24) 29-grafa. “Chegaradagi bojxona”. Grafada Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq tovarlar O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqiladigan bojxona postining kodi va nomi ko‘rsatiladi.
Elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali olib o‘tiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda nazoratni olib boruvchi postning kodi va nomi ko‘rsatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
25) 30-grafa. “Tovarlar turgan joy”. (22-band 25-kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 3-noyabrdagi 01-02/15-62-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-4, 29.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 10/19/2773-4/4091-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Grafada BYuDni taqdim etish vaqtida tovarlar turgan joy haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
(22-bandning 25-kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
agar tovarlar bojxona ombori yoki erkin omborda, yoxud boj olinmaydigan savdo do‘koni maqomiga ega bo‘lgan joylarda turgan bo‘lsa — bojxona ombori yoki erkin omborni, yoxud boj olinmaydigan savdo do‘konini ta’sis etish uchun berilgan litsenziya raqami va sanasi;
(22-bandning 25-kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
agar tovarlar bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan joylarda turgan bo‘lsa — tovar turgan joyning pochta manzili (pochta indeksini ko‘rsatmagan holda);
agar tovarlar temir yo‘l stansiyasida turgan bo‘lsa — temir yo‘l stansiyasining nomi.
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron BYuDda alohida maydonchada tovar turgan joyning yuridik manzili bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasining tuman va shaharlari tasniflagichiga muvofiq tuman (shahar) kodi ko‘rsatiladi.
(22-bandning 25-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 13-iyundagi 31-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2773-9, 14.07.2023-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 10/23/2773-9/0491-son)
Elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda grafa to‘ldirilmaydi;