Amaliyotchi talabaning obyektlarda bajaradigan ishlari mazmuni


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING BOSHQA ME'YORIY HUQUQIY HUJJATLARI



Download 44.15 Kb.
Page2/5
Date20.05.2024
Size44.15 Kb.
#64294
1   2   3   4   5
Hisobot Eldor DEVELOPMENT tayyor

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING BOSHQA ME'YORIY HUQUQIY HUJJATLARI


Yuqoridagilardan tashqari turli vazirliklar, idoralar va davlat qo‘mitalarining o‘zlarini xususiyatlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobini umumiy qoidalarini qo‘llash bo'yicha ichki me’yoriy huquqiy hujjatlari ushbu budjet tashkiloti va uning tizimidagi quyi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi uslubiy asoslardan birini tashkil qiladi.
Yuqorida keltirib o‘tganimizdek, ushbu vazirliklar, idoralar va davlat qo‘mitalarining me’yoriy hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq albatta O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilishi shart.
Budjet tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha xo‘jalik operatsiyalari ularni tasdiqlovchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu hujjatlar ular asosida buxgalteriya hisobi yuritiladigan birlamchi hisob hujjatlari bo‘lib xizmat qiladi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli texnik vositalar mavjud bo‘lgan hollarda birlamchi hujjatlar va registrlarni mashina o‘qiydigan axborot tashuvchilarda tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlaming talablariga to’liq rioya qilinishi lozim.
Hisoblash texnikasi vositalari yordamida mashina o‘qiydigan tashuvchilarda tuzilgan birlamchi hujjatlar va registrlar, tegishli majburiy rekvizitlar mavjud bo‘lganda, buxgalteriya hisobida qo‘llanilishi mumkin. Mashina usulida tayyorlangan hujjat, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq moddiy tashuvchiga (magnitli, qog‘ozli) yozilishi, tayyorlanishi va qog‘ozga chiqarilishi lozim.
Buxgalteriyaga boshlang‘ich hisob hujjatlarini topshirish muddatlari bosh hisobchi „tomonidan tuzilib, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi. Moddiy javobgar va boshqa mansabdor shaxslarga ushbu jadvaldagi hujjatlami va ma’lumotlami buxgalteriyaga topshirish muddatlari haqida ko‘chirma taqdim etiladi.
Tashkilotlarning barcha bo‘limlari (xodimlari) tashkilot buxgalteriyasiga buxgalteriya hisobini yuritish uchun kerak bo‘ladigan barcha zaruriy hujjatlari (buyruq va farmoyishlaming ko‘chirmalarini, shuningdek, turli xil shartnoma, to‘lov hujjatlari va boshqalarni) o‘z vaqtida taqdim qilishlari shart.
Bosh hisobchining buxgalteriya hisobini yuritishi uchun talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni rasmiylashtirish va buxgalteriyaga taqdim qilishga doir talablarini o‘z vaqtida bajarishga tashkilotning barcha xodimlari majburdir.
Tashkilotlarda pul, tovar-moddiy va boshqa boyliklami qabul qilish va berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek, xarajatlar smetasi ijrosiga taalluqli barcha hujjatlar hamda moliyaviy hisobotlar tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosari va bosh hisobchi yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi. Qonunchilikka muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarida birinchi imzo huquqi shu vazirlik, davlat qo‘mitasi va idorasining boshqarma yoki mustaqil bo‘linmalarining boshliqlariga berilishi mumkin.
Bosh hisobchi yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanmagan boshlang‘ich hisob hujjatlari ijro uchun yaroqsiz hisoblanadii va ijroga qabul qilinmaydi. Kassa kirim orderlari bosh hisobchi (yoki uning o‘rinbosari) va kassir tomonidan imzolangandagina ijro uchun yaroqli hisoblanadi.
Hisob registrlarida aks ettiriladigan yozuvlar uchun to‘liq rasmiylashtirilgan boshlang‘ich hisob hujjatlari asos bo‘lib xizmat qiladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlari ayrim xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirishga mo‘ljallangan bir martalik yoki ma’lum bir davrdagi bir xil xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirishga mo‘ljallangan bir guruh hujjatlar bo‘lishi mumkin.
Boshlang‘ich hisob hujjatlari xo‘jalik operatsiyalari amalga oshirilayotgan vaqtda yoki operatsiyalar amalga oshirib bo‘lin- ganidan keyin tuziladi. Hisobot davriga tegishli bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari, agar ular amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat­ lar olinmagan bo‘lsa, tegishli boshlang‘ich hisob hujjati rasmiy- lashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir. tashkilotning nomi, hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy, xo‘jalik
operatsiyasining nomi, mazmuni va miqdor oMchovi (natura va pulda ifodalangan holida), mas'ul shaxslaming shaxsiy imzolari.
Tashkilotlarda boshlang‘ich hisob hujjatlari qonunchilikda belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan elektron hujjatlar asosidatuzilishi mumkin. Bunda, elektron hujjatlar qonunchilik talablariga to‘liq rioya qilingan holda va boshlang‘ich hisob hujjatlarining asl nusxasida belgilangan barcha rekvizitlarga ega bo‘lishi shart.
Boshlang‘ich hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar ulaming o‘z vaqtida to‘g‘ri va aniq tuzilishi, shuningdek, buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ulaming belgilangan muddatlarda tashkilot buxgalteriyasiga topshirilishiga javobgar.
Moddiy qimmatliklami xarid qilishga doir hujjatlarda moddiy javobgar shaxsning bu qimmatliklami olganligi to‘g‘risidagi imzosi, bajarilgan ishlarga doir hujjatlarda esa, ishni qubul qilganlik to‘g‘risida tegishli shaxslarning imzosi bo‘lishi kerak.
