1-sinfda kim? va nima? so'rog'iga javob bo'ladigan so'zlarni o'rganish metodikasida didaktik o'yinlardan foydalanish. Mundarija kirish I bob. Boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlarini o‘rgatish metodikasi orqali o‘quvchilar nutqini



Download 1.67 Mb.
Page1/14
Date26.04.2024
Size1.67 Mb.
#64102
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
kurs ishi
kurs ishi

1-sinfda kim? va nima? so'rog'iga javob bo'ladigan so'zlarni o'rganish metodikasida didaktik o'yinlardan foydalanish.
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………………2
I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SO‘Z TURKUMLARINI O‘RGATISH METODIKASI ORQALI O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISH.
1.1.So‘zning ahamiyati va so‘z turkumlari…………………………………………….6
1.2.1-2-sinf ona tili darsligida “Ot so’z turkumi” mavzusini o‘rgatish……………....9
II.BOB. BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA DARS JARAYONLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH.
2.1.Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligini o‘qitish usullari.…………………………………………………………………………………15
2.2. So‘z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari.………………………………………………………………………………...23
XULOSA………………………………………………………………………………27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………………..29
ILOVA…………………………………………………………………………………31


Kirish.
Mavzuning dolzarbligi va zarurati. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ona tilimiz – o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va kamol toptirish haqida doimo qayg‘urib keladi. Uning quyidagi fikrlari buning yorqin isbotidir: “Biz avlodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz zarur. Ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, bank – moliya tizimi kabi o‘ta muhim sohalarda ona tilimizning qo‘llanilishi darajasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug‘atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so‘z bilan aytganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o‘zlikni, Vatan tuyg‘usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasizdir”1 .
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. O‘zbek tilshunosligida nazariy tadqiqotlar bilan bir qatorda, tilimizning kommunikativ sifatini, imkoniyatlarini o‘rganish ishiga ham katta e’tibor berib kelinmoqda. Mana shunday ham nazariy, ham amaliy muammolardan biri – nutq madaniyati masalalarini tadqiq etishdir. Nutq madaniyati keyingi yillarda tilshunoslikning mustaqil ilmiy yo‘nalishi sifatida shakllandi va rivoj topmoqda. Shu bilan birga, bu sohaning ko‘pgina muammolari hali o‘zining asosli va chuqur tadqiqini topganicha yo‘q. Mana shulardan biri o‘zbek nutqi madaniyati va odobining tarixiy ildizlarini aniqlash, tadqiq qilish va ilmiy umumlashtirishdir. Yuqorida qayd qilinganlar ushbu kurs ishi mavzusining ham nazariy, ham amaliy jihatdan dolzarbligini tasdiqlay oladi.

Download 1.67 Mb.

Share with your friends:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page