4. Marketing tahlilning qisqacha mazmun
Marketing tadqiqoti bozordagi harakat bo'yicha qaror qabul qilish borasida noaniqliklarni kamaytirish maqsadida zaruriy ahborot (ma'lumot) to'plash, uni qayta ishlash va tahlil qilishni anglatadi. Bunda tadqiqot ob'yekti bo'lib bozor, undagi iste'molchilar, munosabatlar, raqiblar, narxlar va tovar ishlab chiqaruvchilarining ichki salohiyati hisoblanadi. Tadqiqotlar mavjud axborotlar asosida umumilmiy va analitik-prognostik usullar yordamida amalga oshiriladi. Tadqiqot natijalari firmaning marketing faoliyati uchun zaruriy strategiya va taktika tanlash va amalga oshirishda qo'llaniladi.
Bozorni tadqiq (tahlil) qilish firma faoliyati uchun bozor sharoitlari to'g’risidagi ma'lumotlarga ega bo'lish maqsadida amalga oshiriladi. Bozorni rivojlanish tendentsiyalari va jarayonlari, jumladan, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, demografik, ekologik, yuridik va boshqa omillar hamda bozorning tuzilmasi, hajmi, geografiyasi, sotuvlar dinamikasi, raqobat holati, kon'yunktura, imkoniyat va risklar o'rganiladi. Tadqiqot natijalari bo'lib, bozor rivojlanishining prognozi, undagi kon'yunktura tendentsiyalari, unda muvaffaqiyatga erishishning muhim omillari xizmat qiladi. Ular asosida raqobat siyosatini amalga oshirishning samarali usullari va yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlari, bozor segmenti va undagi o'rin aniqlanadi.
Bunda bozordagi iste'molchilarni (individuumlar, oila va uy xo'jaliklari, tashkilotlar), ularning motivatsiyasi va unga ta'sir etuvchi omillarni, psixologiyasi va hulq-atvorini, istaklari va qatlamlarini, ijtimoiy holati va mavqeini, daromadlari, turi va ma'lumoti, talablari va manfaatlarini, haq-huquqlari qoniqtirilishining shart-sharoitlari va jarayonlarini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki bularning asosida bozordagi iste'molchilarning tipologiyasi aniqlanadi, ularning hulq-atvori, ulardan kutish mumkin bo'lgan talab modellashtiriladi. Natijada, istemolchilar segmentlanadi, bozorning maqsadli segmentlari tanlab olinadi.
Bozorda ustuvorlikka ega bo'lish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lish va mavjud raqobatchilar bilan o'zaro manfaatli hamkorlik o'rnatish maqsadida raqobatchilar tadqiq (tahlil) qilinadi. Bunda ularning kuchli va zaif tomonlari, salohiyati, imkoniyatlari, bozordagi o'rni, iste'molchilar tomonidan ularning marketing vositalariga reakstiyasi tahlil qilinadi. Buning natijasida bozorda ustuvorlikka ega bo'lishning yo'llari, narh yoki tovar sifati siyosatini yuritishning faol va passiv strategiyalari ishlab chiqiladi.
Shu bilan birga, bozorning marketing institutsional tuzilmasi potential vositachilarni (reklama, brokerlik, yuridik, auditorlik, sug’urta, transport, moliyaviy va boshqa turdagi yordamchilarni) tanlab olib, ular yordamida bozorda samarali faoliyat yuritish maqsadida o'rganiladi.
Bunda tovarlarni va ularning narhlarini hamda tovarni va sotuvlarni ilgari surilishi(development) kanallari va institutlarini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Bularning asosida tovar ishlab chiqaruvchi tovar aylanmasining hajmi, tovar turlari va zahiralari, ularni sotishning samarali kanallari va vositachilari aniqlanadi.
Tovar ishlab chiqaruvchilarning ichki holatini, uning sotuvlarini rag’batlantirish va reklama tizimini tahlil qilish ham marketing tadqiqotlarida muhim rol o'ynaydi.
1. Tadqiqot kontseptsiyasini ishlab chiqish (muammoni asoslash, maqsad va vazifalarni aniqlash).
2. Empirik ma'lumotlarni olish va tahlil qilish (ishchi instrumentariyni, ma'lumotlarni to'plash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish jarayonini ishlab chiqish).
3. Asosiy xulosalar va tadqiqot natijalarini shakllantirish.
Marketing tahlili natijalariga bozorni monitoring qilish asosida aniqlik kiritiladi.
Share with your friends: |