1. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani predmeti O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixini jahon madaniyati va san’ati tarixida tutgan o’rni


-mavzu: Temuriylar davri memorchiligi



Download 269.58 Kb.
Page18/21
Date12.03.2024
Size269.58 Kb.
#63833
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
1. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani predmeti O’zbek
8-mavzu: Temuriylar davri memorchiligi
Reja

  1. Temuriylar davri madaniyati va san’ati

  2. Shohruh va Ulugbek davri madaniyati va san’ati

  3. Kamoliddin Bexzodning Hirot maktabi.

  4. Temur vafotidan keyingi davrda O’zbekiston madaniyati va san’ati

Temur vafotidan keyingi uning ulkan saltanatini Xuroson va Mavorounnahrni uning o’g’li Shoxrur va nabirasi Ulug’bek boshqardi. Deyarli 40 yildan ortiq vaqt mobaynida bu erlarda Temur boshlab bergan an’analar davom etdi. Me’morchilikda mahobatli me’moriy majmualar barpo etildi . Samarqand, Buxoro va Vobkentda qurilgan madrasalar shu davr memorligining an’analari asosida vujudga kelgan.


Ulug’bek madrasasi darvning ulug’ yodgorliklaridan va noyob tarixiy qurilma. Bu binoga buyuk olim Ulug’bekning ruxi singan.
Ulug’vor va mag’rur bu inshoatda buyuk olim va ulamolar dars o’tishgan. Xandasiy va islimiy naqshlar peshtog’ yozuvlari bilan davr kishilarining ham falsafiy ham estetik qarashlarini namoyon etgan.
1420-28 yillarda Ulug’bek farmoni bilan barpo etilgan dunyoviy ilm maskani rasadxona ham davrning nodir haykali bo’lgan. Uch qavatli o’rtasida yulduzlarni ko’zatadigan moslama bo’lgan bu bino devorlari esa turlm-tuman rasmlar bilan bezatilgan. Ularda tog’, daryo va ajoyib tabiat ko’rinishlari tasvirlangan. Temuriylar davrining muhim yodgorliklaridan biri
Shohi zinda me’moriy majmuasi Ulug’bek sayi harakati bilan tugallik kashf etdi. Uning farmoni bilan qurilgan mahobatli bezakdor katta peshtoq shu majmuaga yaxlitlik baxsh etgan.
Ulug’bek boshqargan Movarounnahrda Samarqand O’rta Sharqdagi go’zal va boy shaharlardan bo’lgan. Shu erda ko’zga ko’ringan olim va ulamolar yashab ijod qilgan. Shu erda dunyoviy fanlar rivojlandi. Ulug’bek olim sifatida o’z atrofida shogirdlar to’pladi, ularga dars berdi. Qozi zoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid, Ali Qo’shchi tadqiqodlar olib borishdi. Ularning izlanishlari “Yulduzlar jadvali kitobi»da o’z aksini topdi. Ulug’bek farmoni bilan barpo etilgan rasadxona kutubxonasi davrning haqiqiy akademiyasi edi. Bu erda turli nazariy fanlarga oid risola va tadqiqodlar ko’chirilar, ta’mirlanar va ular zaruriy rasmlar bilan to’ldirilar edi. Bu ishlar bilan kutubxona qoshida faoliyat ko’rsatgan xattot va musavvirlar shug’ullanar edi. Shunday astronomiyaga oid qo’lyozmalardan biri as- So’fiy risolasi(traktati) bo’lib unda ishlangan miniatyuralar etiborga loiq.
Musavvir miniatyuralarni shunchaki tushuntirishga mo’ljallangan astronomiyaga oid rasmgina emas, balki badiiy qiymatga ega bo’lgan badiiy asar darajasiga ko’tarishga intiladi.Tasvirlangan odam, hayvon va afsonaviy mavjudodlarni hayotiy va jonli bo’lishiga harakat qiladi. Astronomiyaga oid rasmlarni haqqoniy bo’lishiga intilish Ulug’bek davri madaniyati va san’ati realistik yo’nalishda rivojlanganligidan dalolat beradi. Shuni ta’kidlash kerakki, Temuriylar davrida shoh saroylari qoshidagi kutubxonalar haqiqiy san’at maktabi rolini o’ynadi. Bu erga mashhur rassom, xattot, naqoshlar to’planadilar. Kutubxonada nodir qo’lyozmalar to’planib, ko’chirilib kitob xoliga keltirilar, tasvir va bezak naqoshlar bilan bezatilar , yaroqsiz xolga kelgan qo’lyozmalar ta’mirlanar edi.
