1. Mavzu : Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi. Reja


-Mavzu : Аuditorlik faoliyatining tashkiliy asoslari



Download 53.78 Kb.
Page6/17
Date26.01.2024
Size53.78 Kb.
#63346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
ozoda new
6-Mavzu : Аuditorlik faoliyatining tashkiliy asoslari.

Reja :

1. Auditorlik tekshiruvida ichki nazorat tizimi.


2. Korxona hisob siyosatini o’rganish.
3. Ichki nazorat tizimini o’rganish va baholashni hujjatlashtirish

Ichki nazorat tizimi — buxgalteriya hisobini yuritishda, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzishda xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning qonuniyligini, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini, aktivlarning but saqlanishini ta’minlash, talon-toroj qilish hollari va xatoliklarning oldini olish hamda aniqlash maqsadida buxgalteriya hisobi subyektining rahbari tomonidan qabul qilingan hisob siyosati asosida tashkil etilgan chora-tadbirlar tizimi. Ichki nazorat tizimini tashkil qilish maqsadini amalga oshirish uchun alohida topshiriq lozim bo’ladi. Tashkilot rahbari ichki nazorat tizimini tashkil qilish va yetarli darajada ushlab turishi uchun quyidagilarni amalga oshirishi zarur: 74 - buxgalteriya hisobotida nimaiki kiritilishi lozim bo’lsa barchasi kiritilishi kerak, shu bilan birga to’g’ri aniqlangan, klassifikatsiyalangan, to’g’ri baholangan va aniq yuritilgan; - buxgalteriya hisoboti tashkilot to’g’risida to’laligicha to’g’ri va obyektiv baho berishi kerak; - tashkilot mablag’i qonunsiz o’zlashtirilgan yoki samarasiz foydalanilgan bo’lmasligi kerak; - har qanday chetga og’ishlar o’z vaqtida aniqlanishi, tahlil qilinishi va ayibdorlar javobgarlikka tortilishi kerak;


2. Korxonaning hisob siyosatini o’rganish. Korxonaning hisob schoti № 1 – «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS)ga muvofiq hisob siyosati xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun foydalaniladigan maxsus tamoyillar, qoidalar va amaliy yondashuvlar to‘plamini ifodalaydi. Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati korxona rahbari tomonidan № 1-BHMS asosida tuzilib, xo‘jalik yurituvchi subyektning har xil yillar uchun taqdim qilingan moliyaviy hisobotlaridagi ko‘rsatkichlar taqqoslanuvchan hamda boshqa aloqador BXMSlar asosida shakllantirilgan bo‘lishi lozim. Korxonaning hisob yuritish siyosati bosh buxgalter tomonidan ishlab chiqiladi va rahbar buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Hisob siyosatining mazmunini ifodalaydigan ma’lumot manbalari quyidagilardan iborat:
-tekshiriladigan korxonaning hisob siyosati to‘g‘risida buyruq (farmoyish);
-buxgalteriya hisobining ishchi schotlar rejasi;
-tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari va ichki buxgalteriya
-hisobotlari shakllarining ro‘yxati;
-hujjatlar aylanish reja-grafigi va hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyalari;
-ayrim ko‘rsatkichlarni hisobga olish bo‘yicha tasdiqlangan uslubiyat va tekshiriladigan korxona hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruqqa boshqa ilovalar;
-quyidagi masalalarni bayon qiladigan (ochib beradigan) tushuntirish xati:
Hisob siyosati №1 BXMS talablaridan kelib chiqqan holda korxona buxgalteriya hisobining ishonchliligini ta’minlashi lozim. №1 BHMS 56-bandiga muvofiq hisob siyosati kalendar yili davomida o‘zgartirilmaydi. Faqat xo‘jalik yurituvchi subyektni qayta tashkil etilishi (birlashish, bo‘linishi, qo‘shib olish), mulkdorlar almashishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobininig yangi usullari ishlab chiqilgan hollarda hisob siyosati o‘zgartirilishi mumkin. ( №1 BHMS 56.1, 56.2, 56.3, 56.4) Hisob siyosatiga kiritilgan o‘zgartirishlar asoslangan bo‘lishi va tegishli tartibda rasmiylashtirilishi lozim. (№1 BHMS 55-bandiga muvofiq) O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan hisob siyosatidagi o‘zgartirishlar oqibatlari xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan buxgalteriya hisobining o‘zgartirilgan usullari qo‘llanilib boshlanadigan sanaga (oyning birinchi sanasiga) tekshirilgan ma’lumotlar asosida qiymat ifodasida baholangan bo‘lishi lozim.
Hisob siyosatida quyidagi masalalar o‘z aksini topishi lozim:
-Tashkiliy - texnikaviy masalalar: -Hujjatlar aylanish qoidalari va reja-grafigi.
-Ichki hisobot (tarkibi, shakllari, davriyligi, tuzish va taqdim qilish muddatlari, foydalanuvchilar).
-Ichki nazorat tizimi (ichki audit xizmati, mutaxassis, shaxsan rahbarning o‘zi, taftish komissiyasi). -Buxgalteriya (yoki moliya-hisob markazi) to‘g‘risidagi Nizom va buxgalteriya (MHM) xodimlarining xizmat vazifalari taqsimoti.
-Inventarizatsiya o‘tkazish tartibi. Uslubiy masalalar:
•Materiallar haqiqiy sarfining normadan chetga chiqishini nazorat qilish usullari.
•Umumishlab chiqarish xarajatlari va boshqa bilvosita xara-jatlarni taqsimlash tartibi.
•Davr sarflarini hisobdan o‘chirish tartibi.
•Tugallanmagan ishlab chiqarishni aniqlash. Soliqqa oid masalalar:

Internet resurslari


1.
2.

Download 53.78 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page