Hujjatlardagi yozuvlar siyoh bilan yoki sharikli ruchka, kimyoviy qalam bilan yoki zamonaviy hisoblash texnikalari vositasida yoziladi. Boshlang‘ich hisob hujjatlarida o‘chirish, qirish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Boshlang‘ich hisob hujjatlarida yo‘l qo‘yilgan xatolari tuzalish noto’g‘ri yozilgan matn yoki summani ustidan chizib o'chirish va uning ustiga to‘g‘ri matn yoki summani yozib qo‘yish yo'li bilan bajariladi. Noto‘g‘ri yozuvni o‘chirishda uning ustidan ingichka chiziq bilan (keyinchalik uni o‘qish mumkin bo‘lishi uchun) chizib qo‘yish kerak. Boshlang‘ich hisob hujjatidagi barcha xatolami tuzatishlar “Tuzatilgan” degan yozuv bilan izohlanishi va luzatish kiritilgan sana ko‘rsatilgan holda hujjatni imzolagan shaxslarning imzosi bilan tasdiqlanishi kerak. Bank va kassa-pul hujjatlarida tuzatishlar va o‘chirib yozishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Moddiy javobgar shaxslar tovar-moddiy qimmatliklaming kirtmi va chiqimi bo‘yicha boshlang‘ich hisob hujjatlarini ikki nusxada rasmiylashtirilgan 442-son shakldagi reyestr bilan buxgalteriyaga topshiradilar. Bu reyestrning bir nusxasi moddiy javobgar shaxs ishtirokida taqdim qilingan boshlang‘ich hisob hujjatlami rasmiylashtirilishini tekshirib, hisobchining imzosi bilan moddiy-javobgar shaxsga qaytariladi, ikkinchi nusxasi esa, buxgalteriyada qoladi. Pul mablag4lari va tovar-moddiy qimmatliklarini saqlashga javobgar bo'lgan shaxslar bilan belgilangan tartibda ulaming shaxsan to‘liq moddiyjavobgarligi haqida shartnoma tuziladi. Buxgalteriyaga kelib tushgan boshlang‘ich hisob hujjatlari- ning qonunchilikka muvofiqligi (boshlang‘ich hisob hujjatlarining to‘liq va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, barcha rekvizitlarining mavjudligi, ayrim ko‘rsatkichlaming bir-biri bilan mantiqan bog‘langanligi va boshqalar) tekshirilishi shart.
Kassa kirim va chiqim orderlariga ilova qilingan barcha hujjatlar, shuningdek, ish haqini hisoblab yozish uchun asos bo‘lgan hujjatlar shtamp yoki qo‘lda yozish yo‘li bilan “Olindi” yoki “To‘landi” degan belgi va uning sanasi (kun, oy, yil) ko'rsatilgan holda yopilishi kerak. Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy fondlami har yilgi qayta baholash, budjetdan tashqari daromadlar hisobi, yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va “Stomo” operatsiyalari bo‘yicha alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy uchun alohida 16 raqamdan boshlab raqamlanadi. Bunda, operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnoma- lami tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondensiyasi alohida memorial orderlarda (274-son shakl) yuqorida keltirilgan doimiy raqamlar berilib ko‘rsatiladi. Alohida memorial orderlar operatsiyalaming sodir bo‘lishiga qarab, ammo boshlang‘ich hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi hujjatlaming bir guruhi asosida tuziladi. Subschyotlar korrespondensiyasi memorial orderlarda ikki yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi. Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o‘rinbosari) va ijrochi (hisobchi) tomonidan imzolanadi. Barcha memorial
orderlar 308-son shakldagi “Bosh-jumal kitobi”da ro‘yxatga olinadi. “Bosh-jumal kitobi” har bir subschyot bo'yicha yuritiladi. “Bosh-jumal kitobi” o‘tgan yildagi yalcunlovchi balansga muvofiq yil boshiga qolgan qoldiq summalami ko‘chirib yozish bilan ochiladi. Bu daftarga yozuvlar memorial orderlar va memorial order - jamlanma qaydnomalar tuzilgandan keyin oyiga bir marta yoziladi. Memorial orderdagi summa dastlab “Order bo‘yicha summa” qatoriga, keyin esa, tegishli subschyotlaming debeti va kreditiga yoziladi. Barcha subschyotlar bo‘yicha oylik aylanmalar summasi dcbetda ham kreditda ham “Order bo'yicha summa” qatorining jamiga teng bo‘lishi kerak. Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorda har bir subschyot bo‘yicha kelgusi oyning boshiga qoldiq chiqariladi.
Analitik hisob buxgalteriya hisobi registrlarida (buxgalteriya daftarlarida, kartochkalarida, qaydnomalarida va boshqalarda) yuritiladi. Har bir buxgalteriya daftarida unga yozishdan oldin barcha betlari (varaqlari) raqamlanadi. Oxirgi betning orqa tomoniga bosh hisobchining imzosi bilan quyidagi yozuv yozib qo‘yiladi: “Ushbu daftarda hammasi bo‘lib bet (varaq) raqamlangan”. Kassa daftari (440-son shakl), undan tashqari, shnur bilan tikilgan va surg‘uchli muhr bilan muhrlangan, varaqlar soni esa, tashkilot rahbari va bosh hisobchining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Har bir daftar ustiga tashkilotning nomi va daftar oehilgan hisobot yili yozib qo‘yiladi. Daftarda unga oehilgan subschyot­ larning mundarijasi bo‘lishi kerak. Yozuvlar daftaming boshqa betiga o‘tkazilganda mundarijada shu subschyot bo‘yicha yozuvning o‘tkazilganligi, yangi betlaming raqami ko‘rsatilgan holda belgilab qo‘yiladi. Buxgalteriya daftarlarida yil tugagandan keyin bo‘sh varaqlari ko‘p bo‘lsa, kelgusi yil operatsiyalarini yozish uchun ham foydalanilishi mumkin. Kartochkalar (asosiy vositalarga doir kartochkalardan tashqari) har bir subschyot uchun alohida yuritiladigan 279-son shakldagi kartochkalar reyestrida ro‘yxatga olinadi. Asosiy vositalar kartochkalari AV-10-son shakldagi asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar ro‘yxatida ro‘yxatga olinadi. Kartochkalar kartotekalarda, subschyotlarga, ulaming ichida moddiy javobgar shaxslarga bo‘lingan holda saqlanadi. Buxgalteriya hisobi registrlari va boshqa buxgalteriya hujjatlarini arxivga topshirish muddatlari va tartibi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlari, hisob registlari, moliyaviy hisobotlami saqlashni, ulami rasmiylashtirib, arxivga topshirishni bosh hisobchi ta’minlaydi. Asosiy vositalar hisobi yuritiladigan inventar kartochkalarning ro‘yxati AV-10 son shakli, unda AV-6 son shakl, AV-8 son shakl va AV-9 son shakl inventar kartochkalar bo‘yicha oxirgisi- ning ham hisobdan chiqqanligi haqida belgi bo‘lgandagina arxivga topshiriladi. Ushbu ro‘yxatsiz arxivga topshirilayotgan inventar kartochkalar, kartochkaning raqami va hisobdan chiqarilayotgan invcntaming nomi ko‘rsatilgan holda alohida qaydnoma yoziladi. Hisob registrlariga yozuvlar siyoh bilan, sharikli ruchka bilan yoki zamonaviy hisoblash texnikasi yordamida boshlang‘ich hisob hujjatlaridan, ular olinganidan so‘ng keyingi kundan kechiktirmasdan yoziladi. Har oy tugagandan keyin analitik hisob registlarida aylanmalarning jami hisoblanadi va subschyotlar bo'yicha qoldiq chiqariladi. Joriy yilda hisob registrlaridagi buxgalteriya yozuvlarida aniqlangan xatolar quyidagi tartibda tuzatiladi:

