1. Til va jamiyat munosabati deganda nimani tushunasiz?



Download 39.01 Kb.
Page1/2
Date25.08.2022
Size39.01 Kb.
#59378
  1   2
1. Til va jamiyat munosabati deganda nimani tushunasiz
A.Muxtorov, U.Sanaqulov. O\'zbek adabiy tili tarixi, 1-mavzu, 1. Нут нинг тў рилиги. Нут нинг ани лиги. Нут нинг тозалиги(софл

I TOPSHIRIQ
1. Til va jamiyat munosabati deganda nimani tushunasiz?
1Til kishilarning eng muhim aloqa vositasiTil odamlarning bir-birlari bilan muomalada bo’lishi uchun yordam beradigan eng muhim vositadir.Odamlar til vositasida o’z fikrlarini his-tuyg’ularini ifodalaydilar.Insoniyat jamiyatning shakllanishida tilning roli beqiyosdir.Til paydo bo’lgandan keyin (bu, olimlarning taxminicha ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yuz bergan) jamiyat tez rivojlana boshlagan.Tilsiz jamiyat, jamiyatsiz til bo’lishi mumkin emas, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo’lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi. 1.2 Tilning paydo bo’lishi.Insonning o’zi, uning ongi mehnat jarayonida paydo bo’lgani kabi, til ham insonlarning mehnat qilishi jarayonida paydo bo’lgan.Insoniyat taraqqiyotining ma’lum bir davrida aniqrog’i, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar mehnat qilishlari jarayonida bir-birlariga o’z fikrlarini his-tuyg’ularini bayon qilish istagi tug’ilgan va bu dastlabki oddiy tilning paydo bo’lishiga turtki bo’lgan. Til va jamiyat bir-biriga ta’sir qilib turadigan, birining rivojiga boshqasi hissa qo’shadigan hodialar bo’lganligi uchun jamiyatda yuz bergan o’zgarishlar tezlik bilan tilda ham aks etishi tabiiydir.Bu o’zgarishlar hammadan ko’proq tilning lug’at boyligida, ya’ni so’zlarida o’z ifodasini topadi.Tildagi nutq tovushlari, tilning grammatik qurilishi, ya’ni gap bo’laklarining joylashuvi so’z turkumlari tizimi uzoq vaqtgacha o’zgarmasligi mumkin.Ammo tildagi so’zlar tez-tez o’zgarib turadi.Buni biz mustaqillikka chiqqan davr mobaynida o’zbek tilidagi ayrim so’zlarning (oblast,rayon,xirurg,ekspress va h.k.) chiqib ketishi ayrim so’zlarning esa (marketing,menejment,kompyuter,diler va h.k.) tilimizga kirib kelishi misolida ham yaqqol ko’rishimiz mumkin. 1.3. Dunyo tillari 1999-yilda yer yuzi aholisi 6 mlrdga yetdi.Mana shu aholi 2976 xil tilda gaplashadi.Ayrim darslik va qo’llanmalarda tillarning m iqdori 3000 dan ortiq deb ko’rsatiladi.Shundan 200 tilning har birida 1 mln.dan ortiq, 70 tilning har birida 5 mln. dan ziyod, faqat 13 tilning har birida 50 mln.dan ortiq kishi so’zlaydi.Qolganlarining har birida esa 1 mln.dan oz kishi gaplashadi. Kavkaz tog’larida joylashgan Dog’istonda 1 mln.dan ortiq aholi bo’lib, ular 40 ga yaqin tilda so’zlashadi. Dunyodagi tillar kelib chiqishi, lug’aviy va grammatik jihatdan yaqinligiga qarab bir necha til oilalariga bo’linadi.Yer yuzida 20 ga yaqin til oilasi bor.Til oilalari o’z navbatida til turkumlariga bo’linadi. Hind-yevropa oilasi quyidagi til turkumlarini o’z ichiga oladi: a)Hind turkumi(hind,urdu,bengal,panjob,gujarat va h.k.) b)Eron turkumi(fors,afg’on,osetin,kurd,tojik va h.k.) c)Slavyan turkumi(rus,ukrain,belarus,chex,slovak,polyak,serb,makedon,bolgar,xorvat,sloven) d)Boltiq turkumi(litva,latish,latgal) e)German turkumi (dat,shved,norveg,island,ingliz,golland,nemis,yangi yahudiy tili) f)Roman turkumi (fransuz,provansal’, italyan,ispan,portugal,rumin,moldovan tillari, o’lik lotin tili) g)Kel’t turkumi (irland,shotland,breton,uels) h)Anatoliy turkumi (o’lik) i)Toxar turkumi (o’lik) Grek,alban,arman tillari birorta turkumga mansub bo’lmasdan, shu til oilasiga kiradi. Oltoy tillar oilasiga quyidagi turkumlar kiradi: a)Turkiy turkumi (o’zbek,qozoq,qirg’iz,turk,turkman va boshqa jami 24 til) b)Mo’g’ul turkumi c)Manchjur turkumi d)Yapon turkumi e)Koreys turkumi Fin-ugor tillar oilasiga fin guruhi (fin,eston,karel,komi- ziryan,komi-permyak,udmurd,mari,mordva