Baholash ishi va investitsiyalar


Fundamental va texnik tahlilning qisqacha mazmuni; marketing tahlilning qisqacha mazmuni



Download 1.76 Mb.
Page31/116
Date02.04.2024
Size1.76 Mb.
#63972
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   116
Baholash ishi va investitsiyalar
5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja
3. Fundamental va texnik tahlilning qisqacha mazmuni; marketing tahlilning qisqacha mazmuni

MB narhlari tendensiyalarini tahlil va prognoz qilishda ko'proq fundamental tahlil (fundamental analysis) usuli, texnik tahlil (technical analysis) usuli va ularning doirasidagi boshqa turdosh yoki gibrid tahlil usullari qo'llaniladi.


Hozirda har ikkala usul bir-birida farqlansada, o'zlarida bir-birlarining u yoki bu komponentlarini qo'llaydilar. Bundan tashqari ular boshqa tahlil nazariyalari unsurlarini ham o'z ichiga olishgan, masalan, “effektiv bozor” modellarini, “ehtimoliy asosda behosdan qilingan tanlov” konstepstiyasini. Bunga qaramasdan har ikala usul ham hozirda bozorlarni tahlil qilishda bosh mavqega ega bo'lib kelmoqda. Lekin, bu usullar yangi yondashuvlarni paydo bo'lishi evaziga takomillashib bormoqda. Masalan, I.Fisherning foiz stavkalar nazariyasini, Uilyamsning kapital aktivlarni baholash nazariyasini, Naytning aniq bo'lmagan omillar va risklarni sifat tahlili metodini, Markovicning (keyinchalik SHarp, Tobin, Lintner, Mossin, Blek, Shoulzlarning) optimal portfelni tanlash nazariyasini, SARM modellarini, Elliotning to'lqinlar nazariyasini, Sorosning refleksiv nazariyasini, Rossning ART modellarini, Modilyani va Millerning nazariyalarini va boshqalarni keltirish mumkin.
Ta'kidlash joizki, texnik tahlil usuli barcha mutaxassislar tomonidan oson qo'llanilishi mumkin, fundamental tahlil usulini esa har qanday mutaxassis tomonidan oson qo'llashi qiyinroq kechadi. Chunki fundamental tahlil ancha qiyin ish bo'lib, yetarli ma'lumotlar bazasini shakllantirishni va mos ravishda moliyalashtirilishni talab qiladi.
Fundamental tahlilning qisqacha mazmuni.
Fundamental tahlil mazmunan har qanday moliyaviy aktivning “haqiqiy” (yoki ichki real) bahosi kelajakda aktiv egasi olishi mumkin bo'lgan barcha naqd pul oqimlarining keltirilgan bahosiga teng degan fikrdan kelib chiqadi. Shunga mos ravishda tahlilchi (analitik)-“fundamentalchi” naqd pul oqimlari miqdorini va uni tushum vaqtini aniqlashga intiladi, keyin esa unga mos diskontlash stavkasini qo'llab ularning keltirilgan bahosini hisoblaydi. Aniqroq aytilsa, analitik na faqat diskontlash stavkasini baholaydi, balki kelajakda aktsiya bo'yicha to'lanadigan dividendlar miqdorini ham pronoz qilishi lozim.
Bunda, misol uchun, dividendlar miqdorini prognoz qilish firmaning foyda ko'rsatkichlarini bir aktsiyaga va dividendlar to'lash koeffitsientiga nisbatan hisoblashga ekvivalent bo'lib, bir vaqtning o'zida diskontlash stavkasiga ham baho berishni taqazo etadi. Firma aktsiyasining ichki bahosi aniqlanganidan so'ng bu baho aktsiyalarning joriy bozor kursi bilan solishtiriladi. Bundan maqsad bozorda aktsiya to'g’ri baholanganligini aniqlashdan iborat. Agar aktsiyaning ichki bahosi joriy bozor kursidan past bo'lsa, unday aktsiyani oshirilib baholangan deyiladi, aksincha bo'lsa - past baholangan aktsiya deyiladi. Aktsiyaning ichki va joriy bozor kursi orasidagi tafovut to'g’risidagi informatsiya tahlilchi uchun muhim ahamiyatga ega. Analitik-fundamentalchilarning fikricha: aktsiyani noto'g’ri baholanishining har qanday holati keyinchalik bozor tomonidan to'g’rilanadi: past baholangan aktsiyalar kursi tezroq oshadi, oshirilib baholangan aktsiyalarning kursi esa o'rtacha bozor kursiga qaraganda sekinroq o'sadi.