  • balans topshirgunga qadar shu hisobot davrida aniqlangan, memorial order ma’lumotlarining o‘zgarishini talab qilmaydigan xatolar ana shu xato yozilgan yozuv yoki matnning ustidan ingichka chiziq bilan o‘chiriladi (o‘chirilgan yozuvni o‘qish mumkin qilib) va uning ustiga yangi, to‘g‘ri matn (yozuv) yoki summani yozib qo‘yish yo‘li bilan tuzatiladi. Bir vaqtning o‘zida tegishli qator chetidagi hoshiyaga bosh hisobchining imzosi bilan “Tuzatilgan” deb izoh beriladi va sanasi ko‘rsatiladi;

  • balans topshirish vaqtiga qadar memorial orderga o‘tib ketgan xato yozuv uning xarakteriga qarab qo‘shimcha memorial order bilan yoki “Storno” usulida tuziladi;

Sintetik va analitik subschyotlardagi buxgalteriya yozuvlarini to‘g‘riligini nazorat qilish uchun tegishli analitik subschyotlaming har bir guruhi bo‘yicha aylanma qaydnomalar (М-44-son shakldagi material zaxiralar bo‘yicha aylanma qaydnoma, 285-son shakldagi aylanma qaydnoma va 326-son shakldagi asosiy vositalar bo‘yicha aylanma qaydnoma) tuzikdi. Aylanmalar jami va aylanma qaydnomalardagi har bir analitik subschyot qoldiqlari 308-son shakl “Bosh-jumal kitobi”dagi mazkur subschyotlaming qoldiqlari va aylanmalari jami bilan har oy yakuni bo‘yicha taqqoslanadi. Aylanma qaydnomalar har oyda, asosiy vositalar bo‘yicha esa, har chorakda tuziladi. 326-son shakldagi aylanma qaydno- madagi yozuvlar kerak bo‘lgan hollarda bir necha yillar davomida olib borilishi ham mumkin. Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisob registlarida-yil boshiga qoldiq summalari o‘tgan yilgi yakunlovchi balansga va tegishli hisob registrlariga to‘la mos ravishda yoziladi.
Agar yillik hisobot moliya organi yoki yuqori tashkilot tomonidan qabul qilinayotganda yakunlovchi balansda tuzatishlar qilingan bo‘Isa, moliya organi yoki yuqori tashkilotning tegishli yozma ko‘rsatmasiga asosan bu tuzatishlar o‘tgan yilgi hisob registlariga ham, joriy yil registlariga ham (kirim qoldiqlarini o‘zgartirish yo‘li bilan) kiritib qo‘yiladi. Har bir hisobot oyi tugagandan keyin barcha memorial orderlar, memorial order - jamlanma qaydnomalar ularga tegishli hujjatlar bilan birga raqamiga qarab tartib bilan taxlanishi va kitob qilinishi kerak. Hujjatlar uncha ko‘p bo‘lmagan taqdirda, ulaming uch oyligini bitta qilib kitob qilish mumkin. Muqovasiga tashkilotning nomi, kitobning nomi va tartib raqami, hisobot davri - yil va oy, memorial ordeming boshlang‘ich va oxirgi raqami, kitobdagi varaqlar soni yozib qo‘yiladi. Tashkilotlardan boshlang‘ich hisob hujjatlari, hisob registr- lari, moliyaviy hisobotlar faqatgina qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli organlar tomonidan olinishi mumkin. Agar hali to‘liq rasmiylashtirilmagan hujjatlar tomi (tikil- magan, raqamlanmagan va h.k) olinayotgan bo‘Isa, hujjatlami olayotgan organ vakilining ishtirokida tashkilotning mansabdor shaxslari bu tomlami rasmiylashtirishlari (ro‘yxat qilishi, varaqlami raqamlashi, shnurlashi, muhrlashi va o‘z imzolari bilan tasdiqlashlari) lozim yoki olinayotgan hujjatlarning ro‘yxatini tuzib (har bir hujjatdagi varaqlar sonini ko‘rsatgan holda), uni o‘zlari va hujjatlami olayotgan organning vakili imzolashlari lozim. Boshlang‘ich hisob hujjatlari yo‘qolib qolgan hollarda tashkilot rahbari buyruq bilan yo‘qolish sabablarini tekshirish uchun komissiya belgilaydi.

