1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]


moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxs



Download 1.61 Mb.
Page2/90
Date20.01.2024
Size1.61 Mb.
#63270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
-2924955
moliyaviy tartibga solish uchun javobgar shaxs — tashqi savdo kontraktini (shartnomasi, kelishuvini) tuzgan va u bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishga mas’ul shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
bojxona organlariga BYuDni taqdim etayotgan shaxs (bundan buyon matnda deklaratsiyalovchi shaxs deb yuritiladi) — bojxona organlariga BYuDni o‘z nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki BYuDni to‘ldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
elektron BYuD — deklaratsiyalovchi shaxsning elektron raqamli imzosi (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) bilan tasdiqlangan, “Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan bo‘yon matnda TEDAAT deb yuritiladi) vositasida taqdim etilgan elektron shakldagi BYuD yoki qog‘oz shakldagi BYuDning elektron tashuvchida taqdim etilgan elektron nusxasi;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qabul qiluvchi — yuk tashishni amalga oshirayotgan tashuvchi taqdim etishi lozim bo‘lgan, tovarlarni o‘z nomidan qabul qilib oluvchi va u haqidagi ma’lumotlar transport hujjatlarida ko‘rsatilgan shaxs, tovarlarning bojxona rejimi o‘zgargan hollarda esa — BYuD taqdim qilinayotgan vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan so‘ng deklaratsiyalanayotgan tovarlarni bojxona organlaridan o‘z tasarrufiga olish vakolatiga ega bo‘lgan shaxs.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. BYuDni qo‘llagan holda tovarlarni deklaratsiyalash bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni elektron shaklda TEDAATga kiritish orqali yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlarda A4 formatdagi varaqlarda qog‘oz shakldagi BYuDni qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
BYuD qog‘oz shaklda taqdim etilganda deklaratsiyalovchi shaxs bojxona organlariga o‘zining ERIsi bilan tasdiqlangan BYuDning elektron nusxasini ham taqdim etadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
3. Elektron BYuD bojxona organlariga belgilangan format va tuzilishga muvofiq taqdim etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar bitta BYuDda deklaratsiyalanishi mumkin:
1) bitta bitimga muvofiq yoki bunday bitim tuzmasdan bitta jo‘natuvchining manzilidan bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati bilan (bundan bir nechta temir yo‘l va avtotransport vositasida olib o‘tilayotgan (olib o‘tilgan) tovarlar mustasno) olib o‘tilayotgan (olib o‘tilgan) va bir xil bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlar;
2) temir yo‘l va avtotransport vositasida bir nechta transport hujjati bilan olib o‘tilayotganda (olib o‘tilganda):
temir yo‘l transportida olib chiqilayotgan tovarlar bo‘yicha — bitta bitimga muvofiq yoki bunday bitim tuzmagan holda bitta jo‘natuvchidan bitta qabul qiluvchi manziliga bitta temir yo‘l transportida bir vaqtda jo‘natiladigan va bir xil bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlar;
temir yo‘l transportida olib kirilayotgan tovarlar bo‘yicha — bitta bitimga muvofiq yoki bunday bitim tuzmagan holda bitta jo‘natuvchidan bitta qabul qiluvchi manziliga bitta temir yo‘l transporti tarkibida O‘zbekiston Respublikasi hududiga bir vaqtda olib kirilgan va bir xil bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlar;
avtotransport vositasida olib chiqilayotgan tovarlar bo‘yicha — bitta bitimga muvofiq yoki bunday bitim tuzmasdan bitta jo‘natuvchining manzilidan bitta oluvchining manziliga bitta chegara bojxona posti orqali olib chiqiladigan va bir vaqtda bitta bojxona postiga taqdim etgan holda bir xil bojxona rejimiga joylashtirilayotgan bir nom, tur, markadagi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasiga (bundan bo‘yon matnda TIF TN deb yuritiladi) asosan bitta o‘n raqamli kod bilan tasniflanuvchi tovarlar;
avtotransport vositasida olib kirilgan (olib kirilayotgan) tovarlar bo‘yicha — bitta bitimga muvofiq yoki bunday bitim tuzmasdan bitta jo‘natuvchining manzilidan bitta oluvchining manziliga bitta chegara bojxona posti orqali bir kunda olib kirilgan (olib kiriladigan) va bitta bojxona postiga taqdim etgan holda bir xil bojxona rejimiga joylashtirilayotgan bir nom, tur, markadagi, TIF TNga asosan bitta o‘n raqamli kod bilan tasniflanuvchi tovarlar;
TIF TNni talqin etishning 2a asosiy qoidasiga muvofiq yig‘ilmagan yoki ajratilgan tovarning tarkibiy qismlari deb hisoblanadigan va TIF TNning yig‘ilgan yoki tugallangan tovarga mos keluvchi pozitsiyasida tasniflanadigan tovarlar, agar bunday tovarlar bitta bitimga muvofiq yoki bunday bitim tuzmagan holda bitta jo‘natuvchidan bitta qabul qiluvchi manziliga bir turdagi transport vositasida olib kirilgan va bojxona hududiga kirib kelish joyida ayni bitta bojxona organiga taqdim etilgan bo‘lsa. Bunda, tovarlar olib kirilib avval boshqa bojxona rejimiga joylashtirilmagan bo‘lsa, BYuD O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 261-moddasida ko‘zda tutilgan muddatlar doirasida taqdim etilishi lozim;
3) bitta pochta yuk xati bilan olib o‘tilayotgan yoxud bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan jismoniy shaxsning qo‘l yukida va bagajida olib o‘tilayotgan tovar yoki uning bir qismi.
