Phileo – sevaman va sophia – donolik so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat


Mif - dastlabki dunyoqarash shakli



Download 231.69 Kb.
Page2/3
Date19.12.2023
Size231.69 Kb.
#62982
1   2   3
1 Mavzu slayt
Mif - dastlabki dunyoqarash shakli. «Mif» tushunchasi yunoncha “mythos” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, afsona, rivoyat degan ma’noni anglatadi. Mif – bu turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan dunyoqarashdir.
Diniy dunyoqarash odamlarning g’ayritabiiy narsalar xudolar, «oliy aql» ga bo’lgan e’tiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-atvori va o’ziga xos harakatlaridir. Agar mifologiyada an’anaga, rivoyat qiluvchining, ya’ni oqsoqolning obro’siga e’tiqod kuchli bo’lsa, dinda g’ayrioddiy narsalarga e’tiqod birinchi o’rinda turadi, oliy kuchlar nomidan rivoyat qiluvchi ruhoniylar obro’si esa ikkinchi darajali rol o’ynaydi.
Falsafiy dunyoqarash. Bu tushunchaning mazmuni insonning olamga, voqea va hodisalarga, o‘zgalarga va ularning faoliyatiga, o‘z umri va uning mazmuni kabi ko‘pdan-ko‘p tushunchalarga munosabati, ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida namoyon bo‘ladi.
Falsafaning asosiy yo'nalishlari: ontologiya, gnoseologiya, falsafiy antropologiya, mantiq, etika, estetika, ijtimoiy falsafa va aksiologiya.
Ontologiya-mavjudlik,
borliq haqidagi bilim:
gnoseologiya – ( boshqa bir terminalogiyaga ko’ra-epistemologiya)-
bilish nazariyasi
ijtimoiy falsafa- jamiyat haqidagi ta’limot
aksiologiya- qadriyatlar haqidagi ta’limot
Falsafa fanining predmeti, funktsiyalari. Endi «Falsafa nimani o’rganadi?», degan savolni berishimiz mumkin. Falsafaning predmeti - insonda bilishga qiziqish uyg’otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan insonning o’ziga ma’lum bilimlar va tajribaga, muayyan e’tiqod, ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug’diradigan har qanday ob’ektiv va sub’ektiv borliqdir.
Falsafa va fan o’rtasidagi farq shunda namoyon bo’ladiki:
falsafa doim u yoki bu faylasuf nomi bilan bog’lanadi, bunda uning g’oyalari, asarlari o’ziga to’q bo’lishi va ularga boshqa faylasuflar qo’shilishi yoki qo’shilmasligiga bog’liq bo’lmasligi mumkin. Fan esa, mohiyat e’tibori bilan, jamoa mehnati mahsulidir;
.

Download 231.69 Kb.

Share with your friends:
1   2   3




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page