Amaliyotchi talabaning obyektlarda bajaradigan ishlari mazmuni


Asosiy vositalarning sintetik hisobi



Download 44.15 Kb.
Page3/5
Date20.05.2024
Size44.15 Kb.
#64294
1   2   3   4   5
Hisobot Eldor DEVELOPMENT tayyor

Asosiy vositalarning sintetik hisobi


Sintetik hisob —bu buxgalteriya hisobi obyektlarini va ulaming harakatini umumlashtirgan holda, pul о ‘Ichovida (faqatgina so ‘mda) aks ettiradi.
Sintetik so‘zi lotincha so 'zdan olingan bo’lib “Umumlashtirish ” degan manoni bildiradi.
Asosiy vositalarning sintetik hisobi 13-jurnal orderda yuritiladi. Unga 01-«Asosiy vositalar», 02-
«Asosiy vositalaming eskirishi» schyotlarining krediti bo'yicha yozuvlar qayd qilinadi.
Asosiy vositalar sintetik hisobvaraqning 012<< Inshootlar>> analitik hisobvarag'ida quyidagilar hisobga olinadi: suv nasoslar, mashg'ulot o'tkazish maydonlari, suv havzalari, yoʻllar, ko'priklar, yodgorlik- haykallari, istirohat bogʻlari, xiyobonlar va jamoat bogʻlari, budjet tashkilotining to'siqlari va boshqalar aks ettiriladi. har bir analitik hisobvaraqda aks ettiriladigan asosiy
vositalar nobudgarchiliklar, hisobotlarda adashmovchiliklar boʻlishining oldini oladi. Bundan tashqari, ushbu analitik hisobvaraqda elektr uzatkich tarmoqlar, transmissiyalar va quvur oʻtkazgichlar, transformatsiya va quvur oʻtkazgichlarda suyuq va gazsimon moddalarni iste'molchilarga yetkazish uchun energiya uzatgichlar va boshqalar ham hisobga olinadi. Bunda, elektr stansiyalarning gazkompressor, nasos va boshqa stansiyalarning binolari 011 analitik hisobvaraqda, ularning jihozlari esa 013 analitik hisobvaraqda hisobga olinadi.
013 «< Mashina va jihozlar » analitik hisobvarag'ida quyidagilar:kuchlanish mashinalari va jihozlar, ish mashinalari va jihozlar, o'lchov asboblari, tartibga soluvchi asboblar va moslamalar, laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi, meditsina jihozlari hamda boshqa mashina va jihozlar alohida guruhlarga ajratilib hisobga olinadi:
-kuchlanish mashinalari va jihozlar, issiqlik va elektr energiyasini hosil qiluvchi mashina- generatorlar va turli xil energiyani ( suv, shamol, issiqlik, elektr energiyasi va h.k.) mexanik, ya'ni harakat energiyasiga aylantirib beruvchi mashina dvigatellar ;
-ish mashinalari va jihozlar, mahsulot yaratish yoki ishlab chiqarish tusidagi xizmatlar jarayonida mehnat predmetiga mexanik, issiqlik va kimyoviy ta'sir ko'rsatishga hamda ishlab chiqarish jarayonida mehnat predmetini mexanik dvigatellar. inson va hayvonlar kuchi yordamida joydan- joyga ko'chirish uchun moʻljallangan mashinalar, apparatlar va jihozlar ;
-o'lchov asboblari- dozatorlar, ampermetrlar, barometrlar, vattmetr lar, vaakummetrlar, vaporimetrlar, voltmetrlar, balandlik oʻlchagichlar, galvanometrlar, geodeziya asboblari, gidroskoplar, indi katorlar, kompres sorlar, manometrlar, xronometrlar, maxsus tarozilar, o'lchagichlar, g'azna apparatlari, elektr energiyasi, gaz, suv oʻlchash asboblari va boshqalar ;
-tartibga soluvchi asboblar va moslamalar, kislorod nafas oldirgich asboblar, elektr, pnevmatik va gidravlik muntazamlashtirib turuvchi moslamalar, avtomatik boshqarish pultlari, markazlashtirish, blokirovka qilish apparaturalari, dispetcherlik nazorati liniyasi moslamalari va boshqalar ;
-laboratoriya jihozlari- pirometrlar, regulatorlar, kalorimetrlar, nam oʻlchagich asboblar, tutish kublari, laboratoriya koʻpralari, gaz oʻtkazmaslikni sinash uchun mo'ljallangan asboblar, mikroskoplar, termostatlar,
stabilizatorlar, so'rib oluvchi shkaflar va shu kabilar ;
-hisoblash texnikasi elektron- hisoblash, boshqaruvchi va analogli mashinalar, kompyuterlar va unga qoʻshimchа qurilmalar, printerlar, uyali va mobil aloqa apparatlari, raqamli hisoblash mashinalari va moslamalari ( klavishli hisoblash va jamlovchi mashinalar, perforatsion hisoblash mashinalari) va boshqalar ;
-meditsina jihozlari- meditsina jihozlari ( tish davolash kreslola ri, operatsiya stollari, maxsus jihozli krovatlar va boshqalar), dizen feksiyalovchi va maxsus jihozlari, sut oshХОnalari va sut stansiyalarining, qon quyish stantsiyalarining jihozlari va boshqalar ;
-asbob- uskunalar mexanizatsiyalashtirilgan va mexanizatsiyalash tirilmagan umumiy foydalanishga mo'ljallangan mehnat qurollari, shuningdek, materiallarga ishlov beruvchi mashinalarga biriktirib qo'yilgan predmetlar.
-ishlab chiqarish inventarlari va buyumlari ish vaqtida ishlab chiqarish operatsiyalarini yengillatishga xizmat qiladigan predmetlar, ish stollari, verstaklar, kafedralar, partalar va boshqalar, mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan jihozlar: suyuq va sochiluvchan jismlarni saqlashga moʻljallangan moslamalar (
baklar, tanlar, omborlar va boshqalar), savdo shkaflari va stellajlari, inventarlar, ish mashinalari qatoriga qo'shib bo'lmaydigan texnika predmetlari ;
-xoʻjalik inventarlari- idora jihozlari, koʻchma baryerlar, kiyim ilgich, garderoblar, turli xil shkaflar, divanlar, stollar, kreslolar, yonmaydigan ( yong'inga chidamli) shkaflar va qutilar, yozuv mashinkalari, gektograflar, kopirograflar va boshqa apparatlar, ko'chma o'tovlar, palatkalar ( kislorodlilardan tashqari), krovatlar ( maxsus jihozli krovatlardan tashqari), gilamlar, pardalar va boshqa xo'jalik inventarlari va, shuningdek, yong' inga qarshi
predmetlar- gidropultlar, stendlar, qo'l narvonlari va h.k ;
-boshqa mashina va jihozlar yuqoridagi guruhlarda nomi keltirilmagan mashinalar, apparatlar, sport maydonlari, stadionlar va sport binolarining jihozlari ( shu jumladan sport anjomlari), o'quv yurtlaridagi xonalar va ustaxonalarning jihozlari, musiqa asboblari, televizorlar, radioapparaturalar, ilmiy- tadqiqot muassasalari va ilmiy ish bilan shug'ullanuvchi boshqa muassasalarning maxsus jihozlari, ATS jihozlari, o't o'chirishda ishlatiladigan mexanik narvonlar, kir yuvadigan va tikuv mashinalari, sovitkichlar ( muzlatkichlar), chang yutgichlar va boshqalar.

  1. Download 44.15 Kb.

    Share with your friends:
1   2   3   4   5




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page