Fundamental tahlil quyidagi yo'nalishlar doirasida amalga oshiriladi:
1) Makroiqtisodiy tahlil, bunda quyidagi omillarni hisobga olingan holda iqtisodiyot va MBning holati baholanadi:
- yalpi ichki mahsulot, bandlik, inflyatsiya, foiz stavkasi, valyuta kurslari va h.k.;
- hukumatning monetar va fiskal siyosatlari, ularni bozorga ta'siri, bunda investitsion muhit va bozorning samarasi aniqlanadi (baholanadi);
2) Industrial tahlil, bunda iqtisodiyotdagi faollik cikli (davri), uning indikatorlari hamda tarmoqlarni faollik darajasiga nisbatan va rivojlanish davrlari bo'yicha tasniflash amalga oshiriladi, umuman olganda tarmoqlarning parametrlarni bozor kon'yunkturasi trendidan oqishlari tahlil qilinadi va prognozi amalga oshiriladi, tarmoq rivojlanishining sifati tahlil qilinadi;
3) Konkret firma tahlili, bunda firmaning menejmenti holati va rivojlanishi istiqbollari, tashkiliy va biznes faoliyati sharoitlari, korporativ boshqaruvi (siyosati) holati, moliyaviy holati ko'rsatkichlari, biznesi bahosi, bozordagi o'rni va h.k. ko'rsatkichlari tahliliy baholanadi;
4) Mulk, qimmatli qog’ozlar bahosini va ularning portfelini modellashtirish. qimmatli qog’ozlarning kichik miqdori bilan bog’liq bitishuvlar har kuni amalga oshiriladigan tor bozor ularning sezilarsiz miqdoriga o'ta sezgir bo'lganligi uchun narxlar bunday bozorda boshqarilishi mumkin, ya'ni bir nechta bitishuvlarni amalga oshirish hisobiga kursning kutilgan darajadagi oshishi yoki pasayishiga erishish mumkin. Keng bozorda esa yirik bitishuvlar ham undagi narxlarga unchalik ta'sir ko'rsatmaydi, chunki bunday bitishuvlar har kuni amalga oshiriladi.
Fundamental tahlilning barcha ko'rsatilgan yo'nalishlari doirasida amalga oshiriladigan ko'p sonli va murakkab tahlil majmuasi yuqorida aytilgan mazmunni ifodalaydi va amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Aytish joizki, fundamental tahlil usulidan 1974 yilga kelib Benjamin Grehem va Djeyms Ri voz kechib, yangicha yondashuvni ishlab chiqqanlar. Ularning fikricha, fond bozori effektiv (samarali) bo'lganligi sababli, noeffektiv qismlari kamayib bormoqda, bu esa o'z navbatida aniqlanishi mumkin bo'lgan ba'zi noeffektiv kompaniyalar aktsiyalari bilan bog’liq. Shu maqqsadda ular bunday kompaniyalarni aniqlash uchun ma'lum kriteriylar (mezonlar) to'plamini taklif qildilar.
Grehem-Ri yondashuvini mehanik tarzda qo'llash mumkin, chunki firmaning joriy moliyaviy holatini formal tekshirish va moliyaviy hisobotlaridan olingan ba'zi ko'rsatkichlarni firmaning aktsiyalarini joriy kursi va daromadliligini obligatsiyalarning AAA reytingi bilan solishtirishdan iborat.



Download 1.76 Mb.

Share with your friends:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   116




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page