Respublikada “Elektron raqamli imzo”, “Elektron hujjat aylanishi”, “Axborotlashtirish” to‘g‘risida qonun hujjatlari qabul qilingan, lekin ular asosida davlat tilida ish yuritish jarayonlari talab darajasida emas. Tashkilotda va tashkilotlararo elektron shaklda ish yuritish jarayonlarini elektron raqamli imzodan to‘liq foydalangan holda yo‘lga qo‘yish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda respublika olimlarining izlanishlarida olingan ilmiy natijalar, xorij olimlarini tobora qiziqtirib borayotgani sir emas. Shu sababli, respublika olimlari tomonidan ilmiy maqola va risolalarni nufuzli, tanilgan xorij nashriyotlarida ularning tilida emas, balki lotin alifbosidagi o‘zbek tilida chop ettirilishini yo‘lga qo‘yish payti keldi, degan fikrni olg‘a surmoqchiman.
Fikrimizcha, davlat tilining jahon miqyosida mavqeyini ko‘tarish payti keldi. Aksariyat doktorantlarimiz, olimlarimiz o‘z ilmiy ishlari natijalarini nufuzli xorij jurnallarida chop ettirishga intiladilar. Buning uchun ular maqolalarini boshqa tilga, ya’ni ingliz, rus, xitoy, koreys va boshqa tillarga tarjima qilib, keyin chop etishga topshiradilar. Shu bilan birga, tanlagan soha yo‘nalishida kerakli ilmiy materiallarni izlaganda ularni muallif chop etgan tillarda izlab topadilar, so‘ng davlat tiliga o‘girib maqola mazmuni bilan yaqindan tanishadilar.
.
Lekin mustabid tuzum siyosatining ta’siri ostida 30-yillardan keyin hujjatlarning asosiy qismi rus tiliga ko’chdi. O’zbek tilida esa barmoq bilan sanarli hujjatlar yuritilgan bo’lib, ularning ham ko’pchiligi rus tilidan aynan andoza qilib olingandi. Ayrimlarining esa normalari rus tilida qanday bo’lsa, o’zbek tilining xususiyatlari hisobga olinmay, xuddi shunday qo’llangan edi. Masalan: spravka, akt, raport, xarakteristika va boshqalar.
1989-yil 21-oktabrda O’zbektistonda o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgach, hujjatlarning barchasi o’zbek tilida yuritilmoqda. Unga asosan, O’zbekistonda yoshovchi va faoliyat ko’rsatuvchi fuqarolar, qanday kasb egasi bo’lishlaridan qat’iy nazar ishlab chiqarishning barcha sohalarida ish yuritish o’zbek tilida olib borilishi shart deb belgilangan.
“ Davlat tili haqida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida: “ Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg’alari va ish qog’ozlarining matnlari davlat tilida bo’ladi”, deb belgilab qo’yilganligini inobatga olsak, bu borada ko’pgina amaliy ishlarni bajarishga to’g’ri kelishini tasaxvvur qilish mumkin.
1989-yil 21-oktabrda O’zbektistonda o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgach, hujjatlarning barchasi o’zbek tilida yuritilmoqda. Unga asosan, O’zbekistonda yoshovchi va faoliyat ko’rsatuvchi fuqarolar, qanday kasb egasi bo’lishlaridan qat’iy nazar ishlab chiqarishning barcha sohalarida ish yuritish o’zbek tilida olib borilishi shart deb belgilangan.
“ Davlat tili haqida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida: “ Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg’alari va ish qog’ozlarining matnlari davlat tilida bo’ladi”, deb belgilab qo’yilganligini inobatga olsak, bu borada ko’pgina amaliy ishlarni bajarishga to’g’ri kelishini tasaxvvur qilish mumkin