1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]



Download 1.61 Mb.
Page4/90
Date20.01.2024
Size1.61 Mb.
#63270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
-2924955
3) 3-grafa. “Qo‘shimcha varaqlar”.
Grafaning birinchi bo‘lmasida varaqning tartib raqami, ikkinchi bo‘lmasida taqdim etilayotgan BYuD varaqlarining umumiy soni (asosiy va qo‘shimcha varaqlari yig‘indisi) ko‘rsatiladi.
Masalan, agar BYuD ikkita qo‘shimcha varaqlarga ega bo‘lsa BYuDning asosiy varag‘ida “1/3”; birinchi qo‘shimcha varag‘ida “2/3”; ikkinchi qo‘shimcha varag‘ida “3/3” ko‘rsatiladi. Agar BYuD qo‘shimcha varaqlarga ega bo‘lmasa “1/1” ko‘rsatiladi.
Tovarlar elektron shaklda deklaratsiyalanganda grafada, elektron BYuD qog‘ozga chop etilgandagi kabi varaqning tartib raqami va BYuD varaqlarining umumiy soni mazkur kichik bandda belgilangan tartibda ko‘rsatiladi;
4) 5-grafa. “Tovarlar nomlarining umumiy soni”.
Grafada BYuDning 31-grafalarida ko‘rsatilgan tovarlar nomlarining umumiy soni yoziladi. Bu son BYuDning to‘ldirilgan 31-grafalari soniga muvofiq bo‘lishi lozim;
5) 7-grafa. “BYuDning ro‘yxat raqami”.
Oldingi tahrirga qarang.
Grafada mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasida keltirilgan Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq BYuD taqdim etiladigan bojxona postining beshta raqamli kodi ko‘rsatiladi;
(22-band 5-kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 29-dekabrdagi 01-02/12-59-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2773-7, 27.01.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/2773-7/0080-son)
6) 8-grafa. “Importchi/yukni qabul qiluvchi”.
Grafada transport hujjatlarida tovarlarni qabul qiluvchi sifatida ko‘rsatilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etiladi.
Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi:
yukni qabul qiluvchi jismoniy shaxs bo‘lsa — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash manzili (mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasida keltirilgan Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va manzili);
yukni qabul qiluvchi yuridik shaxs bo‘lsa — uning qisqacha nomi va joylashgan eri (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va manzili).
Masalan:
“Alibayev Nuridin Kamalovich
Qozog‘iston, Almati sh., Suyunbay shoh ko‘chasi, 450-uy”
yoki ““Ros-Torg” MChJ
Rossiya, Ivanovo sh., Smirnov ko‘ch., 62-uy”.
Agar yukni qabul qiluvchi tovarni boshqa shaxsning topshirig‘iga ko‘ra qabul qilayotgan bo‘lsa yoki shunga o‘xshash boshqa holatlarda grafada avval yukni qabul qiluvchining qisqacha nomi va joylashgan eri (yuridik manzili), so‘ngra tovarni qabul qilib olish to‘g‘risida topshiriq bergan shaxsning qisqacha nomi va joylashgan eri (yuridik manzili) ko‘rsatiladi.
Masalan:
“Ros-Torg” MChJ
Rossiya, Ximki shah., Karlov ko‘ch., 362-uy
“Faraon” MChJ topshirig‘iga asosan
Rossiya, Moskva shah., Bolshaya polyanka ko‘ch., 563”.
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron BYuDda qabul qiluvchi, tovarni qabul qilib olish to‘g‘risida topshiriq bergan shaxs (BYuDning 9-grafasidagi shaxs bilan tashqi savdo kontraktini (shartnomasini, kelishuvini) tuzgan shaxs) va tovarning kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa shaxslar haqidagi ma’lumotlarning har biri alohida ajratilgan maydonchada ko‘rsatiladi.
(22-bandning 6-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) asosan o‘n yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
Tovarlarni qog‘oz shaklda deklaratsiyalashda qo‘shimcha varaqlarda ushbu grafa to‘ldirilmaydi;

Download 1.61 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page