1. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani predmeti O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixini jahon madaniyati va san’ati tarixida tutgan o’rni



Download 269.58 Kb.
Page20/21
Date12.03.2024
Size269.58 Kb.
#63833
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
1. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani predmeti O’zbek
Tasviriy san’at
Shayboniyxon qo’liga kiritgan Mavorounnaxr boy madaniy merosga ega edi. Shu yillarda Kamoliddin Bexzod va uning atrofida to’plangan ko’pgina rassom va xattotlar ijod qilishar edi. Shayboniyxon va uning davomchilari davrida O’rta Osiyo, xususan Buxoroda san’at va madaniyat o’zining gullagan davrini boshidan kechirdi. Shu erda, ayniqsa, kitobat madaniyati va san’ati, xatotlik va u bilan bog’liq holda miniatura madaniyati va san’ati rivojlandi. Kulyozmalari bezash, ularni kitob xoliga keltirish borasada buxorolik ustalar dong taratdilar. Bu erda taniqli xattot va musavirlar ko’chib keldi. Buxoro, Samarqand, Toshkentda betakror o’rta osiyocha miniatyura maktabi shakllana boshladi. Shu san’at rivojlanishining dastlabki bosqichini Shayboniylarning tarixiy bayonnomalariga bag’ishlangan «Shayboniynoma», «Fatxnoma» va «Tarixi Abulxayrxon» qo’lyozmalarida o’z ifodasini topdi. Bu qo’lyozmalarga ishlangan miniatyuralarni mahalliy rassomlar bojargan bo’lib, bu miniatyuralarni xirot maktabi rasmlari bilan solishtirganda Xirot maktabi miniatyuralariga xos nafislik, kiboriy ruh susayganini, sezish mumkin. Bu miniatyuralarning qalami jiddiy, koloriti siqiq va yaxlit, yirik ishlangan obrazlar birmuncha qotib qolgan xolda ko’rsatilgan, manzara tasviri ham sodda. Yana bir muhim tomoni shundaki bu miniatyuralarning,ularda tasvirlangan odamlar,ularning kiyimlari va ularni o’rab turgan muxitda o’zbek tiplariga xos fazilatlarni ko’ramiz. Shu xususda «Tarixi Abulxayrxon miniatyuralari etiborga loiq. Qo’lyozma uchun 28 miniatyura XU1 asrning 40 yillarida ishlangan.
Shu davrdan xattotlik madaniyati va san’ati ham yanada rivojlandi. Bu rivojga xirot maktabi kuchli ta’sir etdi. Bu ishlarda 1528 yili Xirotdan Buxoroga ko’chib kelib, umrining oxirgacha shu erda mehnat qilgan K.Behzod shogirdlaridan «xattotlar qiroli» Mir Ali sezilarli iz qoldirdi. Mir Ali bu erda zamondoshi M.Muzahhib va uning shogirdlari bilan xamkorlikda ishladi va qo’lyozmalarni ko’chirgan. Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanayotgan Nizomiyning dostoni ko’chirmasi shunday hamkorlikda yaratilgan.
O’rta Osiyoda miniatyura maktabining yirik vakili Maxmud Muzahhib xisoblanadi. Asl ismi Mahmud Shayhzoda bo’lgan Muzahhib Kamoliddin Behzod, Miroq Naqqosh qo’lida tasviriy san’at sirlarini o’rgangan. Temuriylar saltanatiga chek qo’yilib hokimiyat Shayboniylar qo’liga o’tganidan keyin u saltanatining poytaxti Samarqandda keyinroq Buxoroda yashab saroyda xizmat qilgan. Buxoroda 80 yoshda olamdan 1572 yili Buxoroda vafot etgan. Maxmud Muzahhib 1485-90 yillar orasida tug’ilgan deb taxmin qilinadi. U kitob bezash hamda miniatyura ishlash borasida yuksak mahoratga ega bo’lganligi uchun ham unga "Muzahhib" ya’ni "oltin suvi yurituvchi" taxalusi berilgan. Mahmud Shayhzodaning 30 ga yaqin asarlari aniqlangan. Rassomning ilk asarlaridan biri Alisher Navoiyning xassaga tayanib turgan xolda tasvirlangan surati xisoblanadi. Rasm. Xassaga tayanib turgan Navoiy surati. Portretda keksaib qolgan Navoiyning xassaga tayanib turgan xolatida aks ettiradi. Maxmud Muzahhib portretlar ishlash bilan bir qatorda tarixiy va maishiy janrlarda ham asarlar yaratgan. Rassom ijodining gullagan davri XU1 asrning 30-40-yillariga to’g’ri keladi. Shu davrda ishlangan miniatyuralar ichida
