2) 2-grafa. “Eksportchi/yukni jo‘natuvchi”. Grafada transport hujjatlarida tovarlarni jo‘natuvchi sifatida ko‘rsatilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etiladi.
Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi:
yukni jo‘natuvchi jismoniy shaxs bo‘lsa — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash manzili (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va manzili);
yukni jo‘natuvchi yuridik shaxs bo‘lsa — uning qisqacha nomi va joylashgan eri (Dunyo mamlakatlari tasniflagichiga muvofiq mamlakatning qisqa nomi va manzili).
Masalan:
“Alibayev Nuridin Kamalovich
Qozog‘iston, Almati sh., Suyunbay shoh ko‘chasi, 450-uy”
yoki “Ros-Torg” MChJ
Rossiya, Ivanovo sh., Smirnov ko‘ch., 62-uy”.
Agar yukni jo‘natuvchi tovarni boshqa shaxsning topshirig‘iga ko‘ra jo‘natayotgan bo‘lsa yoki shunga o‘xshash boshqa holatlarda grafada avval yukni jo‘natuvchining qisqacha nomi va joylashgan eri (yuridik manzili), so‘ngra tovarni jo‘natish to‘g‘risida topshiriq bergan shaxsning qisqacha nomi va joylashgan eri (yuridik manzili) ko‘rsatiladi.
Masalan:
“Ros-Torg” MChJ
Rossiya, Ximki shah., Karlov ko‘ch., 362-uy
“Faraon” MChJ topshirig‘iga asosan
Rossiya, Moskva shah., Bolshaya polyanka ko‘ch., 563”.
Oldingi tahrirga qarang.
Elektron BYuDda jo‘natuvchi, tovarni jo‘natish to‘g‘risida topshiriq bergan shaxs (BYuDning 9-grafasida ko‘rsatilgan shaxs bilan tashqi savdo kontraktini (shartnomasini, kelishuvini) tuzgan shaxs) va tovarning kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa shaxslar haqidagi ma’lumotlarning har biri alohida ajratilgan maydonchada ko‘rsatiladi.
(25-bandning 2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 30-sentabrdagi 01-02/15-48-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2773-5, 02.11.2020-y.) asosan o‘n yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.11.2020-y., 10/20/2773-5/1472-son — 2021-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlar soddalashtirilgan yo‘lak bo‘yicha xalqaro bitimlar bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda deklarantning xohishiga ko‘ra grafaning pastki qismida “№” belgisidan so‘ng yukni jo‘natuvchining STIRi ko‘rsatiladi.
(25-bandning 2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 13-iyundagi 31-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2773-9, 14.07.2023-y.) asosan o‘n sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2023-y., 10/23/2773-9/0491-son)
Tovarlarni qog‘oz shaklda deklaratsiyalashda qo‘shimcha varaqlarda grafa to‘ldirilmaydi;