Aslida lakuna masalasi birinchi bo‘lib XV asrda Alisher Navoiy tomonidan o‘rtaga tashlangan.

Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida turkiy til va sart (fors-tojik) tilini solishtirar ekan, turkiy tildagi ayrim tushunchalarning fors-tojik tilida ifodalanmasligi, madaniy bo‘shliq hosil qilishi haqidagi mulohazalarini bayon etgan.
Va xo‘blarning ko‘z va qoshlari orasinki, qabog‘ derlar, forsiyda bu uzvning oti yo‘qtur.
Va husn ta’rifida ulug‘roq xolg‘akim, turklar meŋ ot qo‘yupturlar, alar ot qo‘ymaydurlar.
O‘rdakning jo‘rka, erka, suqtur, olmabosh, chokirqanot, temurqanot, aldaldag‘a, olapuka, bog‘chol kabi yetmish turini ifodalovchi turkiy so‘zlar muqobili sart tilida yo‘qligi, leksemalarda gender farqlarning ifodalanmasligi, ularning barchasi uchun birgina murg‘abi so‘zi ishlatilishi qayd etilgan: “...anda muqarrar va mashhur ilbosun o‘rdakdur. Va sort el ilbosunni xud bilmas. Tog‘i turk o‘rdakning erkagin “so‘na” va tishisin “bo‘rchin” der. Va sort munga ham ot qo‘ymaydur. Va nar va moda ikkalasin “murg‘obi” der” .

Alisher Navoiy ot turlari, ashyolari nomlari ham turkiy tillarda rang-barang ekanligini ta’kidlaydi: “Yana ot anvoyidaki, tubuchoq va arg‘umoq va yaka va yobu va totu yo‘sunliq – borini turkcha-o‘q ayturlar. Va otning yoshin dag‘i ko‘prakin turkcha ayturlar. Bir qulunni «kurra» derlar. O‘zga: toy va g‘o‘nan va do‘nan va tulan va chirg‘a va lang‘a deguncha fasihroqlari turkcha derlar va ko‘pragi muni ham bilmaslar. Va otni bilmas”.