Shuning uchun ham bu kutubxonalardagi ijodkonalar rassom, naqosh va xattotlar uchun talim va mahorat maktabini o’tab har bir san’atkorni ijodiy o’sishi o’z xunar kasbini yanada rivojlanitirishi imkoniyatini yaratgan. Nigoriston nomi bilan tanilgan bu ijodxona mazmun va mohiyat jihatidan bugungi badiiy Akademiya mazmun va yo’nalishiga yaqinlashib ketadi. Shu erda ustoz o’zining mukammal ko’rinishiga erishdi.
Bu xususiyatni shu davrda ishlangan janrli kompozitsiya va portretlarda ham ko’rish mumkin. Shu o’rinda Ulug’bekka bag’ishlab ishlangan portret va janrli kompozitsiyalari e’tiborli. Ulug’bekning navbatdagi ovdan keyin o’z oila azolari bilan shiyponda dam olib o’ltirgan paytini aks ettiruvchi rasm ( 1441- 1442 yilar) yuksak mahorat bilan ishlangan. Qalam chizgisi nozik, rang tizimi boy, tasvirlangan har bir obrazlar esa o’z xatti harkati bilan ajralib jonli ishlangan. 1447 yili Shohruh vafotidan keyin, Xirot Ulug’bek qo’liga o’tdi. U Xuroson va Mavorounnaxrni boshqardi. Shu davrda bir qator xattot va musavvirlar Samarqandga ko’chib o’tishdi, ayrimlari taklif etildi. Jumladan davrning mashhur musavvirlari Mavlono Zaxriddii Abdulla, Mavlono Zaxriddin Azhar va boshqa yirik san’atkorlar Samarqandga, Ulug’bek davlati poytaxtiga taklif qilindi. Ularga bu erda Ulug’bek hukmronlik yillari haqidagi bayonnomani rasmlar bilaya bezatish topshirildi. Afsuski bu bayonnoma va rasmlar bizgacha saqlanmagan.
Alisher Navoiy davri.Markaziy Osiyo madaniyati va san’atining yangi bosqichi temuriy Sulton Abu Said nomi bilan bog’liq. U 1451 yili mamlakatdagi notinchliklardan foydalanib qattiq kurashlarda hokimiyatni o’z qo’liga oladi. 1456 yili esa u poytaxtni Samarqanddan Xirotga ko’chirdi. Natijada Movorunnaxrda yashab ijod etgan san’atkor va davlat arboblarini shu yangi joyga ko’chib o’tishlariga sabab bo’ldi. Shular qatorida ko’plab shoir, rassom, me’mor va xattotlar va ularning oilalari bor edi. Temuriylar davri madaniyati va san’ati va madaniyati shu erda o’z rivojini yangi bosqichini oshladi. Shu erda davrning ulamolari, buyuk mutafakkirlari, rassomu me’morlari Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Bexzod va boshqalar o’z ijodlarini qiyomiga etkazdilar. Temurzoda Xusayn Boyqaro 40 yildan ortiq hukumronligi davrida mamlakatda kattagina obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bu ishlarda davrning buyuk mutafakkiri, o’zbek shyeriyatining yulduzi Alisher Navoyining xizmatlari katta bo’ldi. Uning rahnamoligida yirik inshootlar, maschit va madrasalar qad ko’tardi. Shu erda O’rta Sharq miniatyura maktabi o’zining eng yuksak cho’qqisiga erishdi.
Kamoliddii Bexzod (1455-1530 ).
O’z mavqi jihatidan zodagonlar xonadoniga yaqin bo’lgan Kamoliddin Behzodning Xirotda dunyoga keldi.Ota onasidan juda erta judo bo’lgan Behzod Alisher Navoiy xomiyligida kamol topdi.Shu erda u dastlab xattot va musavvir Mirak Naqqosh qo’lida tarbiyalanib undan tasviriyot va xattotlik sirlarini o’rgandi. So’ngra buxorolik musavvir Usto Jahongirning shogirdi Pir Sayid Tabriziy qo’lida o’qishini davom ettirdi va tezda mohir san’atkor naqqosh va musavvir sifatida tanildi. U o’z davrigacha bo’lgan tasviriy san’at sohasida erishilgan yutuqlarni mukammal egalladi va musavvirlikda yuksak insoniy fikrlar va boshqa ilg’or g’oyalar bilan sug’orilgan hayotiy tasvirlari bilan shuxrati orta bordi. Bexzod dastlab Alisher Navoiy biroz keyinroq Xusayn Bayqaro kitobxonasida ishladi. Shu davrdan Behzod sheriy munozara va ijodiy majlislarda, anjuman va yig’ ilishlarda qatnashdi, ishlagan tasvirlarini namoyish etib fikr mulohazalarni eshitdi. Bexzodning saqlanib kelgan ilk asarlari, 1470-1490 yillarga to’g’ri keladi. Shu yillarda u doston va solnomalarga ko’plab rasmlar ishladi. Shular ichida Shayx Sa’diyning «Bo’ston»(1475,1488) , “Guliston”(1495), Alisher Navoiy “Xamsa”(1485), Amir Xisrav Dehlaviyning “Xamsa”(1485), “Layli va Majnun”(1495), Al Yazdiyning “Zafarnoma”(1490 yillar) asarlariga chizgan suratlari bor. Ularda turli voqyealar - mayishiy hayot, jang va ov voqyealari, shaxzoda va malikalarning rasmlari ishlangan.
