1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


) 11-grafa. “Savdo qilinayotgan mamlakat”



Download 1.61 Mb.
Page6/90
Date20.01.2024
Size1.61 Mb.
#63270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
-2924955
8) 11-grafa. “Savdo qilinayotgan mamlakat”.
Oldingi tahrirga qarang.
Grafaning chap bo‘lmasida savdo qilinayotgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi ko‘rsatiladi.
(22-band 8-kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
BYuDning 9-grafasida ko‘rsatilgan shaxs bilan tashqi savdo kontraktini (shartnomasini, kelishuvini) tuzgan shaxs ro‘yxatga olingan yoki doimiy yashaydigan, mazkur kontraktga (shartnomaga, kelishuvga) muvofiq tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan yoki uning ijrosi yuzasidan tovarlarning bojxona rejimi o‘zgartirilayotgan mamlakat savdo qilinayotgan mamlakat hisoblanadi.
Tovarlarning bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi yoki ularning bojxona rejimining o‘zgarishi tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) ijrosi bo‘yicha amalga oshirilmayotgan bo‘lsa, Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning raqamli kodi tovarning kuzatuv hujjatlari asosida ko‘rsatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Mamlakat yoki hudud Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2467, 2013-yil 12-iyun) bilan tasdiqlangan Imtiyozli soliq rejimi beriladigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda oshkor etish va axborot berish nazarda tutilmaydigan davlat va hududlar (offshor hududlar) ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, grafaning o‘ng bo‘lmasida “1” kodi ko‘rsatiladi. Agar mamlakat yoki hudud mazkur xatboshida nazarda tutilgan Ro‘yxatga kiritilgan bo‘lmasa, grafaning o‘ng bo‘lmasida “2” kodi ko‘rsatiladi.
(22-bandning 8-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)

Download 1.61 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page