1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


) 12-grafa. “Umumiy bojxona qiymati”



Download 1.61 Mb.
Page7/90
Date20.01.2024
Size1.61 Mb.
#63270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90
-2924955
9) 12-grafa. “Umumiy bojxona qiymati”.
Grafada, raqamli kodi BYuDning 22-grafasida ko‘rsatilgan valyutada, deklaratsiyalanayotgan tovarlarning umumiy bojxona qiymati ko‘rsatiladi. Tovarlarning umumiy bojxona qiymatini BYuDning 45-grafalaridagi tovarlarning bojxona qiymatlari yig‘indisi tashkil qiladi;
10) 13-grafa.
Grafada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BYuD bojxona rasmiylashtiruviga qabul qilingan kundagi AQSh dollarining O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan kursi ko‘rsatiladi;
11) 14-grafa. “Deklarant/bojxona brokeri”.
Oldingi tahrirga qarang.
Grafada BYuDni to‘ldirgan va bojxona organlariga taqdim etayotgan bojxona brokeri yoki deklarantning qisqacha nomi, joylashgan eri (yuridik manzili), telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi;
(22-bandning 11-kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Grafaning yuqori qismida “№” belgisidan so‘ng ushbu bojxona brokeri yoki deklarantni STIRi (jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIRi) ko‘rsatiladi;
(22-band 11-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi)
12) 17-grafa. “Kelib tushadigan mamlakat”.
Grafada tovarlar kelib tushadigan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq qisqa nomi ko‘rsatiladi.
Tovarlar kelib tushadigan mamlakat — tovarlar yetkazib berilishi lozim bo‘lgan so‘nggi mamlakat;
13) 17a-grafa. “Kelib tushadigan mamlakat kodi”.
Grafada tovarlar kelib tushadigan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi ko‘rsatiladi;

Download 1.61 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   90




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page