tillari), ugor guruhi (venger,mansiy, xantiy tillari) mansubdir. Som-xom tillar oilasiga semit guruhi (arab,axmar,xarari,oysor,ivrit tillari), kushit guruhi (galla, somali, saxo,beja tillari), berber guruhi (kobil,sholx,rif,tamazis tillari), chatxon guruhi (xuase, kotoko, ahgas, karekare,sura,chuzgu,mubi tillari), arab guruhi (qadimgi arab tili) kiradi. Kavkaz oilasiga g’arbiy guruh (abxaz,abazin,adigey,kabardin,ibix tillari), nax guruhi (chechen,ingush,batsbi tillari), dog’iston guruhi (avar,darg’in,lezgin,lak,karatin,tunzip tillari), janubiy guruh (megrel,chan,gruzin,kartali,svan,guri tillari) kiradi. Xitoy-tibet oilasiga tay-xitoy guruhi (xitoy,dungan,tay,laos,chjoan,v’etnam tillari), tibet-birma guruhi (tibet,birma tillari) kiradi. Bulardan tashqari yana dravit,malay- polinez,avstraliya,papua,afrika til oilalari ham bor. 1.4. Tirik va o’lik tillarHozirgi davrda ma’lum bir xalq vakillari uchun muloqot vositasi bo’lib xizmat qilayotgan tillar tirik tillar hisoblanadi : ukrain,ozarbayjon,qirg’iz tili va boshqalar.Hozirgi davrda hech bir xalq uchun muomala vositasi bo’lib xizmat qilmayotgan, lekin qoldiqlari bizgacha yetib kelgan tillar o’lik tillar deb yuritiladi: lotin,qadimgi hind yoki sanskrit tili,qadimgi slavyan tili,qadimgi xorazmiy tili,qadimgi arab tili,qadimgi fors tili,so’g’d tili hozirgi paytda o’lik tillar hisoblanadi. Lotin tili qadimgi Rim imperiyasining rasmiy tili sifatida mavjud bo’lgan.Mazkur imperiya yemirilgandan keyin bu til ham asta-sekin o’lik tilga aylana borib, hozirgi davrda bu tilning qoldiqlarini ilmiy atamalarda uchratishimiz mumkin.Lotin tili o’rta va oliy tibbiyot o’quv yurtlarida o’qitiladi. Qadimgi xorasmiy tili va yozuvi esa eroniy tillarning sharqiy turkumiga kirgan bo’lib, qadimgi xorazm vohasining aholisi shu tilda gaplashgan.Qadimgi xorazmiy tili XI asrlargacha muomalada bo’lgan va keyinchalik iste’moldan chiqqan hamda o’lik tilga aylangan. 1.5.Til va nutqTil va nutq tushunchalari yaqin-yaqingacha farqlanmasdan kelinardi.Bu ikki so’zni ma’nodosh (sinonim) so’zlar sifatida ishlataverar edik.Keyingi paytlardagi tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, til va nutq tushunchalarini farqlash zarur ekan.Til deganda ma’lum xalq tomonidan ishlatiladigan uzoq tarixga ega bo’lgan hodisani tushunishimiz kerak.Nutq esa shu tilning ma’lum paytda va ma’lum o’rinda namoyon bo’lishidir.Ayrim olimlar til va nutq tushunchalarini farqlashda shaxmat o’yinini misol qilib keltirishadi.Shaxmat donalari taxtasi,shaxmat o’yini qoidalari yig’indisi tilga qiyos qilinadi.Har bir shaxmatchining o’yin uslubi o’ziga xos xususiyatlarini esa nutqqa o’xshatishadi.Demak,ma’lum so’zlar vositasida bitta fikrni turli ko’rinishlarda ifoda qilish mumkin.Bu esa shu nutqning yaratuvchisiga bog’liqdir.Bir kishining nutqi monolog,ikki kiashining nutqi dialog,ikkitadan ortiq kishining nutqi esa polilog deb yuritiladi.Nutqning yana og’zaki va yozma ko’rinishlari mavjud. 1.6.Milliy (umumxalq) til, adabiy til va shevalar Qayerda yashahsidan qat’iy nazar o’zbek millatiga mansub barcha odamlar tomonidan ishlatiladigan til milliy (umumxalq) o’zbek tili deb yuritiladi.Milliy til o’z tarkibiga sheva, so’zlashuv nutqi,jargonlar,vulgarizm (so’kish,qarg’ish so’zlari), varvarizm (tilda o’rinsiz ishlatilgan chet so’zlar) kabi guruh so’zlarni qamrab oladi. Milliy tilning ma’lum qoidalariga bo’ysundirilgan, muayyan qolipga solingan,olimlar,mutaxassislar tomonidan ishlov berilgan,doim sillig’lantirilib, mukammallashtirilib boriladigan shakli adabiy til deb ataladi.Adabiy til shu tilda gaplashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo’lishi kerak.Umuman millatning barcha vakillari uchun tushunarli bo’lish zarurati adabiy tilning yaratilishiga sabab bo’lgan.
3. Tilning ijtimoiy vazifalariga nimalar kiradi?