Agar tovarlar turli bojxona rejimlariga joylashtirilayotgan bo‘lsa, u holda to‘ldiriladigan BYuDlar soni bojxona rejimlari soniga muvofiq bo‘lishi lozim.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 13-iyundagi 31-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2773-9, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 10/23/2773-9/0491-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Deklarant bitta bojxona organiga taqdim etilayotgan, mazkur Yo‘riqnomaning 4-bandida ko‘rsatilgan talablarga javob beradigan tovarlarni bir nechta BYuD bilan deklaratsiyalashi mumkin, TIF TNni talqin etishning 2a asosiy qoidasiga muvofiq yig‘ilmagan yoki ajratilgan tovarning tarkibiy qismlari deb hisoblanadigan va TIF TNning yig‘ilgan yoki tugallangan tovarga mos keluvchi pozitsiyasida tasniflanadigan tovarlar bundan mustasno.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
6. Bitta BYuDda ko‘pi bilan 100 ta nomdagi tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bayon etilishi mumkin.
7. Bir nom, tur, markadagi, TIF TNga asosan bitta o‘n raqamli kod bilan tasniflanuvchi, bir mamlakatdan yoki bir iqtisodiy ittifoq hududidan (agar tovarning aniq kelib chiqish mamlakatini aniqlash imkoni bo‘lmasa) kelib chiqqan yoxud kelib chiqish mamlakati noma’lum bo‘lgan, boj-tariflarini tartibga solish, taqiq va cheklovlarning bir xil shartlari qo‘llaniladigan tovarlar bitta tovar sifatida deklaratsiyalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Olib kirilib, erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilayotgan hamda bir xil TIF TN kodlari bilan tasniflanayotgan, lekin turli nom, tovar belgilari, marka, model, texnik tavsifga ega bo‘lgan, o‘z ehtiyoji uchun mo‘ljallanmagan iste’mol tovarlari (TIF TNning 4901, 4902, 4908 — 4911 tovar pozitsiyalari bilan tasniflanuvchi tovarlar bundan mustasno) turli tovarlar sifatida alohida deklaratsiyalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Farmatsevtika mahsulotlarini (TIF TNning 30 guruhi) va tibbiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni (TIF TNning 9018 tovar pozitsiyasi) kelgusida realizatsiya qilish uchun “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida olib kiruvchi tashkilotlar ularni BYuDda deklaratsiyalashda majburiy tartibda savdo nomlarini, xalqaro patentlanmagan nomlarini, modellarini, texnik tavsiflarini, dori-darmonlarni chiqarish shakllarini, dozasini, konsentratsiyasini, qadoqdagi miqdorini, qadoqlar sonini, ishlab chiqaruvchisini va ishlab chiqarilgan davlatni ko‘rsatadilar. Bunda, agar bitta BYuDda yuqorida ko‘rsatilgan parametrlardan, hattoki bittasi bo‘yicha farq qiluvchi tovarlar rasmiylashtirilayotgan bo‘lsa, u holda ular turli xil tovarlar sifatida alohida deklaratsiyalanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
9. BYuD o‘zbek yoki rus tilida tushunarli to‘ldirilgan bo‘lishi lozim.
BYuDda o‘chirishlar va bo‘yashlar bo‘lmasligi kerak. Tushunarsiz to‘ldirilgan BYuDlar bojxona organlari tomonidan rasmiylashtirish uchun qabul qilinmaydi.
