9.Mavzu :Auditor axloqi (etikasi).
Reja :
1.Auditor axloqi (etikasi).
2.Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish.
3.Auditorlarning mustaqilligini, rofessionalligini va kompetentliligini ta’minlash.
Auditor axloqi (etikasi) Auditor etikasi (axloqi). Yuzaki qaraganda unchalik tanish va odatiy bo’lmagan so’z birikmasi. Masalan, pedagog yoki vrach etikasi, odatda, hammaga tanish va hech kimni hayratlantirmaydi. Bular kasb etikasining turlari bo’lib, kishilarning kasbiy faoliyatlaridan kelib chiqadi va ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning ma’naviy-ahloqiy jihatlarini tavsiflaydi. Barcha axloqiy talablar umuminsoniy negizga ega bo’lishiga qaramasdan, ayrim kasb turlari uchun ularning o’ziga xos ahloqiy me’yorlari shakllangan. Bunday kasb egalari sohani ham nazariy, ham uslubiy, ham amaliy jihatdan yuksak professional darajada bilishlari bilan birga, shakllangan, me’yoriy-huquqiy asosga ega ahloqiy jihatlari bilan ham boshqalardan ajralib turadi. Auditorlik ham mana shunday murakkab kasblar qatoriga kiradi. Shu boisdan, mamlakatimizda «O’zbekiston auditorlarining kasbga oid ahloq kodeksi » ishlab chiqilib, O’zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi (O’BAMA tomonidan-26.08.2005y.) va
O‘zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP tomonidan- 25.06.2005y.) amaliyotga tadbiq etildi. Yuqorida ta’kidlanganidek, vrach etikasi, Gippokrat qasamyodi bizga qadimdan tanish tushunchalar. Auditor bajaradigan ishlarni esa vrach vazifalari bilan qiyoslash mumkin. Farqi shundaki, vrach bajaradigan xayrli ish inson organizmi bilan bog’liq bo’lsa, auditor faoliyati «korxona organizmi» ustida, unga aniq «tashhis» qo’yib, moliyaviy sog’lomlashtirish ustida olib boriladi. Lekin, ayrim hollarda auditordan «vaziyatni tushunish», «yuz-xotir qilish», «ko’zni chirt yumish» kabilar talab qilinadi. Bunday hollarda qanday yo’l tutish kerakligi «O’zbekiston auditorlarining kasb etikasi kodeksi» loyihasida bayon etilgan. Kodeks 18 ta moddadan iborat bo’lib, auditorlar oldiga qo’yiladigan ahloqiy talablar mazmuni haqida ushbu moddalar orqali tasavvurga ega bo’lish mumkin:
1- modda. Vijdonlilik va obektivlik.
2- modda. Ahloqiy nizolarni hal etish.
3- modda. Professional kompetentlilik. 4-modda. Maxfiylik.
5-modda. Soliq amaliyoti. 6-modda. Xalqaro faoliyat.
7-modda. Omma uchun axborotni taqdim etish. 8-modda. Mustaqillik.
9- modda. Kasbiy layoqatlilik va auditor bo’lmagan shaxslardan foydalanishga bog’liq majburiyatlar.
10- modda. Shartnoma bo’yicha va komission to’lovlar.
11- modda. Auditor amaliyotiga muvofiq kelmaydigan faoliyat.
12- modda. Boshqa auditorlar bilan munosabatlar. Yangi xodimlarni qabul qilish. 13- modda. Reklama va xizmatlarni taklif qilish.
14- modda. Manfaatlar nizosi.
15- modda. Hamkasblarni qo’llab-quvvatlash. 16-modda. Professional kompetentlilik.
17- modda. Axborotlarni taqdim etish.
18- modda. Intizomiy choralar. Auditorlik kasbining axloqiy me’yorlari uning tarixiy taraqqiyoti yo’lida shakllangan: mustaqillik, kompetentlilik (puxta bilimga egalik), halollik, vijdonlilik, haqqoniylik va maxfiylik (sir saqlash) kabi xalqaro printsiplari negizida shakllangan. Ushbu printsiplar mazkur loyihaning yuqorida keltirilgan moddalarida o’z ifodasini topgan. Shu boisdan, bularga batafsilroq to’xtalib o’tamiz. Loyihada malakali auditorlarning kasbga oid ahloqiy me’yorlari mujassamlashgan, auditorlik hamjamiyati muhitida qaror topgan ahloq-odob qadriyatlari aniqlangan. Umuminsoniy va kasb etikasi me’yorlariga auditorlik tashkilotining rahbari, har bir auditori va boshqa xodimlari qat’iy rioya qilishlari zarur. Auditor uchun eng yuqori ahloqiy me’yor har qanday vaziyatda ham qonunni ustun qo’yish, ishonchga sazovor aniq dilillarga asoslangan auditorlik xulosasi tuzish, yo’l qo’yilgan xato- kamchiliklarni tahlil qilib, ularni tuzatish yo’llarini aniqlash, korxona moliyaviy ahvolini yaxshilaydigan tavsiyalar berishdan iborat. Buning uchun auditorning kasb mahorati vijdon, or-nomus kabi ahloqiy fazilatlar bilan ham uyg’unlashgan bo’lmog’i lozim. Auditor hamma vaqt mustaqil bo’lishi kerak. Bu printsip, agar auditorlik tashkiloti va mijoz-korxona o’rtasidagi munosabatlar (moliyaviy, qarindosh- urug’chilik yoki shaxsiy tobelik, boshqaruv organlari yoki umumiy loyihalarda qatnashish, buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha oldindan xizmat ko’rsatish va h.k.) auditorlik faoliyati natijalariga ta’sir ko’rsatadigan bo’lsa, auditorlik tashkiloti audit o’tkazish yoki professional xizmat ko’rsatishdan voz kechish lozimligini bildiradi. Audit o’tkazish yoki professional xizmat ko’rsatish chog’ida auditor professional kompetentlilikka rioya qilishi zarur. Audit o’tkazish yoki professional xizmat ko’rsatish bo’yicha majburiyat olgan auditor mazkur sohada o’zining kompetentliligiga ishonch hosil qilishi lozim. Xususan, o’z majburiyatini vijdonan bajarishi, auditorlik xizmatlarini kafolatlay olishi uchun zamonaviy metodikaga asoslangan va barcha amaldagi me’yoriy hujjatlar qoidalari hisobga olingan, etarli
Internet resurslari
1.
2.
Share with your friends: |