28) 38-grafa. “Netto vazn (kg)”. Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning kilogrammdagi “netto” og‘irligi ko‘rsatiladi.
Qadoqlangan holatda olib o‘tilayotgan tovar uchun:
deklaratsiyalanayotgan tovarning faqat birlamchi qadog‘ini hisobga olgan holdagi og‘irligi, agar tovarlar, iste’mol xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, shunday qadoqda chakana savdoga chiqarilsa va (yoki) tovarni sotishda uning saqlanishini ta’minlaydigan birlamchi qadoqni tovarning iste’mol xususiyatlarini buzmagan holda tovarni iste’mol qilgunga qadar tovardan ajratib bo‘lmaydigan (masalan, bankadagi kofe va h.k.) bo‘lsa;
boshqa holatlarda deklaratsiyalanayotgan tovarning hech qanday qadoqsiz og‘irligi.
Qadoqsiz (sochilgan, quyilgan, uyum holida) olib o‘tiladigan tovar uchun — tovarning umumiy og‘irligi.
Tovarning netto og‘irligi matematik qoidalariga ko‘ra verguldan keyingi uchta belgigacha yaxlitlanadi.
Agar tovarning umumiy og‘irligi bir kilogrammdan kam bo‘lsa, netto vazn verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda ko‘rsatiladi.
Agar tovarning umumiy og‘irligi bir grammdan kam bo‘lsa, tovar vazni verguldan keyingi olti belgigacha aniqlikda ko‘rsatiladi.
Quvur transporti bilan olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalashda tovarning BYuDni 35-grafasida ko‘rsatilgan og‘irligi qayd etiladi.
Grafa elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tiladigan tovarlarni deklaratsiyalashda to‘ldirilmaydi;
29) 40-grafa. “Umumiy deklaratsiya/avvalgi hujjat”. Yangi BYuD rasmiylashtirilgan holatlarda to‘ldiriladi (tashuvchi o‘zgarganda yoki tovarlar turkumi qayta shakllantirilganda).
Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi:
avvalgi hujjatning kodi — ushbu holatda “BYuD”;
avvalgi BYuDning ro‘yxat raqami;
ushbu tovarning avvalgi BYuD 32-grafasidagi tartib raqami;
avvalgi BYuDning 32-grafasida ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan brutto vazni (kilogrammda);
avvalgi BYuDning 32-grafasida ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan netto vazni (kilogrammda);
qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori (agar mavjud bo‘lsa);
qo‘shimcha o‘lchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi (agar mavjud bo‘lsa).
Masalan:
GTD 22010/31.03.2012/0353761 — 2 — 5980 kg — 5900 kg — 250,2 m3.
Agar tovar bir nechta avvalgi deklaratsiyalardan rasmiylashtirilayotgan bo‘lsa, har bir ma’lumot alohida yangi qatordan yuqorida qayd etilgan tartibda ko‘rsatiladi;