10. BYuDga mazkur Yo‘riqnomada ko‘zda tutilmagan ma’lumotni kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
11. Tovarning kuzatuv hujjatlarida shaxslar, tovarlar, transport vositalari nomlanishlari va boshqa ma’lumotlarning lotin yoki boshqa (arab, xitoy va h.k.) alifbolar harflarida yozilganligi holatlari uchrasa, u holda bunday ma’lumotlar BYuDda lotin alifbosi harflari bilan, kirill alifbosidagi nomlanishlar kirill alifbosi harflari bilan yoziladi.
Masalan:
shaxsning nomi — “Central global cargo Gmbh”, “Xinjiang zhongtai chemical Co., LTD”, “Magnitogorskiy metallurgicheskiy kombinat”, Kupriyanov Igor Mixaylovich;
avtotransport vositasi nomi — texnik vosita pasporti yoki rasmiy spravochniklarga muvofiq — “Toyota land cruiser”, “BMW 523i”, “MAN”, “KAMAZ”, “MAZ”;
tovar nomi — “Mars”, “Adidas”, “Alyonka”, “Russkoye pole”.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Qog‘oz shakldagi BYuD taqdim etilgandan so‘ng bojxona organi xodimi BYuDning to‘g‘ri to‘ldirilganligini, bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlar mavjudligining dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 29-dekabrdagi 01-02/12-59-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-7, 27.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/2773-7/0080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dastlabki tekshiruv natijasida kamchiliklar aniqlansa ushbu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bojxona organi xodimi bu haqida deklaratsiyalovchi shaxsni xabardor qiladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 29-dekabrdagi 01-02/12-59-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-7, 27.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/2773-7/0080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Deklaratsiyalanayotgan tovarlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida mavjud bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanilmaganligi hamda ushbu imtiyozlar va preferensiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning BYuDni tegishli grafalarida aks ettirilmaganligi ham kamchilik hisoblanadi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
BYuDning dastlabki tekshiruvi natijasida kamchiliklar aniqlanmasa, bojxona organi xodimi BYuDni rasmiylashtirish uchun qabul qiladi.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 29-dekabrdagi 01-02/12-59-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-7, 27.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/2773-7/0080-son)
Bojxona organi tomonidan BYuDning qabul qilinganligini rasmiylashtirish u topshirilgan kunda, ro‘yxatdan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Bojxona organi BYuDni mazkur Yo‘riqnomaning 90-bandiga muvofiq tartibda uning 7-grafasini to‘ldirish orqali ro‘yxatga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) asosan 2021-yil 3-fevraldan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son)
13. BYuDning rasmiylashtirilishi mazkur Yo‘riqnomaning 90-bandida belgilangan tartibda BYuDning “D” grafasini to‘ldirilishi bilan yakunlanadi.
14. Bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati yakunlangandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 184-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan muddat davomida quyida ko‘rsatilgan hujjatlarning saqlanishi ta’minlanadi:
deklarant tomonidan — BYuD hamda BYuDni rasmiylashtirish uchun asos bo‘lgan hujjatlar;
bojxona brokeri tomonidan — elektron BYuD hamda BYuDni rasmiylashtirish uchun asos bo‘lgan elektron hujjatlar, BYuD qog‘oz shaklda rasmiylashtirilgan holatlarda esa qog‘oz shakldagi BYuDning ikkinchi nusxasi va BYuDni rasmiylashtirish uchun asos bo‘lgan hujjatlarning nusxalari;
bojxona organlari tomonidan — elektron BYuD hamda BYuDni rasmiylashtirish uchun asos bo‘lgan elektron hujjatlar, BYuD qog‘oz shaklda rasmiylashtirilgan holatlarda esa qog‘oz shakldagi BYuDning birinchi nusxasi va BYuDni rasmiylashtirish uchun asos bo‘lgan hujjatlarning nusxalari.