Jumladan, Sadiy "Bustoni"(1488)ga Sulton Xusayn Mirzo surati bazm paytida ishlangan. . Bo’stonga ishlangan suratlardan boshqa birida eron shohi Doroning yilqichi sarbonlar qarshisidan chiqib qolishi tasvirlanadi. Unda eron shohi Doro ov qilib yurib, o’z sherikdaridan adashib qolganligi va qarshisidan yilqichi chiqib qolganligi ko’rsatiladi. Kompozitsiya markazida qo’llarini ochib oldinga cho’zib turgan, qaddi bexad bukchaygan keksa cho’pon tasviroangan . Uning atrofida tog’lar, archazorlar, yashil o’tlov va zilol suvi oqib turgan ariq,, nasldor otlar, yilqichilar ko’rsatilgan. Ali Yazdiyning “Zafarnoma”(1490 yillar) Behzod bezagan ko’pgina qo’lyozmalarda turli tarixiy voqyealar, jang xolatlari, saroydagi qabul marosimi ham o’z ifodasini topgan. Jumladan uning masjit qurilishida asari shunday ishlardan. Rassom turli voqyealar, - tantanali qabul marosimlarini ishlaganida, kelgan turli mamlakat elchilari va saroy mansabdorlari tasvirlanganda . Ular turli kiyim-libosda xolatlari ular egallagan lavozimiga mos. Xiva Qal’asining Amir Temur qo’shinlari tomonidan qamal qilinishini rasmi ham jonli. Unda baland, mustaxkam qala, yonida tok chirmashgan ulkan chinor aks ettirilgan. Musavvir jangning eng qizgin paytini tanlab olgan: qala ximoyachilari kungurali baland tik devor ustida katta harsang toshlar irritishmoqda. Ammo Amir Temur askarlari qalga darvozasiga kiraverinshda ko’tarib qo’yilgan osama ko’prikni tushirishga muvaffaq bo’lganlar. Ilg’or qismdagi suvoriylar qala ichkarisiga kirib bormoqda. Bazilariga o’q tegib, otdan agdarilgan. Qal’a ximoyavilari orasida xotin- qizlar ham ko’rinadi. Amir Temur qo’shinlarining Oltin O’rda xoni To’xtamish (1361-І395) bilan bo’lgan jangi uning qurilish borasidagi faoliyati ham Zafarnomadan o’rin olgan. Shunday rasmlardan birida Bibixonim maddasasini qurish payti ko’rsatilgan. Ustalar o’z ishlari bilan band, ular turlii xolatlarda, pastda quruvchilarning bir qismi devor yuzasini qoplash uchun ishlatiladigan og’ir marmar taxtalarni tashimoqdalar, boshqalari bo’lsa g’isht teruvchilar uchun loy tayyorlamoqdalar. Eng yuqorida ko’lida bir shaklni ushlab turgan memor ko’rinadi. Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shedrin nomidagi xalq kutubxonasida amir Xisrav Dexlaviyning ikki nusxada saqlanayotgan "Layli va Majnun" dostoniga ishlangan suratlar ham Bexzod qalamiga mansub. Unda Layli va Majnunning madrasada o’qish paytini tasvirlaydi, u 1495 yili bajarilgan. Bu erda ham binoning memoriy bezagi, naqshlar juda aniq va go’zal ishlangan. Bexzod tabiat manzarasini tasvirlashda o’z davri uchun nayob mahoratini namoyon etgan. K.Bexzod portret madaniyati va san’atida ham samarali ijod etgan. Uning A. Navoiy, A. Jomiy, Xusayn Boyqaro, Shayboniyxon, Sulton Xusayn, Mirzo shuning dalilidir. Parijdagi shaxsiy kolleksiyada saqlanayotgan Sulton Xusayn Mirzo portretida u shohona kiyimda tasvirlanib, uning barcha xislatlarini ifodalashga harakat qilingan. Rasm... Qiyofasidan kuchli iroda, jismoniy quvvatga ega bo’lganligi sezilib turadi. To’ladan kelgan gavdasi, xorg’in yuzli, qisiqroq ko’zi, uzukli nozik qo’llari tasvirdagiga hukmdor umrining ko’p qismi faqat maishat bilan o’tganligida dalildir. Bexzod Sulton Xusayin Mirzoning ichki dunyosini va tashqi dunyosini ko’rinishini real tarzda tasvirlay olgan.