  1. Hujjalarni aylanishi,korxonadagi statistik hisobotlar shakllarini o’rganish (1M,2M,3M,2-invest)

Hujjatlar aylanish grafigi 2-invest-(yillik) - Nomoliyaviy aktivlarga qo'yilgan investitsiyalar to'g'risidagi hisobot "Rasmiy statistika hisobi to'g'risida "gi qonuniga muvofiq, barcha yuridik shaxslar, iqtisodiy faoliyat turidan qat'i nazar, Rosstatni yig'ish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni taqdim etishlari shart.2-invest statistik ma'lumotlariga ko'ra, korxonalar o'zlarining investitsiya faoliyati to'g'risida hisobot beradilar.
2-invest – (yillik).Uni topshirish muddati shaklning o'zida ko'rsatilgan - har yili 15 fevraldan 01 aprelgacha. Agar oxirgi kun dam olish yoki bayram kuniga to'g'ri kelsa, umumiy qoidaga ko'ra, hisobotni topshirish muddati keyingi ish kuniga o'tkaziladi.

  1. Amaliyot obyektining tuzilmasi ,mehnat va ish haqi hisobiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish

  2. Amaliyot obyektida mehnat va ish haqi hisobini tashkil etish

O’zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Jo‘qorg‘i Kengesi Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir.
Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek ayrim fuqarolar ixtiyorida mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan jismoniy shaxslarning mehnatga oid munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Mehnat Kodeksi mehnat huquqlari va burchlarining vujudga kelishi yoki bekor bo‘lishi bilan bog‘laydigan muddatning o‘tishi uning boshlanishi belgilangan kalendar kunning ertasidan e’tiboran boshlanadi. Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-
iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa kelishuvi — muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari uchun mehnat shartlari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlar belgilash borasidagi majburiyatlarni o‘z ichiga oluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solishga va ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi.
Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir.
Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari bo‘lib hisoblanadilar. Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qo‘shimcha holatlar (tanlovdan o‘tish, lavozimga saylanish va boshqalar) bo‘lishi mumkin.
Mehnat shartnomasining mazmuni taraflar kelishuvi bo‘yicha, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvi bilan quyidagilar belgilanadi:

  • ish joyi (korxona yoki uning bo‘linmasi);

  • xodimning mehnat vazifasi — mutaxassisligi, malakasi, u ishlaydigan lavozim;

  • ishning boshlanish kuni;

  • mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilganda uning amal qilish muddati;

  • mehnat haqi miqdori va mehnatning boshqa shartlari.

Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada tuziladi va har bir tarafga saqlash uchun topshiriladi.
Mehnat shartnomalari:
-nomuayyan muddatga;
-besh yildan ortiq bo‘lmagan muayyan muddatga;

  • muayyan ishni bajarish vaqtiga mo‘ljallab tuzilishi mumkin. Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni:

  • pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatni, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa, — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnomani;

  • mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno. O‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan olgan ma’lumotnomani;

  • harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishincha harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;

  • qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma’lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega shaxslargina bajarishi mumkin bo‘lgan ishlarga kirayotganda oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplomni yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni taqdim etadi.

Ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi.
Ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan yoki uning ijozati bilan xodimga haqiqatda ishlashga ruxsat etilgan bo‘lsa, ishga qabul qilish tegishli ravishda rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmaganligidan qat’i nazar, ish boshlangan kundan e’tiboran mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.
Mehnat shartnomasi quyidagi maqsadda dastlabki sinov sharti bilan tuzilishi mumkin:
-xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish;

  • xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi.

Dastlabki sinovni o‘tash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan bo‘lishi lozim. Bunday shartlashuv bo‘lmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.
Mehnat shartnomasi quyidagi sabablarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin:

  1. taraflarning kelishuviga ko‘ra. Ushbu asosga binoan mehnat shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin;

  2. taraflardan birining tashabbusi bilan;

  3. muddatning tugashi bilan;

  4. taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra;

  5. mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra. Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugamasdan oldin ham bekor qilinishi mumkin.

Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga uning mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishi shart.
Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinganda xodimga tegishli ish haqi, uning miqdori xususida nizo bo‘lmasa:

  1. mehnat shartnomasi bekor qilingan kunga qadar ishlayotgan xodimga, — mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni;

  2. mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamayotgan xodimga, — u hisob-kitob qilishni talab etgan kuni to‘lanishi kerak.

Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilinganda unga tegishli ish haqi, uning miqdori xususida nizo bo‘lmasa:

  1. qonun bo‘yicha yoki shartnomaga muvofiq mehnat shartnomasini bekor qilish haqida ish beruvchini ogohlantirishi shart bo‘lgan xodimga, — ogohlantirishiga ko‘ra u ishni tashlab ketishga haqli bo‘lgan kundan kechiktirmasdan;

  2. mehnat shartnomasini bekor qilishi haqida ish beruvchini ogohlantirishi shart bo‘lmagan xodimga, — ishdan ketgan kunining ertasidan kechiktirmasdan to‘lanishi lozim.

