1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


) “V” grafa. “Hisob-kitob tafsilotlari”



Download 1.61 Mb.
Page74/90
Date20.01.2024
Size1.61 Mb.
#63270
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90
-2924955
38) “V” grafa. “Hisob-kitob tafsilotlari”.
Grafada Bojxona to‘lovlari tasniflagichiga muvofiq to‘lov kodi, mazkur kod bo‘yicha ushbu BYuD bilan deklaratsiyalanayotgan barcha tovarlarga oid to‘lovlarning yig‘indisidan iborat bo‘lgan to‘lovlarning umumiy summasi ko‘rsatiladi.
Bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan holatda grafada qo‘shimcha ravishda Bojxona to‘lovlari tasniflagichiga muvofiq to‘lov kodi, mazkur kod bo‘yicha ushbu BYuD bilan deklaratsiyalanayotgan barcha tovarlarga oid to‘lovlarning yig‘indisidan iborat bo‘lgan bojxona to‘lovlari bo‘yicha hisoblangan imtiyozlarning umumiy summasi ko‘rsatiladi va “to‘lanmaydi” belgisi qo‘yiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
191-bob. To‘liq bo‘lmagan BYuD
881. Shartli chiqarib yuboriladigan tovarlarning to‘liq bo‘lmagan BYuDni qo‘llagan holda bojxona rasmiylashtiruvi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda bojxona postiga to‘liq bo‘lmagan BYuD taqdim etiladi;
ikkinchi bosqichda bojxona postiga to‘liq BYuD taqdim etiladi.
882. To‘liq bo‘lmagan BYuD mazkur Yo‘riqnomaning 5-bobi talablariga muvofiq to‘ldiriladi. Bunda quyidagi grafalarning to‘ldirilishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1) 1-grafa. “Deklaratsiya turi”.
Grafaning birinchi bo‘lmasida “ND” harfli kodi qo‘yiladi.
Grafaning ikkinchi bo‘lmasida Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Grafaning uchinchi bo‘lmasi to‘ldirilmaydi;
2) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafada quyidagi mazmundagi yozuv yoziladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar ......” deb yozilgandan so‘ng BYuDni to‘ldirishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarga javobgar hisoblangan shaxsning hamda to‘liq BYuDni taqdim etish majburiyati yuklatilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, telefon raqami (mavjud bo‘lsa) va JShShIRi (elektron BYuDda alohida maydonda) ko‘rsatiladi (qog‘oz shakldagi BYuDda uning shaxsiy imzosi qo‘yiladi). Grafada qo‘shimcha ravishda quyidagi mazmundagi yozuv yoziladi: “To‘liq BYuDni XX.XX.XXXXgacha taqdim etish majburiyatini olaman”, bunda XX.XX.XXXX tegishlicha kun, oy, yilni anglatadi.
(882-band 2-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 21-iyundagi 01-02/15-35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-6, 19.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 10/21/2773-6/0702-son — 2021-yil 20-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar shaxs JShShIRi mavjud bo‘lmagan norezident bo‘lsa, u holda shaxsning JShShIRi qayd etiladigan joyda “99999999999999” kodi ko‘rsatiladi.
(882-band 2-kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar etib deklarant yoki u ishonch bildirgan shaxs belgilanadi.
Agar taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar deklarant ishonch bildirgan shaxs bo‘lsa, uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatning (shartnomaning, ishonchnomaning) raqami, sanasi va amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
883. To‘liq bo‘lmagan BYuD bo‘yicha taqdim etilgan to‘liq BYuD mazkur Yo‘riqnomaning 5-bobi talablariga muvofiq to‘ldiriladi. Bunda, BYuDning 1-grafasi quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
1-grafa. “Deklaratsiya turi”.
Grafaning birinchi bo‘lmasida tovarlarni olib o‘tish yo‘nalishi ko‘rsatiladi — “IM”.
Grafaning ikkinchi bo‘lmasida Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Grafaning uchinchi bo‘lmasida “PND” harfli kodi ko‘rsatiladi.
884. To‘liq bo‘lmagan BYuD bo‘yicha taqdim etilgan to‘liq BYuDga to‘liq bo‘lmagan BYuDga berilgan ro‘yxat raqami beriladi.
(191-bob O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
20-bob. BYuDni bojxona organi tomonidan to‘ldirish
(20-bob nomi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
89. Bojxona organi tomonidan BYuDning 7, 44, 47, “A” (faqatgina qog‘oz shakldagi BYuDning qo‘shimcha varaqlarida), “V” (faqat elektron shakldagi BYuDda) va “D” grafalari to‘ldiriladi.
(89-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
7-grafa avtomatlashgan holda bojxona organlarining axborot tizimi tomonidan ham to‘ldiriladi.
(89-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
90. Bojxona organi tomonidan grafalarning to‘ldirilishi:
(90-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 29-dekabrdagi 01-02/12-59-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-7, 27.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/2773-7/0080-son)

Download 1.61 Mb.

Share with your friends:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page