«Sulton Sanjar va to’quvchi kampir bilan uchrashuvi» uning etuk asarlardan biridir. Unda saljuqiylar hokimi Sulton Sanjar ovga ketayotgan paytda qari to’quvchi kampir uni xalq boshiga ko’p tashvish va uqubatlar tushirgani uchun koyiganligi hikoya qilinadi.(Rasm. Sulton Sanjar ovda.) Bu asari bilan rassom o’z davr illatlarini ham ko’tarib chiqqanligini ko’rsatadi. Saadiyning «Bo’ston» asari miniatyuralari ham M.Muzahhib qalamiga mansub deb hisoblanadi. Bu qo’lyozma Toshkent hokimi Barakxon taxallusi bilan tanilgan Navro’z-Axmad uchun 1555 yili ishlangan. Bu qo’lyozma ham Milliy kutubxonada Parijda saqlanadi.
Maxmud Muzahhib shogirdlari Muhammad Chagri Muxassin, Abdulla, Muhammad Murod Samarqandiy va boshqalar kitob, miniatyura madaniyati va san’atini rivojlantirishda o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar.
Muhammad Murod Samarqandiy. Muhammad Murod Samarqandiy XU1 asrning boshlarida Samarqandda tug’ilgan. Shu erda diniy va dunyoviy bilimlarni egalladi, xususiy maktabda rassomlik va xattotlik bilimlarini egallagan. Samarqanddagi Ulug’bek madrasasida diniy va dunyoviy bilimlarini oshirib shu erning o’zida kitob ko’chirish, ularni turli naqsh va rasmlar bilan bezash bilan shug’ullandi. Temuriylar inqirozi kuchayib borgan kezlarda aqidaparastlar tomonidan jonli narsalar rasmini chizish man etilib rassomlar taqibga uchrayboshlaganida u do’sti Nodir Samarqandiy bilan birga Xindistonga, boburiylar davlatiga o’tib ketdi va shu erda umrining oxrigacha yashab ijod qildi va xind miniatyura maktabining shakllanishida muhim rol o’ynadi.
Samarqandiy ham o’z ijodida jamiyat illatlarini ochib ko’rsatishga harakat qilganligi uning qator asarlarida o’z ifodasini topgan. Temirchi Kova qo’zg’oloniiga bag’ishlangan miniatyurasi shunday tanqidiy ruhda ishlangan. Bulardan tashqari shohlarning qabul marosimlari, ov va jang manzaralari uning asarlarida o’z ifodasini topgan. Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”, Saa’diyning “Guliston”, “Bo’ston” dostonlariga ishlangan miniatyuralar ham mashhur. Muhammad Murod Samarqandiyning bizgacha saqlangan asarlari ichida 1556 yili ishlangan «Shohnoma» qo’lyozmasigaishlangan miniatyuralari alohida ajralib turadi. Bugungi kunda bu qo’lyozma Toshkentdagi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasida saqlanadi. Dostonga ishlangan 115 ta miniatyura syujetlari tugal, dostondagi voqyealarni mohiyati bilan ochib berishga harakat qiladi. Unda rassom dostondagi voqyealarning mazmunini atroflicha yoritishga, jamiyat illatlarini ochib ko’rsatishga harakat qiladi. “Temirchi Kova qo’zg’oloni”, “Zahhokning Fariddun tomonidan asr olinishi”, “Fariddunning o’g’illari Yaman shohi huzurida”, “Rustamning tug’ulishi” va boshqa miniatyuralarda shu xususiyatlar namoyon bo’ladi.
XU1 asr ikkinchi yarmidan boshlab Buxoro O’rta Osiyo badiiy hayotida muhim o’rin egalladi Portret madaniyati va san’ati rivojlandi. Xonlar portretlari ishlandi. Abdullaxon , Imonqulixon portretlari shular jumlasidan. Shayboniylar davrining mashhur musavvirlari Abdullo Buxoriy, Menuchehr, Jamoliddin Yusuf kabi miniatyura ustalari ham tarix sahifalaridan munosib o’rinni egalladilar. Ularning bizgacha etib kelgan ayrim asarlari ularning yuksak did va ijodiy barkamolliklaridan dalolat beradi..

Download 269.58 Kb.

Share with your friends:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page