgan yuqori malakali mutaxassislar ro‘yxatini shakllantirish.
2. Nufuzli mahalliy va xorijiy tashkilotlardagi ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish hamda ularni o‘quv va amaliyot jarayonlariga tatbiq etish bo‘yicha kelishuvga erishish.
3. Yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni Universitetning o‘quv, ilmiy va boshqaruv jarayonlariga jalb etish.

Doimiy ravishda

Universitet mablag‘lari

Universitet,
manfaatdor vazirlik va idoralar,
ish beruvchi tashkilotlar

7.

Universitetni malakali ma’muriy-boshqaruv, ilmiy-pedagogik va o‘quv-yordamchi xodimlar bilan ta’minlash.

Ma’muriy-boshqaruv, ilmiy-pedagogik va o‘quv-yordamch� xodimlar tarkibini zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali, kasbiy tayyorgarlikka ega kadrlar bilan to‘ldirish.
Bunda, birinchi navbatda, salohiyatli professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni o‘quv va ilmiy jarayonlarga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

-

Universitet,
Universitet Kuzatuv kengashi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

8.

Universitetda yoshlar o‘rtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

1. Yozgi maktablarni tashkil etish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil mart

Universitet mabl�g‘lari

Universitet,
Yoshlar ishlari agentligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Yozgi maktablar tashkil etishga doir xalqaro loyihalar bazasini shakllantirish va ularda talaba-yoshlar ishtirokini tashkillashtirish.

Doimiy ravishda

3. Respublika bo‘ylab yozgi maktablarni targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar tashkil etish.

Doimiy ravishda


Download 476.21 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page