Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti “Maktabgacha ta’lim
metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi T.Yu.Ahmedovning 2022-2023-o‘quv yilida 5111800-Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 4-kurs 2-mutaxassislik sirtqi talabalari uchun Q.F “Atrofimizdagi olam” fanidan tuzilgan o‘quv -uslubiy majmuaga
TAQRIZ Maktabgacha ta’lim tizimi uzliksiz ta’limning asosiy bosqichi hisoblanib undagi ta’lim - tarbiya jarayoniga jiddiy yondoshish zamon talabidir.
O‘quv - uslubiy majmua Urganch davlat universiteti Ilmiy kengashining 2022- yil 4-iyuldagi 11-son bayonnomaida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan.
Ushbu o‘quv -uslubiy majmuaning mundarijasida fan yuzasidan ma’ruza mashg‘ulotlari, fan yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari, glossariy, ilovalar, fan dasturi, ishchi fan dasturi, tarqatma materiallar, testlar, baholash mezonlari bo‘yicha ko‘rsatmalar va boshqa materiallar ko‘rsatib o‘tilgan.
Ma’ruza matnlari fan dasturida berilgan adabiyotlarga asoslanib yaratilgan bo‘lib ma’ruzani mustahkamlash uchun savollar ham berilgan. O‘quv - uslubiy majmuada seminar mashg‘uloti ishlanmalari talabalar uchun reja asosida ishlab chiqilgan bo‘lib unda turli xil pedagogik texnologiyalardan foydalanib bajarilishi belgilangan. O‘quv - uslubiy majmuada ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarida foydalanish uchun tarqatma materiallar, nazoratlar uchun savollar va testlar ishlab chiqilgan.
O‘quv - uslubiy majmuadagi fan dasturidagi mavzular Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan qo‘yilgan talablarga, Davlat o‘quv dasturiga mos mavzular ham o‘z o‘mida to‘la yoritilib o‘tilgan.
T.Yu.Ahmedov tomonidan tuzilgan Q.F “Atrofimizdagi olam” o‘quv - uslubiy majmuani fan dasturiga mos kelganligi va ta’lim-tarbiya jarayonida undan foydalanish samarali natijalarga olib kelishini maqsad qilgan holda undan foydalanishni tavsiya qilaman.
p.f.d., proff M. S. Salayeva.