1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


) 42-grafa. “Tovarning faktura qiymati”



Download 1.61 Mb.
Page17/90
Date20.01.2024
Size1.61 Mb.
#63270
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90
-2924955
37) 42-grafa. “Tovarning faktura qiymati”.
Grafada 31-grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) shartlariga muvofiq haqiqatda to‘langan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan yoxud tovarlarni muqobil yetkazib berish bilan qoplanadigan faktura qiymati tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) valyutasida ko‘rsatiladi.
Tovarlarni beg‘araz (to‘lovsiz) yetkazib berish asosida eksport qilishda yoki tovarlarni tashqi savdo kontraktini (shartnomasini, kelishuvini) tuzmagan holda yetkazib berishda tovarning faktura qiymati tovarning kuzatuv hujjatlari asosida ko‘rsatiladi.
Naqd valyutani deklaratsiyalashda grafada olib o‘tilayotgan valyutaning summasi, nominal qiymatga ega qimmatli qog‘ozlarni deklaratsiyalashda esa — qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati ko‘rsatiladi.
Faktura qiymati matematik qoidalarga ko‘ra verguldan so‘ng ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi;
38) 43-grafa.
Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi:
“0” — agar yukni jo‘natuvchi o‘zi ishlab chiqarmagan mahsulotni eksport qilayotgan bo‘lsa;
“1” — agar yukni jo‘natuvchi o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilayotgan bo‘lsa;
39) 44-grafa. “Qo‘shimcha ma’lumotlar/taqdim etilayotgan hujjatlar”.
Grafada BYuDning 31-grafasida ko‘rsatilgan har bir tovar haqida bayon etilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi, BYuDni to‘ldirishga asos bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Har bir hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Yo‘riqnomaning 12-ilovasidagi Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirishda foydalaniladigan hujjatlar va ma’lumotlar turlari tasniflagichiga muvofiq hujjatning tartib raqami va harfli kodini qo‘ygan holda ko‘rsatiladi (rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi):
a) litsenziyalanadigan tovarlar uchun litsenziya ro‘yxat raqami va berilgan sanasi hamda uning amal qilish muddati.
Masalan:
101 LITSENZIYA № 998344400002, 26.11.2015-y. Amal qilish muddati — 31.12.2015-y.;
b) transport va tijorat hujjatlarining raqami (ro‘yxat raqami).
Masalan:
205 AVIA № 259-12586814, 18.11.2015-y.;
220 INV № 987, 15.11.2015-y.;
Oldingi tahrirga qarang.
v) tovarning bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotgan kontrakt (shartnoma, kelishuv) raqami va sanasi, shuningdek tovarlarni norezident tashuvchining transport xizmatidan foydalangan holda tashish bo‘yicha tuzilgan kontrakt (shartnoma, kelishuv) raqami, sanasi hamda uning Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimidagi identifikatsiya raqami.
(22-band 39-kichik bandining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son — 2022-yil 14-oktabrdan kuchga kiradi)
Masalan:
Oldingi tahrirga qarang.
301 KNT № EKS-654, 13.09.2015-y.;
(22-bandning 39-kichik bandi o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning 39-kichik bandi o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
g) normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan holatlarda, boshqa vakolatli organlar tomonidan taqdim etiladigan ruxsatnomalar, xulosalar va boshqa hujjatlarning (sertifikatlar, guvohnomalar va h.k.) ro‘yxat raqami va berilgan sanasi.
Masalan:
417 SST № UZ.SMT.01.065.1783700, 15.10.2015-y.;
419 FTSS № 431771, 04.11.2015-y.;
Oldingi tahrirga qarang.
d) tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) vakolatli organlarda ro‘yxatdan o‘tgan raqami va ro‘yxatga olingan sanasi. Tovarlar yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan deklaratsiyalangan holatlarda yakka tartibdagi tadbirkorning eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bilan davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma raqami va sanasi.
(22-bandning 39-kichik bandi yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Masalan:
Oldingi tahrirga qarang.
501 regMIVT № 96200126, 15.04.2014-y.;
(22-bandning 39-kichik bandi yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
502 SvIPBYuL № 010176/198, 04.08.2015-y.;
e) “6” raqamidan so‘ng mazkur Yo‘riqnomaning 13-ilovasida keltirilgan Bojxona to‘lovlari tasniflagichiga muvofiq bojxona to‘lovi turining kodi, so‘ngra mazkur Yo‘riqnomaning 14-ilovasida keltirilgan Bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar mavjudligini tasdiqlovchi va BYuDning 44-grafasidagi ma’lumotlarni bayon etishda qo‘llaniladigan normativ-huquqiy hujjatlar tasniflagichiga muvofiq bojxona to‘lovlaridan ozod etishga asos bo‘ladigan normativ-huquqiy hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Bojxona to‘lovlarini to‘lashdan xalqaro shartnomaga muvofiq ozod etilganda “MD” kodi qo‘yiladi va shartnomaning to‘liq nomi va imzolangan sanasi ko‘rsatiladi. Deklaratsiyalash qog‘oz shaklda amalga oshirilganda “MD” kodi ko‘rsatiladi va “BYuDning orqa tomoniga qarang” deb yoziladi. BYuDning orqa tomonidan xalqaro shartnomaning to‘liq nomi va imzolangan sanasi ko‘rsatiladi.
Bojxona to‘lovlaridan imtiyoz berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha normativ huquqiy-hujjat qabul qilingan bo‘lsa (masalan, bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etiladigan tovarlar ro‘yxati belgilangan tartibda tasdiqlanadigan holatlarda) ikkita normativ-huquqiy hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: bojxona to‘lovlaridan imtiyozlar mavjudligini tasdiqlovchi asosiy normativ-huquqiy hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda qavs ichida qo‘shimcha normativ-huquqiy hujjat to‘g‘risidagi ma’lumotlar (masalan, bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etiladigan tovarlar ro‘yxatini tasdiqlovchi hujjat kodi, raqami va sanasi).
Bojxona to‘lovlaridan ozod etish ko‘zda tutilmagan yoki bojxona to‘lovlari stavkalari belgilanmagan holatlarda grafaning mazkur qismi to‘ldirilmaydi.
Masalan:
610 TK 299/1;
j) tovarning kelib chiqish mamlakati sertifikati ro‘yxat raqami va sanasi.
Masalan:
702 SPTEK № UZKZ50209586, 20.11.2015-y.;
Oldingi tahrirga qarang.
z) bojxona rasmiylashtiruvida zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar va ma’lumotlar (bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash, vositachilik (garov va h.k.) bitimi, bojxona qonunchilik hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida bayonnoma va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlar va ma’lumotlar);
(22-band 39-kichik bandining “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)

Download 1.61 Mb.

Share with your friends:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page