34) 39-grafa. “Kvota”. Miqdoriy cheklovlar belgilangan tovarlarni deklaratsiyalashda to‘ldiriladi.
Grafada olingan litsenziyaga muvofiq o‘lchov birligida ajratilgan kvotaning qoldig‘i ko‘rsatiladi. Kvotaning qoldig‘ini aniqlashda deklaratsiyalanayotgan tovar turkumi hisobga olinmaydi.
Masalan:
litsenziya bo‘yicha ajratilgan kvota — 10000 kub. m; deklaratsiyalanayotgan tovarning birinchi turkumi — 4000 kub. m. 39-grafada — “10000 kub. m” ko‘rsatiladi.
Mazkur litsenziya bo‘yicha ajratilgan kvota hisobidan keyingi tovarlar turkumini rasmiylashtirishda 39-grafada kvota qoldig‘i — “6000 kub. m” ko‘rsatiladi;
35) 40-grafa. “Umumiy deklaratsiya/avvalgi hujjat”. Tovarlar bayon etilayotgan bojxona rejimidan avval boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan bo‘lsa, grafada tovarlarni avvalgi bojxona rejimiga joylashtirish uchun asos bo‘lgan BYuD haqida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
avvalgi hujjatning kodi — ushbu holatda “GTD”;
avvalgi BYuDning ro‘yxat raqami;
ushbu tovarning avvalgi BYuDning 32-grafasidagi tartib raqami;
avvalgi BYuDning 32-grafasida ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan brutto vazni (kilogrammda);
avvalgi BYuDning 32-grafasida ko‘rsatilgan tovarning, rasmiylashtirilayotgan netto vazni (kilogrammda);
qo‘shimcha o‘lchov birligidagi miqdori (agar mavjud bo‘lsa);
qo‘shimcha o‘lchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi (agar mavjud bo‘lsa).
Masalan:
GTD 14010/31.03.2012/0353761 — 2 — 5980 kg — 5900 kg — 250,2 m3.
Agar deklaratsiyalanayotgan tovar avval bir nechta tovar turkumlariga bo‘lingan holda bir nechta BYuDlar bilan rasmiylashtirilgan bo‘lsa, avvalgi rasmiylashtirilgan har bir BYuD to‘g‘risidagi ma’lumotlar alohida yangi qatordan yuqorida qayd etilgan tartibda ko‘rsatiladi;
36) 41-grafa. “Qo‘shimcha o‘lchov birligi”. Grafada TIF TNda keltirilgan “O‘lchov birliklari jadvali”ga muvofiq 31-grafaning pastki o‘ng bo‘lmasida ko‘rsatilgan tovar miqdorining qo‘shimcha o‘lchov birligi kodi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar mazkur tovar uchun TIF TNga muvofiq faqat asosiy o‘lchov birligi (kg) qo‘llanilsa, grafa to‘ldirilmaydi;
(22-bandning 36-kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)