XVI asrning dastlabki yillari yaratilgan Bexzod muyqalamiga mansub suratlardan musavvirning yuksak kamoloti, shuning bilan birga xissiy kechinmalarning murakkablasha boshlagandigi , ichki dunyosida paydo bo’la boshlagan ruhiy mayuslikning aks ko’rina boshladi. Bu bejiz emas albatta. Uning buyuk murabbiysi va ustozi Alisher Navoiy (1501 yil, yanvar), Sulton Xusayin Mirzo (1506 yil 5 may) vafot etishdi. Shundan keyin amirlar o’rtasida boshlanib ketgan nizolar Muhamad Shayboniyxonga Xirotni osonlikcha qo’lga kiritishga (1507 yil, may) yordam berdi. Ana shu notinchliklar Bexzod ijodiga ham salbiy tasir etmay qolmadi. Bexzod Shayboniyxon xizmatiga o’tdi. XU1 asr boshlarida Bexzod ijodida mazkur xodisalar chuqur uychanlik, nozik lirik kechinmalarni ifodalovchi saxnalarda o’z aksini topdi. Bunday suratlar Xisrav Dexlaviyning "Layli va Majnun" dostonida mavjud. Bexzodning Layli va Majnunning saxrodagi visol chogini tasvirdovchi surati o’rin olgan. Saxro Layli xijron azobi tufayli xoldan toygan sevgilisini boshini avaylab tizzasi ustiga qo’ygan. Inson azobiga tabiatdagi tinch hayot hamoxangdek. Saxro qaridan o’tgan zilol suvli ariq qirgoqlari turli-tuman gullar bilan qoplangan. Harsang toshlar orasidan ko’m-ko’k butalar ikki oshiq sevgisi barhayotligiga guvohdek. Saxro hayvonlari: sher, qoplon, tog’ burusi, pogol, tuya ikki inson yuragini garq qilgan ulkan sevgi kuchi bilan sexirlangandek sukutda, ular dardiga sherik. Ruhiy kechinmalar oxangi ulkan muyqalam soxibi tomonidan mohirona ochilgan. Bexzod zamondoshlari bu rasmdan ko’plab nusxa ko’chirishgan, xatto shu manzara tasviri tushirilan gilamlar ham paydo bo’lgan edi. Bexzod o’z davrigacha bo’lgan tasviriy san’at yutuqlarini qunt bilan egalladi va san’atning mazkur turida realistik va insonparvar sifatida gavdalanadi. Shuning uchun ham Bexzod asarlari ta’sirning haqqoniyligi va jozibadorligi bilan kishiga zavq baxsh etadi. Bexzod Shayboniyxon xizmatida bo’lgan kezlari uning portretini ham ishladi. Tasvirda Shayboniyxon oyoqlarini chalishtirib bolishga (yostiqqa) suyangan holda ikki qo’lini tizzasiga tirab alla nimalar haqida o’ylab yozishga tayyorlangan payti tasvirlangan. Uning kiyimlari oddiy, gavdasi pishiq, hiyla qorin solgan. Uning olidida turgan yozuv ashyollari: siyohdon, qalam, kitob Shayboniyxoniing o’qimishli bilimdon,har bir ishni puxta o’ylab amalga oshiradigan shaxs sifatida tasvirlaydi. Asarda tasvirlangan qamchi esa uning qattiq qo’lliligi, mohir chavandozligi ramzi sifatida idrok etiladi. Shayboniyxonning mazkur surati hozir AQShda shaxsiy kolleksiyada saqlanadi.
Shayboniyxon 1510 yili Marv yonida eron safaviylari qo’shini bilan bo’lgan jangda maglub bo’lib, o’ldirilgandan keyin, Xirotni 1512 yili eron shohi Ismoil Safaviy (І50І-І524) bosib oldi. Shu bilan Xirot tasviriy san’at maktabi o’zining ilgarigi. temuriylar davridagi mavqyeini yo’qotdi. Bexzod Tabrizga qo’chib o’tdi. 1520 yili 1522 yili Shoh Ismoil farmoni bilan o’z kutubxonasiga boshliq qilib tayinladi.
Bexzod hayotining so’nggi yillaridagi shoh asarlaridan biri ikki tuyaning olishuvini aks ettiradigan suratdir. Uning ijodi Sharq xalqlari ayniqsa O’rta Osiyo, eron, Afgoniston, Azarbayjon madaniyati va san’ati rivojiga katta tasir o’tkazdi. Bu tasirda uning ko’psonli muxlislari muhim o’rinni egalladilar Ular Bexzod ijodini davom attirib Sharq miniatyura madaniyati va san’atining keng qirralarini ochilishida etakchilik qildilar.


Download 269.58 Kb.

Share with your friends:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page