2- TOPSHIRIQ : Hayvonlarni ozuqasini belgilang? Hayvon Ot Timsoh Turna Tovuq Kapalak Tuya ozuqa
gul shirasi
Pichan
Go‘sht Don Baliq
Yantoq
8-seminar mashg‘uloti Mavzu: Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi. Maktabgacha
yoshdagi bolalar bilan tabiatni o‘rganish vazifalari.
Reja: 1. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan tabiatni o‘rganish vazifalari.
2. Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-olam, jonli va jonsiz tabiat haqida tasavvurlarni shakllantirish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalga tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini o‘rganish.
Ta’lim metodlari: “T” metodi, klaster.
Ta’lim vositalari:Tayanch matn, o‘quv qo‘llanmalar, ekspert topshiriqlar.
Kutilayotgan natija: Talabalar O‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari va uning tuzilishini o‘rganishadi.
Kichik ma’ruza: MTTlаrdа bоlаlаrni tаbiаt bilаn tаnishtirish ishining bоrishi vа uning muvаffаqiyatli bo‘lishi MTT mudirаsigа, uning ishchаn tаshkilоtchiligigа bоg‘liq.
Bоlаlаrni tаbiаt bilаn tаnishtirishdа eng аvvаlо hаr bir MTTdа uning mаtеriаl bаzаsini bаrpо etish kеrаk. Tаbiаtgа dоir bundаy mаtеriаl bаzаlаrigа quyidаgilаr kirаdi: MTTlаrdа uchаstkаlаrni tаshkil qilish, tаrbiyachilаrgа u yеrdа tаbiаt burchаgini jihоzlаshgа yordаm bеrish, hаr xil ko‘rgаzmаli qurоllаr tаyyorlаsh, stоl ustidа o‘ynаlаdigаn bоsmа o‘yinlаr, tаrbiyachilаr uchun tеxnik vоsitаlаrdаn fоydаlаnishni yarаtish, ulаrgа tаbiаtshunоslikkа dоir ishlаrni bоlаlаr bilаn birgа bаjаrishgа ko‘mаklаshish, ishni rеjаlаshtirishgа yordаmlаshish, psixоlоgik, pеdаgоgik vа mеtоdik аdаbiyotlаrni tоpib, ulаrdаn fоydаlаnish yo‘llаrini o‘rgаtish zаrur.
Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli tabiatdan iboratdir. Jonsiz tabiatga yer, quyosh, yulduzlar, suv, havo, toshlar, tuproq, jonli tabiatga esa o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlar kiradi. Jonsiz tabiat dcyilishiga sabab ular oziqlanmaydi, o‘smaydi, ko‘paymaydi, rivojlanmaydi. Masalan, toshni olsak, unga suv ham, havo ham kerak emas. Jonli tabiatga kiruvchilar esa oziqlanadilar, nafas oladilar, o‘sadilar va ko‘payadilar. Jonli tabiat vakillari o‘simlik, havo, suv, yorug‘lik, issiqlik va ozuqa bo‘lmasa yashay olmaydi. Jonli tabiatdagi barcha mavjudotlardan eng qudratlisi insondir. Inson fikrlaydi, mehnat qiladi, turli kashfiyotlar ixtiro qiladi. Tabiat insonni ma'naviy boyitishning bitmastuganmas manbaidir. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta'minlashda ekologik ta'limtarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik ta'lim va tarbiya insonning tabiatiga, qolaversa, o‘ziga nisbatan yangi munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o‘z navbatida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat uyg‘otish ona Vatanga, uning tabiat yodgorliklari, tarixiy obidalari, xalqimizning an’analariga hurmat ruhida tarbiyalashga, yuksak ma'naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.
1- Topshiriq