Xodim o‘zining bevosita majburiyatlarini amalda bajarmagan, hatto ish joyida ham bo‘lmagan, biroq ish beruvchining ixtiyorida bo‘lgan vaqt ham ish vaqtiga kiritiladi. Masalan, bekor turib qolishlar, xizmat safarlari, vaxtadagi smenalar o‘rtasidagi dam olishlar, ish joyida dam olish va ovqatlanish vaqtlari, agar ishlab chiqarish shartlariga ko‘ra ish kuni davomida dam olish va ovqatlanish uchun maxsus tanaffus belgilash mumkin bo‘lmasa, ish vaqti hisoblanadi. Xodim o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan dam olish vaqtlari - ish vaqti hisoblanmaydi, xodim bu vaqt davomida o‘z mehnat vazifalaridan ozod bo‘ladi va ish joyida bo‘lmasligi mumkin.
Ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Bu norma qonunda belgilangan va tomonlarning kelishuvlariga ko‘ra yoxud boshqa me’yoriy yoki lokal hujjatlar bilan o‘zgartirilishi mumkin emas. U har bir korxonadagi Ichki mehnat tartibi qoidalarida mustahkamlab qo‘yiladi va xodimlar ham, ish beruvchilar ham unga rioya qilishlari shart. Ish beruvchi tomonidan korxonadagi barcha xodimlar, ayrim toifadagi xodimlar va tomonlarning kelishuviga ko‘ra ayrim xodimlar uchun aniq ish vaqti muddati haftasiga 40 soat doirasida belgilanadi.
Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sog‘lig‘i holati, mehnatning shartlari, mehnat vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari va o‘zga holatlarni inobatga olib, mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi:

  • o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar (O‘zR MK 242-modda);

  • I va II guruh nogironi bo‘lgan xodimlar (O‘zR MK 220-moddaning uchinchi qismi);

  • noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar (O‘zR MK 117-modda);

-alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi xodimlar (0‘zR MK 118-modda);

  • uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar (O‘zR MK 228-1- modda).

Yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq, ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi ayrim toifadagi xodimlar uchun (tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. Bunday xodimlar ro‘yxati va ular ish vaqtining aniq muddati O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi.
Ish vaqtidan tashqari ishlar xodimning roziligi bilan qo‘llanishi mumkin.
Ish smenasining muddati o‘n ikki soatdan iborat bo‘lganda, shuningdek mehnat sharoiti o‘ta og‘ir va o‘ta zararli ishlarda ish vaqtidan tashqari ishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va uning eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.
Har bir xodim o‘ziga yuklatiladigan mehnat vazifalari doirasi bilan oldindan tanishtirilishi lozim. Ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin.
Rag‘batlantirish turlari, ularni qo‘llanish tartibi, afzallik va imtiyozlar berish jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa lokal hujjatlarda, jamoa kelishuvlarida, intizom to‘g‘risidagi ustav va nizomlarda belgilab qo‘yiladi.
Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli:

  1. hayfsan;

  2. o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima.

Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.
Intizomiy jazoni qo‘llagan ish beruvchi o‘z tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga ko‘ra jazoni bir yil o‘tmasdan oldin ham olib tashlashga haqli.
Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish tizimlari va shakllari
O‘zbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi.
Respublikamiz korxonalarida mehnatga haq to‘lash tizimi tarifli va tarifsiz mehnatga haq to‘lash tizimlari asosida shakllanadi.
Tarif tizimi - bu mehnatning murakkabligi va sharoitlaridan, ishlarni bajarishning tabiiy-iqlim sharoitlaridan, mehnatning tezkorlikligi hamda tavsifidan kelib chiqqan holda, mehnatga haq to‘lashni tabaqalashtirishga yordam beradigan me’yorlar j amalamasidir.
Mehnatga haq to‘lashning tarif tizimini tashkil qiluvchi asosiy omil bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • tarif stavkasi va setkasi;

  • tarif-malakay ma’lumotnomalari;

Tarif stavkasi - bu bir birlik ish vaqti uchun to‘lanadigan mehnat haqi miqdorini pul shaklida ifodalanganidir. Odatda, tarif stavkasi birinchi razryad uchun belgilanib, qolgan razryadlar uchun esa birinchi razryad tarif stavkasini qolgan razryadlar tarif koeffitsientlariga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Tarif stavkasi - ish vaqti uchun to‘lanadigan mehnat haqi miqdorini pul ko‘rinishida ifodalanishidir. Tarif setkasi - bu razryadlar va ularga tegishli bo‘lgan tarif koeffitsientlari ko‘rsatiladigan xujjatdir. Lavozim maoshi - bu xodim tomonidan to‘liq ishlab berilgan oy uchun ish haqi miqdoridir. Odatda,
lavozim maoshlari mehnati vaqtbay usulda to‘lanadigan ishchilarga o‘rnatiladi.
Xususiy tadbirkorlik byudjet sohasidan farqli o‘laroq mustaqil ravishda mehnat haqining shakli va tizimini, mukofotlarni, ustamalarni, qo‘shimcha to‘lovlarni va rag‘batlantirish to‘lovlarini mustaqil belgilashi
mumkin. Davlat tarif stavkalari va okladlarini hodimlarning lavozimi, malakasi va ular bajaradigan ishning murakkabligidan kelib chiqib mehnatga haq to‘lashni tabaqalashtirishda baza sifatida foydalanish mumkin.
Korxonalar mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimni mustaqil belgilaydilar. Mehnatga haq to’lash shakllari

Mehnat haqining ishbay shaklida ish haqi haqiqatda bajarilgan ish uchun yoki bir birlik ishga belgilangan amaldagi narxlarda yaratilgan mahsulot miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.


