2. Mamlakat aholisining traditsiyalari va ma'naviy boyliklariga asoslangan bozor modellari
Anglo-sakson traditsiyalariga asoslangan bozor modellari: Anglo-sakson yoki “protestantik kapitalizm” tradiciyalarida tarbiyalangan bozor qatnashchilari risklar va hatti-harakatlarga nisbatan pragmatik, iqtisodiy individualizm, davlatga va yirik kompaniyalarga nisbatan kamroq nazoratli bo'ladilar.
AQSH va Buyukbritaniya bozorlari qatnashchilari esa Germaniya va Yaponiyadagilardan farqli konservativlik darajasi kamroq va risklarga ko'proq moyil. Bularning barchasi anglo-sakson modeli asosidagi bozorlarni liberalligini, ochiqligini, faolligini, ammo krizislarga ta'sirchanligini belgilaydi.
Islom traditsiyasiga asoslangan bozor modeli: Bu traditsiya Islom bozori shaklida namoyon bo'ladi. Unda bozor qatnashchilari tomonidan Islom Shariati qoidalariga “halol” va “harom” tushunchalariga rioya qilinadi. Islomiy bozor institutlari oldindan belgilangan foiz daromad olishlari va spekulyativ operatsiyalar bajarishlari mumkin emas, ular faqat ulushlar va ijara asosida ishtirok etishlari, mulkni nasiyaga sotib olish va sotishi mumkin. Bunday traditsiyalarda, masalan, Pokiston, Bahreyn, Kuvayt, Indoneziya, Eron, Malayziya va shular kabi bosh?a davlatlar bozorlari faoliyat yuritadi.
Yapon traditsiyalariga asoslangan bozor modeli: Ushbu traditsiya quyidagilarda namoyon bo’ladi:
insonlarni pog’onalilikka intilishi, o'zidan yuqori pog’onada turgan shaxsga sodiqlik (davlat tuzilmasi yoki biznesda);
bir kompaniyada o'tiroqlik;
vasiylikka muhtojlik;
personal manfaatlarini mulkdorlarnikidan yuqori qo'yish («korporatsiya-oila», sezilarli oshib boruvchi mehnat haqi va ijtimoiy to'lovlar tamoyili asosida);
yaqqol kollektivizm, jamiyatga o'ta tobelik, o'zini moddiy cheklash («halol kambag’allik», ishga fidoiylik etikasi), Yaponiyani dunyodagi alohida missiyasini oshirish;
anglo-sakson traditsiyasidan farqli, aholining yuqori darajadagi jamg’arma normasi.
Share with your friends: |