Abdusalomov Rahmatulloning



Download 373.72 Kb.
Page2/4
Date21.12.2023
Size373.72 Kb.
#63018
1   2   3   4
Abdusalomov R O\'ZBEK TILI

.


Dastlab davlat va nodavlat tashkilot, korxona, muassasalarda davlat tilida ish yuritish nazariyasi va amaliyoti, boshqaruvni me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash, asosiy faoliyat va shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni rasmiylashtirish tartib-qoidalari to‘g‘risida malakaviy o‘qitish kurslarini tashkil etish lozim. Ularda sohaga oid mavjud huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ilmiy adabiyotlar va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar, mutaxassislarning fikr, talab va takliflari kabi mavzular yoritiladi. Kerak bo‘lganida davlat tili bo‘yicha bir nechta mashg‘ulot o‘tkazilishi mumkin.
Shu bilan tarjimayi holbirga mashg‘ulotlarda tashkilotda ish yuritish xizmati faoliyati, hujjat turlari va ularni rasmiylashtirish tartibi, hujjat almashuvi, hujjatlarning rekvizitlari va mazmuni, hujjatshunoslik va yuridik nuqtayi nazardan to‘g‘ri rasmiylashtirish, ularni tartibga solish va saqlash, elektron shaklda ish yuritish kabi masalalar yuzasidan amaliy topshiriqlar beriladi. Hujjatlar matniga qo‘yilgan eng muhim talablar, hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasiga ko‘ra tavsiflanishi, rasmiy blankalar va ulardagi rekvizitlar, ariza, ma’lumotnoma, , tavsiyanoma, tavsifnoma, tavsifiy tavsifnoma, ishonchnoma, tilxat, tushuntirish xati, buyruq turlari va ularni rasmiylashtirish tartibi, farmoyish-tashkiliy hujjat, bayonnoma, axborot xati, iltimos xati, tahrir belgilari turlari, ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar va tashkilotda yuritiladigan boshqa turdagi hujjat matnlarini davlat tilida shakllantirish vazifalari bajariladi.

.


Malakaviy kursning maqsadi — ting­lovchilarda davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish. Har bir xodim qaysi lavozimni egallashidan qat’i nazar, davlat tilida ish yuritish tartibi bilan yaqindan tanish bo‘lishi hamda kompyuter imkoniyatlaridan shaxsan o‘zi foydalanishni bilishi shart.
Davlat va nodavlat tashkilot, kor­xona, muassasalarda hamma darajada o‘tkaziladigan yig‘ilishlarning faqat va faqat davlat tilida olib borilishiga erishish hamda “vertikal” va “gorizontal” yo‘nalishda harakatlanadigan hujjatlarning standart shakllarini ishlab chiqish va davlat tili negizida elektron ish yuritish tizimini joriy etish lozim. Pandemiya tufayli aksariyat muassasalar onlayn rejimida elektron shaklda ish yuritishga o‘rgandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Tabiiyki, tashkilotlararo hujjatlar almashish jarayonlarini davlat tilida olib borishni yo‘lga qo‘yish kerak bo‘ladi. Bu murakkab masala, chunki har bir tashkilot o‘ziga xos va mos sharoitda ish yuritadi, bir tashkilotni ish yuritish tizimi ikkinchisidan farq qiladi, ular orasida davlat tilida hujjat almashishni tashkil etish uchun maxsus andozalarga asoslangan hujjat turlarini yaratish va ularni Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tkazish kerak bo‘ladi. Tashkilotlararo hujjat almashish jarayonlarining huquqiy-me’yoriy asoslarini yaratish va ular negizida elektron hujjat almashish tizimini yaratish lozim. Buni yo‘lga qo‘yish maqsadida internet tarmog‘iga ulangan yagona bulutli ma’lumotni qayta ishlash va saqlash markazini shakllantirish va joriy etish maqsadga muvofiq.

Download 373.72 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page