14) 18-grafa. “Jo‘natish/yetkazib berish vaqtidagi transport vositasi”. Oldingi tahrirga qarang.
Grafada O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidagi o‘tkazish punktiga yetkazib berish uchun tovarlar yuklanishi lozim bo‘lgan transport vositalari bilan bog‘liq ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
(22-band 14-kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Grafaning chap bo‘lmasida transport vositalari soni yoziladi, so‘ngra bitta bo‘sh joy (probel) qoldirilib, mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasida keltirilgan Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi, so‘ngra ikki nuqtadan keyin orasiga “;” ajratish belgisi qo‘yilgan holda bojxona chegarasidagi o‘tkazish punktiga yetkazib berish uchun tovarlar yuklanayotgan transport vositasi to‘g‘risidagi, tovar bojxona chegarasini kesib o‘tgunga qadar qayta yuklanadigan holatlarda esa tovarlarni qayta yuklash joyigacha yetkazib beradigan transport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi (dengiz yoki daryo kemasi nomi, havo kemasining reys raqami, temir yo‘l vagoni raqami, yo‘l transport vositasining ro‘yxat raqami va shu kabi ma’lumotlar).
(22-bandning 14-kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 30-apreldagi 01-02/13-37-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-2, 25.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2018-y., 10/18/2773-2/1394-son)
Masalan:
Oldingi tahrirga qarang.
1 AVTO: A987SA;
(22-band 14-kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2 JD: 63453546; 97893994.
(22-bandning 14-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
Agar tovarlar avtotransport vositalari sostavi bilan olib o‘tilayotgan bo‘lsa, transport vositasining ro‘yxat raqamidan so‘ng “/” ajratish belgisi qo‘yilgan holda pritseplar, yarim pritseplar va h.k. raqamlari ko‘rsatiladi.
Masalan:
Oldingi tahrirga qarang.
1 AVTO: A987SA/ K118DS.
(22-band 14-kichik bandining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)
Grafaning o‘ng bo‘lmasida transport vositasi tegishli bo‘lgan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Agar tashishda avtotransport vositalari sostavidan foydalanilgan bo‘lsa, ushbu transport vositalarni (pritseplarni, yarim pritseplarni va h.k.) harakatga keltiruvchi avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan mamlakatning raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Agar transport vositalari bir nechta davlatlarga tegishli bo‘lsa, grafaning chap bo‘lmasida transport vositalari soni, so‘ngra bo‘sh joy (probel) qoldirilib, “BYuDning orqa tomoniga qarang” havolasi yoziladi (qog‘oz shakldagi BYuDda), grafaning o‘ng bo‘lmasidan “999” kodi qo‘yiladi. Qog‘oz shakldagi BYuDning orqa tomonida Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi, so‘ngra ikki nuqtadan keyin transport vositalari raqami va chiziqchadan so‘ng, transport vositasi tegishli bo‘lgan mamlakatning raqamli kodi ko‘rsatiladi.
Elektron BYuDda bunday havola qilinmaydi va barcha ma’lumotlar elektron BYuDning bevosita o‘zida ko‘rsatiladi.
Tovarlar elektr uzatish liniyalari yoki quvur transporti orqali olib o‘tilganda grafada Transport turlari tasniflagichiga muvofiq transport vositasining qisqacha nomi ko‘rsatiladi: “TRUBOPROVOD”, “LEP”;
Oldingi tahrirga qarang.
Grafada qo‘shimcha ravishda transport vositasi va undagi tovar bilan bog‘liq quyidagi ma’lumotlar (elektron BYuDda alohida ajratilgan maydonlarda) ko‘rsatiladi:
transport vositasidagi tovarning kilogrammdagi “brutto” og‘irligi;
avtotransport vositasi turining ikki raqamli kodi, avtotransport vositasining VIN raqami, tashuv tugallanadigan mamlakatning Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq raqamli kodi;
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlarni tashuvchisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tashuvchi jismoniy shaxs bo‘lsa — uning familiyasi, ismi, otasining ismi, JShShIRi, pasport seriyasi va raqami; tashuvchi yuridik shaxs bo‘lsa — uning nomi, STIRi), avtotransport vositasi haydovchisining familiyasi, ismi, otasining ismi, JShShIRi, pasport seriyasi va raqami. Agar tovarlarning tashuvchisi yoki avtotransport vositasining xaydovchisi STIR yoki JShShIRga ega bo‘lmagan norezident bo‘lsa, u holda shaxsning STIR yoki JShShIRi qayd etiladigan joyda “99999999999999” kodi ko‘rsatiladi.
(22-band 14-kichik bandining o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 13-iyundagi 31-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2773-9, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 10/23/2773-9/0491-son)
Avtotransport vositasi turining ikki raqamli kodi quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
“10” — yengil avtomobil (haydovchi o‘rnini hisobga olmaganda 8 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqqa ega bo‘lgan);
“21” — yuk avtomobil (yuk ko‘tarish qobiliyati 10 tonnagacha bo‘lgan);
“22” — yuk avtomobil (yuk ko‘tarish qobiliyati 10 tonnadan 20 tonnagacha bo‘lgan);
“23” — yuk avtomobil (yuk ko‘tarish qobiliyati 20 tonnadan ortiq bo‘lgan);
“31” — avtobus (haydovchi o‘rnini hisoblamaganda 12 tagacha o‘rindiqqa ega bo‘lgan);
“32” — avtobus (haydovchi o‘rnini hisoblamaganda 13 tadan 30 tagacha o‘rindiqqa ega bo‘lgan);
“33” — avtobus (haydovchi o‘rnini hisoblamaganda 30 tadan ortiq o‘rindiqqa ega bo‘lgan);
“40” — mikroavtobus;
“50” — traktor;
“60” — mototransport;
“70” — maxsus transport;
(22-bandning 14-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-yil 13-iyundagi 12/02-22-0016-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-8, 13.07.2022-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2022-y., 10/22/2773-8/0625-son)