Phileo – sevaman va sophia – donolik so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat



Download 231.69 Kb.
Page1/3
Date19.12.2023
Size231.69 Kb.
#62982
  1   2   3
1 Mavzu slayt

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI   TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI   1-mavzu: Falsafa va uning jamiyat hayotidagi roli


«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so’zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan-avlodga o’tuvchi bilim va inson o’z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo’li bilan olishi mumkin bo’lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
REJA:
1.Falsafa tushunchasining kelib chiqishi.
2.Dunyoqarashning tarixiy shakllari: (mif, diniy dunoqarash. Falsafa va dunyoqarash)
3. Falsafaning asosiy yo'nalishlari: (ontologiya, gnoseologiya, falsafiy antropologiya, mantiq, etika, estetika, ijtimoiy falsafa va aksiologiya)
4. Fan ilmiy dunyoqarash shakli. Falsafa fanining predmeti funktsiyalari
Tayanch tushunchalar: Falsafa tushunchasi, dunyoqarash, mifologik, diniy, Falsafiy dunyoqarash, Falsafaning yo'nalishlari - ontologiya, gnoseologiya, falsafiy antropologiya, mantiq, etika, estetika, ijtimoiy falsafa, aksiologiya, ilmiy dunyoqarash, milliy falsafa, tafakkur, madaniyat, sivilizatsiya, taraqqiyot.
Dunyoqarash Har bir kishining dunyoga nisbatan o’z qarashi, o’zi va o’zgalar, hayot va olam to’g’risidagi tasavvurlari, xulosalari bo’ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. Shu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to’g’risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o’zining undagi o’rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir. Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Guruh, partiya, millat yoki butun jamiyatga xos dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dunyoqarash deb yuritiladi.

Download 231.69 Kb.

Share with your friends:
  1   2   3




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page