1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar. Iqtisodiy qonunlar va uning turlari


Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi



Download 439.4 Kb.
Page3/13
Date12.02.2024
Size439.4 Kb.
#63508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-Мавзу
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi cheklangan iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini topish orqali jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borishning nazariy va amaliy muammolarini tadqiq qilishdan iborat.
Fanning predmeti, uning vazifalarida yanada oydinroq ko‘rinadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasini ikki tomondan, ya’ni ham amaliy va ham nazariy tomondan tushuntirish mumkin.
Fanning amaliy vazifasi cheklangan resurslardan samarali foydalanib, ularning har birligi evaziga ko‘proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turlari bo‘yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo‘llarini topishga qaratiladi. Bu vazifa yaratilgan nazariyalar va ilmiy qarashlarni real amaliy hayotga joriy qilib borishni ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasi, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. Shundan kelib chiqadiki bu fan iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mohiyatini, iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy tushunchalarning mazmunini yoritib ilmiy bilish vazifasini bajaradi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi cheklangan iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli muqobil variantlaridan eng samaralisini topish orqali jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borishning nazariy va amaliy muammolarini tadqiq qilishdan iborat.


Iqtisodiyot nazariyasi fanining qayd qilingan amaliy va nazariy vazifalari bir - biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo‘lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan ko‘ra bilish va amaliy harakat yo‘lini to‘g‘ri belgilash imkonini beradi.
Iqtisodiyot nazariyasi aniq vaziyatlarda aniq takliflarni berib, uslubiy vazifani ham bajaradi. Iqtisodiy bilim nazariya-larga ega bo‘lish, o‘zgarib turuvchi iqtisodiy vaziyatlarda ratsional qaror qabul qilishni mustaqil amalga oshirish imkonini beradi.
U muman olganda, bu fan iqtisodiy jarayonlar, voqea va hodisalar sirini bilishda ilmiy qo‘llanmadir.
Iqtisodiyot nazariyasi bashorat qilish vazifasi orqali jamiyat va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishining istiqbollarini ilmiy asoslab beradi.
Pirovard maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch quvvat manbai, ilmiy asos – bu milliy g‘oya, milliy mafkuradir”4. Shu aqidadan kelib chiqib, iqtisodiyot nazariyasi fani “Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o‘zgartirish”5 vazifasini ham bajaradi.

Download 439.4 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page