1-sinfda kim? va nima? so'rog'iga javob bo'ladigan so'zlarni o'rganish metodikasida didaktik o'yinlardan foydalanish. Mundarija kirish I bob. Boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlarini o‘rgatish metodikasi orqali o‘quvchilar nutqini



Download 1.67 Mb.
Page13/14
Date26.04.2024
Size1.67 Mb.
#64102
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
kurs ishi
kurs ishi
II. Yangi mavzu tushuntirish:
Qanday so‘zlar k imlar? so‘rog‘iga javob bo‘ladi?
150-mashq. Rasmlarga qarang. So‘roqlarga javob bering. — Kim? Kim? Kimlar? Kimlar?
Avval k i m ? so‘rog‘iga, so‘ngra kimlar ? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni yozing.
Kim? so'rog'iga javob bo'lgan so'z bitta shaxsning nomini bildiradi.
Kimlar? so'rog'iga javob bo'lgan so'z ikki va undan ko'p shaxsning nomini bildiradi.
Kim? ... .
Kimlar? ... .
Qaysi so‘zlar nimalar? so‘rog‘iga javob bo‘ladi?
O'qituvchi avval bitta, keyin ikkita va uchta qalamni ko'rsatib so'raydi.
— Bu nima? (Qalam.) Nechta qalam? (Bitta qalam.) Qalamning boshqacha nomi nima? (Narsa — buyum.) Bular nimalar? (Qalamlar.) Nechta qalam? (Ikkita, uchta.) Bitta qalam ko'pmi yoki ikkita (uchta) qalam ko'pmi? (Ikkita, uchta qalam ko'p.) Ko'p narsa — buyum haqida qanday so'raymiz? (Nimalar?)
Nima? Qalam, ruchka.
Nimalar? Qalamlar, ruchkalar.
O'qituvchi suhbatni umumlashtiradi.
Nima? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar bitta narsaning nomini bildiradi. Nimalar? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar bittadan ortiq (ikki va undan ko'p) narsalar nomini bildiradi.


151-mashq. Rasmlarni ko‘rib chiqing. So‘roqlarga javob bering.



Nima? Nima? Nimalar? Nimalar?
Avval nima? so‘rog‘iga, keyin nimalar? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni yozing.
Nima? ... .
Nimalar? ... .

Birdan ortiq shaxsni bildirgan so‘zlar k i m l a r ? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Birdan ortiq narsani bildirgan so‘zlar n i m a l a r ? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.



III. Darslik bilan ishlash.
152-mashq. O‘qing. Kimlar? yoki nimalar? so‘rog‘ini berib, ko‘p shaxs va narsani bildirgan so‘zlarni aniqlang.
Suv – tiriklik manbayi. Undan odamlar, hayvonlar, qushlar, bog‘lar, ekinzorlar bahra oladi. Borliq yashnaydi. Bolalar, suvdan tejamkorlik bilan foydalanishni
o‘rganing.
Yozing. Kimlar?, nimalar? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarning tagiga chizing.
Xotira mashqi” o`yini
O`yinni uyushtirish uchun avvaldan ko`rgazma tayyorlanadi. Hozir xotira mashqi o`yini o`tkazilishini aytib, o`yinning shartini tushuntiradi. O`qituvchi ko`rgazmadagi so`zlarni ikki marta o`qib beradi. O`quvchilar uni eslab qolishga intiladi. Keyin ko`rgazma yopib qo`yiladi. Ko`p so`zni eslab qolgan va ularni yozgan o`quvchi g`olib topiladi va rag`batlantiriladi. Masalan: Suv, odamlar,hayvonlar, qushlar, boglar’, ekinzorlar,bolalar.
O’yinni og’zaki tartibda ham o’tkazish mumkin. Masalan, Bir o’quvchiga 8ta so’z o’qib beriladi.O’quvchi xotirasida qolganini takrorlaydi.

Download 1.67 Mb.

Share with your friends:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page