1-variant. Til va jamiyat haqidagi fikrlaringizni Klaster usulida ifodalang.
Til falsafasi tilning kelib chiqishi, mohiyati, kishilik jamiyatiga taʼsiri va insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlaridagi o‘rni, roli, ahamiyatini falsafiy mushohada qilish bilan shug‘ullanuvchi falsafaning bir bo‘limidir. Mazkur atama borliq va tafakkur o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, shuningdek bu munosabatlarni ifodalovchi va izohlovchi nazariy-metodologik bilimlarni o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar natijalarini o‘zida aks ettiradi.
Til falsafasi til tarixining ham, tilshunoslikning ham ilmiy-nazariy tahlilini beradi. Shuningdek, til mantig‘i, psixologiyasi va sotsiologiyasini o‘ziga qamrab oladi. Til, uning vujudga kelishi, rivoji va ahamiyati haqida qadimdan hind va yunon faylasuflari fikr yuritganlar. Naturalistik falsafa tilni tabiiy yo‘l bilan vujudga kelgan qobiliyat sifatida, idealistik falsafa esa — ruhning ijod mahsuli sifatida o‘rgangan inson tilining kategorial asoslarini aniqlashtirishga, grammatikaning umumiyligiga urinish. Shunga bog‘liq holda Herder, Humboldt va Grimm tadqiqotlariga murojaat qilinmoqda.
Zamonaviy gumanitar tafakkurda til falsafasi eng umumiy ko‘rinishda "falsafiy qoidalar tilning eng umumiy qonunlarini tushuntirish uchun, tilning asoslari esa o‘z navbatida muayyan zamonda ilgari surilgan baʼzi bir falsafiy muammolarni hal qilish uchun qo‘llaniladigan" yondoshuv sifatida tavsiflanadi.
Til haqidagi zamonaviy fanning yangi intralingvistik muammolari til va madaniyat, til va jamiyat, til va din nisbati haqidagi savollardan tashqari til va falsafa o‘zaro bog‘liqligi haqidagi masalani ham o‘z ichiga oladi.
Share with your friends: |