1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]



Download 1.61 Mb.
Page15/90
Date20.01.2024
Size1.61 Mb.
#63270
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90
-2924955
32) 37-grafa. “Protsedura”.
Grafada tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tish protsedurasining yetti belgili kodi ko‘rsatiladi. Ushbu kod quyidagi uchta tarkibiy qismlardan iborat:
birinchi ikkita raqam — Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bayon etilayotgan bojxona rejimi kodi;
keyingi ikkita raqam — Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq avvalgi bojxona rejimi kodi. Agar avvalgi bojxona rejimi mavjud bo‘lmasa “00” ko‘rsatiladi;
oxirgi uchta raqam — mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasida keltirilgan Tovarlarni olib o‘tish xususiyatlari tasniflagichiga muvofiq deklaratsiyalanayotgan tovarlarni olib o‘tish xususiyati kodi. Agar tovarlarni olib o‘tish xususiyati belgilanmagan bo‘lsa “000” ko‘rsatiladi;
33) 38-grafa. “Netto vazn (kg)”.
Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning kilogrammdagi “netto” og‘irligi ko‘rsatiladi.
Qadoqlangan holatda olib o‘tilayotgan tovar uchun:
deklaratsiyalanayotgan tovarning faqat birlamchi qadog‘ini hisobga olgan holdagi og‘irligi, agar tovarlar, iste’mol xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, shunday qadoqda chakana savdoga chiqarilsa va (yoki) tovarni sotishda uning saqlanishini ta’minlaydigan birlamchi qadoqni tovarning iste’mol xususiyatlarini buzmagan holda tovarni iste’mol qilgunga qadar tovardan ajratib bo‘lmaydigan (masalan, bankadagi kofe va h.k.) bo‘lsa;
boshqa holatlarda deklaratsiyalanayotgan tovarning hech qanday qadoqsiz og‘irligi.
Qadoqsiz (sochilgan, quyilgan, uyum holda) olib o‘tiladigan tovar uchun tovarning umumiy og‘irligi ko‘rsatiladi.
Netto vazn matematik qoidalarga ko‘ra verguldan keyingi uch belgigacha yaxlitlanadi.
Agar tovarning umumiy og‘irligi bir kilogrammdan kam bo‘lsa, netto vazn verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda ko‘rsatiladi.
Agar tovarning og‘irligi bir grammdan kam bo‘lsa, netto vazn verguldan keyingi olti belgigacha aniqlikda ko‘rsatiladi.
Quvur transporti bilan olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda tovarning BYuDni 35-grafasida ko‘rsatilgan og‘irligi qayd etiladi.
Grafa elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda to‘ldirilmaydi;

Download 1.61 Mb.

Share with your friends:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page