Til kishilarning o`zaro muloqotga kirishuvi va fikr almashuviga bo`lgan ehtiyoj natijasida paydo bo`lgan ijtimoiy hodisadir. Til paydo bo`lgandan keyin (bu, olimlarning taxminicha, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yuz bergan) jamiyat tez rivojlana boshlagan. Til jamiyat uchun, uning a’zolari bo`lmish insonlar uchun xizmat qiladi, shuning uchun til ijtimoiy hodisa hisoblanadi, ya’ni til yakka odamga emas, balki butun jamiyatga daxldor bo`lib, shu jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlanib boradi.
Shu tufayli ham tilning taqdiri jamiyatning taqdiri bilan chambarchas bog`liq. Til bo`lmasa, jamiyatning bo`lishi mumkin emas, ya’ni til odamlarni jamiyat sifatida jipslashtirib turuvchi buyuk ne’matdir. Jamiyatsiz tilning mavjud bo`lshi mumkin emas. Jamiyat a’zolari ham tilning yashashi, rivojlanishiga o`z hissalarini qo`shadi. Shu munosabat bilan o`tgan asrning 80-90-yillaridagi o`zbek tilining ahvolini eslash o`rinlidir. Bu davrda o`zbek tilining faoliyat ko`rsatish doirasi juda torayib, uning yo`q bo`lib ketish xavfi paydo bo`ldi.
Ana shunda jamiyatimizning ilg`or vakillari ona tilimizni himoya qilib, uning taqdiri uchun qayg`urib, amaliy harakatlarni boshlashdi va buning natijasida 1989 yil 21-oktyabrda o`zbek
tiliga davlat tili maqomi berish haqidagi Qonun qabul qilindi. Aytish mumkinki, bu Qonunning qabul qilinishi istiqlol tomon qo`yilgan dastlabki qadamlardan biridir.
5. Til taraqqiyotini tarixiylik nuqtayi nazaridan qiyosiy aspektda tahlil qiluvchi metodni ayting.
Til to`xtovsiz ravishda o`zgarib turuvchi, taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy hodisadir. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan bevosita bog`liq. Tilning taraqqiyoti birinchi navbatda uning lug`at boyligida o`z aksini topadi. Kishilar hayotidagi o`zgarishlar, ilm-fan va madaniyatning taraqqiyoti leksikani boyitib boradi. Tilning tovushlar tizimi va grammatik qurilishi esa juda sekinlik bilan o`zgaradi. Buni til tarixini o`rganish orqaligina sezish mumkin.
O`zbek tili - o`zbek millatining tili, o`zbek tili - O`zbekiston Respublikasining davlat tili. Davlat tili sifatida o`zbek adabiy tilining mavqei beqiyos darajada o`sdi, xizmat doirasi kengaydi, lug`at tarkibi boyidi, fonetik tizimi, grammatik qurilishning takomillashuvida katta o`zgarishlar yuz berdi.
O`zbek milliy tili hozirgi o`zbek millatiga mansub bo`lgan barcha kishilarning umumiy va yagona tilidir. U o`zbek millatining shakllanishi bilan bevosita bog`liq. O`zbek millati shakllangunga qadar u urug` tili, qabila tili va xalq (elat) tili tarzida yashab, rivojlanib keldi.
O`zbek adabiy tili ijtimoiy vazifasining kengayishi natijasida uning lug`at tarkibida jiddiy o`zgarishlar ro`y berdi. Tilning leksikasi ichki imkoniyatlar bilan yangi yasalgan so`zlar va boshqa tillardan qabul qilingan so`zlar hisobiga boyib borishi ko`zga tashlanmoqda. Kishilar ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi, xalq xo`jaligidagi, madaniyat, fan-texnika sohasidagi ko`pgina o`zgarishlar yangi tushunchalarni, yangicha munosabatlarni keltirib chiqardi. Bularning hammasi o`zbek tili leksikasining ko`pgina yangi so`zlar hisobiga hamda boshqa tillardan o`zlashtirilgan so`zlar hisobiga boyishiga sabab bo`ldi. Masalan: broker, diler, makler, kompyuter, menejer, fermer, biznes va h. Ayrim o`zbekcha so`zlarning ma’nosida o`zgarishlar ro`y berib, ular boshqa ma’nolarda qo`llana boshladi. Masalan: ishbilarmon va tadbirkor so`zlari ilgari sifat turkumiga mansub bo`lib, belgi ifodalagan bo`lsa, hozirgi paytda bu so`zlar ot turkumiga o`tdi va shaxs ma’nosini ifodalaydigan bo`ldi. Bu jarayonlarning barchasi o`zbek tili lug`at boyligini yangi pog`onaga ko`tardi.

II TOPSHIRIQ



Download 39.01 Kb.

Share with your friends:
  1   2




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page