Mehnatni tashkil etish yo‘llaridan kelib chiqib ishbay ish haqi yakka tartibda va jamoat turlariga
bo‘linadi.
Yakka tartibdagi ishbay ish haqi shaklida ishchining mukofoti o‘zi yaratgan mahsulot miqdori,
uning sifati va ishbay narxlarga to‘liq bog‘liq bo‘ladi.
To‘g‘ri ishbay shaklida ish haqi belgilangan ishbay narxlarga muvofiq haqiqatdan bajarilgan ish(mahsulot tayyorlash) bo‘yicha aniqlanadi. Masalan, ishchi bir oyda 110 ta mahsulot bitkazdi. Har bir mahsulotga 10000 so‘m narx belgilangan. Mehnatga haq to‘lashning oddiy ishbay shaklida ish haqi belgilangan ishbay narxlarga muvofiq haqiqatdan bajarilgan ish bo‘yicha aniqlanadi. O‘z navbatida, ishchining oylik ish haqi 1100000 so‘mni (110x10000) tashkil etadi.
Mehnatga haq to‘lashning ishbay - mukofot shaklida ish haqini hisoblashda oddiy ishbay narxlardan tashqari belgilangan ko‘rsatkichlarni bajarganligi yoki ortig‘i bilan bajarganligi uchun qo‘shimcha ravishda mukofot hisoblanadi. Ishbay ish haqiga asosan mukofot haqiqatda ishlagan vaqtga nisbatan hisoblanadi. Masalan, ishchi bir oyda 120 dona buyum ishlab chiqardi, buyumning mehnat sig‘imi - 1,7 kishi/soat, mahsulot birligining narxi 10000 so‘m; ishlab chiqarish normasini bajarish bo‘yicha ishbay ish haqidan 5%, har bir normadan ortiqcha bajarilgan foizga ishbay ish haqidan 1% mukofot nazarda tutilgan. Ishchi 8 soatdan 24 smena ishladi. O‘z navbatida ishbay ish haqi 1200000 so‘mni (120x10000) tashkil etdi.
Qismlarni qayta ishlashga 192 soat (8 soatdan 24 smena) sarflangan. Buyumning mehnat sig‘imi - 1,7 kishi/soat, shu sababdan vaqt normasi 106,3% ((120x1,7)/(24x8)x100) bajarilgan.
Normani bajarganligi uchun ishbay ish haqidan 5% miqdorida, ya’ni 60000 so‘m (1200000x5%) mukofotni to‘lash talab etiladi. Reja 6,3% ga ortig‘i bilan bajarilganligi uchun qo‘shimcha ravishda yana mukofot 75600 so‘m (1200000x6,3%) to‘lanadi.
Ishchining umumiy ish haqisi 1335600 so‘mni (1200000+60000+75600) tashkil etadi.
Ishbay - progressiv shaklida mehnatga haq to‘lash belgilangan normalar doirasida oddiy ishbay narxlarda hisob - kitob qilinadi, normadan ortiqcha qismiga oshirilgan narxlarda hisob - kitob qilinadi. Masalan, dastlabki normani 1-10% ga ortiqcha bajarilishi ishbay narxlar 20% ga oshiriladi, ortiqcha bajarilish 10-30% ni tashkil etsa narxlar 30% ga oshiriladi va h.k.
Akkord - barcha ishlarni bajarish muddati va summasini umumlashtirib ularni kompleks baholash. Jamoa ishbay shaklida butun brigada ish haqi miqdori haqiqatda bajarilgan ishni hisobga olgan holda va uning narxidan kelib chiqib aniqlanadi hamda har bir ishchiga to‘lov esa butun brigada tomonidan yaratilgan mahsulot hajmi va umumiy ish hajmida mehnatining miqdori va sifatiga bog‘liq bo‘ladi
Egri ishbay shakli odatda yordamchi ishlarni bajaruvchi ishchilarning ish haqi miqdorini hisoblashda qo‘llaniladi: ish natijalari asosiy ishlab chiqarish mehnati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi texnologik uskunani sozlovchi, ta’mirlovchi, yordamchi master va boshqalar.
Vaqtbay ish haqida ishchining ish haqi uning haqiqatda ishlagan vaqti hamda lavozim okladi (tarif stavkasi)dan kelib chiqib belgilanadi. Belgilangan oyda ish barcha ish kunlarida to‘liq ishlasa ish haqi to‘liq tulanadi. Shuningdek mehnat haqi oyda to‘liq ishlagan kunlari uchun mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasining razryadidan kam bo‘lmasligi kerak. O‘z navbatida, mehnatga haq to‘lashning vaqtbay shakli oddiy- vaqtbay va vaqtbay-mukofot tizimlariga bo‘linadi.
Oddiy vaqtbay shaklida mehnat haqi hisobini yuritishda tarif stavkasi yoki shtat jadvaliga asosan mansab maoshlari asos qilib olinadi. Oddiy vaqtbay usuli ishchining bevosita ishlagan vaqt miqdoriga bog‘liq. Soatbay va kunbay mehnat haqi shakillarini vaqtbay tizimning turli hil ko‘rinishi sifatida farqlashadi. Ish haqi miqdori soatbay(kunbay) mehnat haqi stavkasini haqiqatda ishlagan soatlarga(kunlarga) ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay -mukofot shaklida tarif stavkaga asosan beriladigan ish haqidan tashqari, korxona ishlab chiqilgan mukofotlash to‘g‘risidagi nizomga, jamoat shartnomasiga yoki korxona rahbari buyruqiga asosan miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini bajarganligi uchun qo‘shimcha ravishda mukofot berish ko‘zda tutiladi.
Asosiy ish haqi, bu ishchining ishlagan vaqti, bajargan ishining miqdori va sifatiga asosan hisoblangan ish haqidir: ishbay ishlagani uchun hisoblagan ish haqi, tarif stavkalari, okladlar, mukofotlar, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlagan ish vaqtiga hisoblangan qo‘shimcha ish haqi, ishchi aybiga bog‘liq bo‘lmagan xolda turib qolishlarga hisoblangan ish haqi.
Qo‘shimcha ish haqi, bu mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan ishchining ishlamagan ish vaqti uchun hisoblangan ish haqidir.
Bunga ishchining mehnat ta’tili uchun hisoblangan ish haqi, yosh bolali onalarni bolalarini boqish uchun berilgan vaqt uchun hisoblangan ish haqi, voyaga etmaganlar uchun imtiyozli ish vaqti uchun hisoblangan ish haqi, ishdan bo‘shashi munosabati bilan hisoblangan nafaqa va boshqalar.

