Atrof-olam-majmua



Download 1.38 Mb.
Page13/62
Date21.11.2023
Size1.38 Mb.
#62660
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62
MAJMUA-(T.F)MAKTABGACHA YOSHDAGI-2023-24
Harakatli o‘yinlar. Tabiatshunoslik xarakteridagi harakatli o‘yinlar hayvonlarning xatti-harakati, ularning hayot tarziga taqlid qilish bilan bog‘liq bo‘lib, ba‘zilarida jonsiz tabiat hodisalarini aks ettiradi. Bu «Ona tovuq va jo‘jalar», «Mushuk va sichqonlar», «Quyosh va yomg‘ir» va shu kabi o‘yinlardir. Ijodiy o‘yinlar. O‘yinda bolalar mashg‘ulot, ekskursiya, kundalik hayot jarayonida olingan taassurotlarni aks ettiradilar (parrandachilik fabrikasi, issiqxona va shu kabilardagi ishlar), ular haqidagi bilimlarni egallaydilar, bunda ularda mehnatga ijodiy munosabat shakllanib, kattalarning tabiatdagi mehnatlarining ahamiyatini anglab oladilar.
Ijodiy o‘yinlarning mustaqillik xarakteri tarbiyachiga bolalarni yangi bilim, malaka va ko‘nikmalardan o‘rgatish metodi sifatida foydalanish imkonini bermaydi. Biroq bunda tarbiyachi bolalar qaysi bilimlarni yetarlicha egallaganlar-u, qaysilarini yana kengaytirish lozimligini bilib olish uchun ijodiy o‘yinlarni diqqat bilan kuzatib borishi lozim. Tarbiyachi tabiatshunoslik mazmunidagi ijodiy syujetli, rolli o‘yinlarni boyitib, ekskursiyalar, sayrlar vaqtida bolalarni kattalarning mehnati haqidagi bilimlarini kengaytiradi, diafilmlar ko‘rsatadi, kitoblar o‘qib beradi.
O‘yinni rivojlantirishda qishloq mehnatkashlari — sut sog‘uvchi, bog‘bonlar haqidagi hikoyalar bolalarga alohida ta‘sir ko‘rsatadi, shu bilan birga ularda kattalar mehnatiga nisbatan qiziqish uyg‘otib, o‘yin mazmunini boyitadi.
Tabiatshunoslik mazmunidagi ijodiy o‘yinlarni avj oldirish uchun sharoit yaratish, ya‘ni zarur o‘yinchoqlar — qishloq xo‘jalik mashinalari, hayvonlar va shu kabilar bilan ta‘minlash darkor. Ijodiy o‘yin turlaridan biri – tabiiy materiallar: qum, qor, loy, mayda toshchalar, so‘ta va shu kabilar bilan o‘ynaladigan o‘yinlardir.
Materiallar yordamida bolalar ijod qilar ekan, ularning xususiyatlari va sifatlarini bilib oladilar. Har bir yosh guruhda yilning fasliga mos tabiiy material bilan o‘ynash uchun sharoit yaratiladi. Bular qum maydonchalari hamda qum stollari, qum va qor bilan o‘ynash uchun shakl to‘plamlari, odamlar va hayvonlarning rezinkadan yasalgan figuralari, uy, daraxtlarning fanerdan yasalgan siluetlari, butalar, shoxchalar, chakamug, metall karkaslar bo‘lib, bular yordamida figuralar yasaladi. Tarbiyachi bolalarga o‘yin uchun tabiiy materiallarni tanlashda va ulardan foydalanishda yordam beradi hamda foydalanish usullarini ko‘rsatadi.

Download 1.38 Mb.

Share with your friends:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   62




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page