2-bob. Elektron shaklda deklaratsiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari
15. Elektron shaklda deklaratsiyalashda barcha ma’lumotlar elektron BYuDning tegishli grafalarida yoki ushbu grafa uchun ajratilgan detallashtirilgan jadvallarda to‘liq ko‘rsatiladi va BYuDning boshqa grafalariga, qo‘shimcha ilova qilinadigan varaqlarga yoki boshqa shu kabi havolalar qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Elektron shaklda deklaratsiyalashda bojxona organlari BYuDni qog‘ozga chop etmaydilar va qog‘ozdagi BYuD nusxalarini imzo va muhr bilan tasdiqlab bermaydilar, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ko‘zda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq BYuD qog‘ozga chop etilganda bojxona organining vakolatli xodimi elektron BYuDdagi ma’lumotlar aks ettirilgan har bir varaqqa tegishli shtamp qo‘yadi, uni o‘z imzosi va shaxsiy raqamli muhri (agar bojxona organi xodimiga shaxsiy raqamli muhr biriktirilmagan bo‘lsa, bojxona organining muhri) bilan tasdiqlaydi, qog‘ozning yuqori o‘ng burchagini esa “Nusxa” yozuvi bilan belgilaydi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 29-dekabrdagi 01-02/12-59-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-7, 27.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/2773-7/0080-son)
3-bob. Qog‘oz shaklda deklaratsiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari
17. Qog‘oz shaklda deklaratsiyalashda BYuD mazkur Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq BYuDning asosiy varag‘i, bir nechta tovarlarni deklaratsiyalashda esa mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq BYuDning qo‘shimcha varag‘idan iborat bo‘ladi.
BYuDning asosiy varag‘ida bitta tovar to‘g‘risida, bitta qo‘shimcha varag‘ida esa uchta tovar to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin (bir vaqtning o‘zida asosiy varaqqa 33 tadan ko‘p bo‘lmagan qo‘shimcha varaqlar ilova qilinishi mumkin).
Agar mazkur Yo‘riqnomada qo‘shimcha varaqlarning alohida grafalari uchun to‘ldirishning o‘ziga xos xususiyatlari belgilanmagan bo‘lsa, BYuD qo‘shimcha varaqlaridagi grafalarni to‘ldirish tartibi BYuD asosiy varag‘idagi mos grafalarni to‘ldirish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar BYuDning qo‘shimcha varag‘ida bitta yoki ikkita tovar deklaratsiyalanayotgan bo‘lsa, qo‘shimcha varaqning to‘ldirilmagan qismidagi 31-grafaga diagonal chiziq tortiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. BYuD qog‘oz shaklda taqdim etilganda, BYuDning biror bir grafasida bayon etilayotgan ma’lumotlarni (korxona nomi, vagon, konteyner raqamlari va h. k.) ko‘rsatish uchun joy yetarli bo‘lmasa, ushbu ma’lumotlar BYuDning orqa tomonida yoki qo‘shimcha ilova qilinadigan, BYuDning ajralmas qismi bo‘lgan A4 formatdagi varaqlarda ko‘rsatilishi mumkin. Bunday yozuv deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan imzolanadi tegishli grafada esa “BYuDning orqa tomoniga qarang” yoki “qo‘shimcha varaqqa qarang” yozuvi qayd etiladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Bunda BYuDning asosiy va qo‘shimcha varaqlarining orqa qismida yoki qo‘shimcha ilova qilinadigan varaqlarda grafa raqami va deklaratsiyalanayotgan tovarning tartib raqami (agar ma’lumotlar aniq bir tovarga taalluqli bo‘lsa) ko‘rsatiladi va mazkur Yo‘riqnomaning 4 — 19-boblarida belgilangan tartibda ushbu grafada bayon etiladigan ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Har bir ilova qilinadigan qo‘shimcha varaqning yuqori o‘ng burchagida “__________ sonli BYuDga ____ varaqda qo‘shimcha”, deklaratsiyalanayotgan tovarning tartib raqami “____-sonli tovar” tarzida hamda har bir tovar bo‘yicha grafa raqami ko‘rsatiladi.
19. Qog‘oz shaklda deklaratsiyalashda BYuD bojxona organlariga to‘rt nusxada taqdim etiladi. Ushbu nusxalar quyidagicha taqsimlanadi:
birinchi nusxa — bojxona organlari ish yig‘ma jildlarida qoladi;
Oldingi tahrirga qarang.
ikkinchi nusxa — bojxona brokeri uchun;
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
uchinchi va to‘rtinchi nusxalar — deklarant uchun.
4-bob. Eksport bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlarga BYuDni to‘ldirish
20. Eksport bojxona rejimiga joylashtirishda tovarlar bojxona organlariga mazkur Yo‘riqnomaning 21 va 22-bandlariga muvofiq to‘ldirilgan BYuDni taqdim etish orqali deklaratsiyalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYuDning quyidagi grafalari to‘ldiriladi: 1, 2, 3, 5, 7 (post kodi), 8, 9, 11, 12, 13, 14, 17, 17a, 18, 19, 20, 22, 23, 24, 25, 26, 28, 29, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 37, 38, 39, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47, 48, 49, 50, 54, “S”.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 22-fevraldagi 01-02/15-15-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-3, 25.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 10/19/2773-3/2664-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan grafalarning to‘ldirilishi:
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)

Download 1.61 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page