  1. Amaliyot obyektida mehnat haqi yuzasidan hisob-kitoblarning sintetik hisobi

Xodimlarga tegishli ish haqi, mukofot, nafaqalar hisoblashni amalga oshirish bilan bir vaqtda bu summalar korxona buxgalteriyasida tegishli registrlarda hisobga olib boriladi.
Xarajatlar tarkibi to'g'risidagi Nizomga binoan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan mehnatga haq to'lash xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot ( ish, xizmat) lar tannarxiga o'tkaziladi. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan mehnatga haq to'lash xarajatlariga quyidagilar kiradi:
-xo'jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq to'lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan bajarilgan ishni hisobga olish bo'yichа dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag'batlantiruvchi tusdagi to'lovlar ;
-kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar ;
-ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog'liq bo'lgan kompensatsiya tusdagi to'lovlar, shu
jumladan:
-texnologik jarayon Jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va
bayram kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qo'shimchа haq ;
-smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo'shib olib borganlik va xizmat ko'rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar ;
-hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro'yxati bo'yichа og'ir, zararli mehnat va tabiiy- iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar ;
-aloqa, temir yo'l, daryo, avtomobil transporti va katta yo'llar xodimlarining va doimiy ishi yo'lda o'tadigan yoki qatnov tusiga ega bo'lgan boshqa xodimlarning ish haqiga, xo'jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan jo'nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigachа to'lanadigan yo'lda o'tgan har bir sutka uchun to'lanadigan ustamalar ;
-qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta'mirlashda bevosita band bo'lgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning ko'chma va qatnov xususiyati uchun ustama ;
-doimiy ravishda yer osti ishlarida band bo'lgan xodimlarga ularning shaxtada ish joyiga jo'nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigachа o'tadigan normativ vaqt uchun qo'shimchа haq ;
-mehnatga haq to'lashning rayonlar bo'yichа tartibga solinishiga, shu jumladan rayon koeffitsiyentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho'l, suvsiz va yuqori tog' joylarida ishlaganlik uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan to'lovlar ;
-xo'jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan ish joyiga va orqaga qaytadigan yo'lda o'tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash Jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek xodimlarning meteorologiya sharoitlariga ko'ra va transport tashkilotlarining aybi bilan yo'lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif stavkasi, oklad miqdorida to'lanadigan summalar ;
-ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti Jamlanib hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari, uchun haq to'lash:
-amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi va qo'shimchа ta'tillar, navbatdagi foydalanilmagan va qo'shimchа ta'tillar uchun kompensatsiyalar, o'smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanafuslar, shuningdek tibbiy ko'riklardan o'tish bilan bog'liq vaqt uchun haq to'lash ;
-majburiy ta'tilda bo'lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda haq to'lash ;
-donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to'lash ;
-davlat vazifalarini bajarganlik uchun mehnat haqi to'lash ;
-xo'jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik- huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo'yichа ishlar bajarilganligi uchun haq to'lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob- kitob xo'jalik yurituvchi subyektning o'zi tomonidan amalga oshirilsa pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi ;
-belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq to'lash fondiga kiritiladigan to'lovlarning boshqa turlari.

  1. Asosiy vositalarning analitik hisobi

Analitik hisob - bu buxgalteriya hisobi obyektlarini va ulami harakatini har birini alohida holda (detallashtirilgan holda) natura, pul va mehnat о ‘Ichovlarida hisobga oladi.

bildiradi.


Analitik so ‘zi lotincha so ‘zdan olingan bo ‘lib “Bo‘laklash ”, "Tahlil qilish ”degan ma ’noni
Amaldagi tartibga ko‘ra, asosiy vositalarning analitik hisobi ularning tasnifiy guruhlari va inventar

obyektlari bo‘yicha, shuningdek, obyekt- larning moddiy javobgar shaxslarda turish joyi (bo‘linmalar, brigadalar, sexlar, uchastkalar va boshqalar) bo‘yicha yuritiladi.
Budjet tashkiloti hisobvaraqlar rejasiga asosan 010 « Turarjoy imoratlar>> analitik hisobvarag'ida toʻliq yoki asosan turarjoy uchun belgilangan binolar hisobga olinadi. Shuningdek, ushbu analitik hisobvaraqda tashkilotlarning balansida boʻlgan va o'z xodimlarining, jumladan, harbiy xizmatchilarning yashashi uchun foydalaniladigan binolari ham hisobga olinadi.
Hisobvaraqlar rejasining 011 « Noturar- joy imoratlar » analitik hisobvarag'ida esa, turar- joy bo'lmagan barchа imoratlar, jumladan, ishlab chiqarish xoʻjalik binolari, boshqaruv organlari, ijtimoiy- madaniy ( o'quv yurtlari, kasalxonalar, poliklinikalar va ambulatoriyalar, internatlar, qariyalar va nogironlar uylari, maktabgachа ta'lim muassasalari, kutubХОnalar, klublar, muzeylar, laboratoriyalar va boshqalar) va tashkilotlar tomonidan band qilingan boshqa binolar hisobga olinadi.
Asosiy vositalarning analitik hisobi AV-6-son shakldagi va AV-8-son shakldagi inventar kartochkalarda yuritiladi. Kartochkalar har bir inventar obyekt (predmet) bo‘yicha yuritiladi. Bir turdagi predmetlar AV-9-son shakldagi kartochkalarda hisobga olinadi.
AV-6, AV-8 va AV-9-son shakldagi inventar kartochkalari AV-10-son shakldagi asosiy vositalar hisobi bo‘yicha inventar kartochkalar ro‘yxatida xatlashdan o‘tkaziladi. Ushbu ro‘yxat bir nusxada yuritiladi. Undagi yozuvlar asosiy vositalarni guruhlarga bo‘lib, kartochkalar ochilgan yilni ko‘rsatib amalga oshiriladi. Har bir guruh uchun tegishli miqdorda sahifa ajratiladi. Raqamlash har bir guruh bo‘yicha 1 dan boshlanadi. Asosiy vositalar hisobdan chiqarilganda va joydan-joyga ko‘chirilganda xatlash ro‘yxatining “Izoh” grafasida memorial orderning sanasi (kun, oy, yil) hamda raqami ko‘rsatiladi.
Inventar kartochkalar kartotekalarda saqlanadi. Ular tegishli subschyotlar va guruhlar bo‘yicha hamda o‘z ichida moddiy javobgar shaxslarga bo‘lingan holda joylashtiriladi.
015 « Transport vositalari »> analitik hisobvarag'ida quyidagilar alohida guruhlarga ajratilib odamlami va yuklarni tashishga mo'ljallangan barchа turdagi vositalar hisobga olinadi:
-temiryo'l, suv va avtomobil transportining harakatdagi tarkibi ( elektrovozlar, teplovozlar, paravozlar, motovozlar, motodrezinalar, vagonlar, platshakllar, sistemalar, teploxodlar, paroxodlar, dizelelektroxodlar, buksirlar, barjalar va barkalar, qutqaruvchi qayiqlar, suzuvchi pristanlar, parusli kemalar, yuk avtomobillari va yengil avtomobillar, pritseplar, avtosamosvallar, avtosistemalar, avtobuslar, tortuvchi traktorlar va boshqalar) ;
-havo transportining harakatdagi tarkibi ( samolyotlar, vertolyotlar va boshqalar) ;
-ot- aravalar ;
-ishlab- chiqarish transporti ( elektrokarlar, mototsikllar, motorolerlar, velosipedlar, aravachalar va boshqalar) ;- sport transportining hamma turlari.
Bunda, yuk tortadigan va sport otlari hamda boshqa ish hayvonlari 019<< Boshqa asosiy vositalar
» analitik hisobvarag' ida hisobga olinadi.

  1. « KutubХОna fondi »> analitik hisobvaragʻida kutubХОna fondlari, kitoblarning ayrim nusxalarining qiymatidan qat'iy nazar hisobga olinadi. KutubХОna fondiga ilmiy, badiiy va o'quv adabiyotlari, adabiyotning maxsus turlari va boshqa nashrlar kiradi.

  2. « Boshqa asosiy vositalar » analitik hisobvarag'ida alohida guruhlarga ajratilib quyidagilar hisobga olinadi:

-ko'p yillik daraxtlar va ekinlar. Ko'p yillik daraxtlar va ekinlarga sun'iy ko'p yillik ko'chatlar ( ularning yoshidan qat'iy nazar), mevali ko'chatlarning hamma turlari ( daraxt va butalar), ko'chalar, maydonlar, bogʻlar, xiyobonlar, muassasalar hududida turarjoy uylarining hovlilaridagi ko'kalamzorlashtiruvchi va manzarali daraxt va butalar, yashil toʻsiqlar, qordan to'suvchi va dalalarni himoya qiluvchi, qumlarni va daryo qirgʻoqlarini mustahkamlash uchun ekiladigan daraxtlar, jar va soy yoqalariga ekiladigan daraxtlar va shunga o'xshashlar, botanika bogʻlari va boshqa ilmiy- tadqiqot muassasalarining hamda o'quv yurtlarining ilmiy maqsadlarga moʻljallangan sun'iy daraxtlari va boshqa ko'p yillik sun'iy daraxtlar ( hamma turdagi yosh daraxtlar to'liq yetilgan, ya'ni meva beradigan daraxtlardan alohida hisobga olinadi).
-Muzey qimmatliklari ( ularning qiymatidan qat'iy nazar) davlat muzey larida hisobga olinadigan muzey eksponatlaridan ( san'at va tabiatshunoslik predmetlari, qadimiy va turmush madaniyati pred metlari hamda ilmiy, tarixiy va texnikaviy ahamiyatga ega boʻlgan eksponatlardan) tashqari ;
-hayvonot bogʻlari va shunga o'xshash muassasalardagi hayvonat olami eksponatlari ( ularning qiymatidan qat'iy nazar) ;
-sahna- tomoshа vositalari, dekoratsiyalar, mebel va rekvizitlar, butaforiya, teatr kastumlari va milliy kastumlar, bosh kiyimlar, ich kiyimlar, poyafzallar, pariklar va boshqalar ;
-o'quv kinofilmlar, magnit disklar, kassetalar va boshqalar ;
-ish hayvonlari- otlar, ХОʻkizlar, tuyalar, eshaklar va boshqa ish hayvonlari ( yuk tashuvchi va sport otlari hamda boshqa yuk tashuvchi hayvonlarni ham qo'shib) ;
-mahsuldor va zotdor mollar- sigirlar, buqalar, qo' toslar va buy vollar ( ish hayvonlaridan tashqari), aygʻirlar va zotdor biyalar ( ish hayvonlari sifatida foydalanilmaydiganlari), yilqida boqishga o'tkazilgan biyalar, tuyalar ( ish hayvonlari sifatida foydalanilmaydiganlari), bugʻular, cho'chqalar, qoʻylar, echkilar, qoʻchqorlar va boshqalar ;
-boshqa inventarlar ( bolalar o'yinchoqlari, maxsus changʻilar va boshqalar) ;
-boshqa maxsus, shu jumladan harbiy asosiy vositalar.

  1. Download 44.15 Kb.

    Share with your friends:
1   2   3   4   5




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page