Iqtisodiy regulyatorlik funktsiyasi. Narx bozor iqtisodiyotining asosiy mexanizmidir. Ishlab chiqaruvchilar narx o’zgarishiga qarab ish yuritadilar. U barometr kabi bozor holatini ko’rsatib turadi. Masalan: «A» tovarga bo’lgan talab oshsa narx ham oshadi, bu esa tadbirkorlarni shu tovarni ishlab chiqarishga yo’naltiradi va aksincha.
Raqobat vositasi funktsiyasi. Ma’lumki raqobat ham bozor iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy rol o’ynaydi. Raqobat turlarining eng muhimlaridan biri bu narx vositasidagi kurashdir. Narxni pasaytirish orqali bu kurashda yutib chiqish mumkin.
Hisob – kitob funktsiyasi. Narx – bu almashuv qiymat, boshqacha qilib aytganda, tovar uchun to’lanadigan pul miqdoridir. Shu asosida u hisob-kitob funktsiyasini bajaradi.
Sotsial himoya funktsiyasi. Bozor iqtisodiyotining o’tish bosqi-chida ijtimoiy himoya vazifasini o’tovchi narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy zarur ist’emolchilik tovarlari bilan minimal darajada ta’minlash maqsadida ham qo’llaniladi. Masalan, bizning mamlakatimizada 1991 yildan 1995 yilgacha un va un mahsulotlari, qand-shakar, go’sht, o’simlik moyi, choy, sovun kabi mahsulotlar dotatsiyalashgan narxlarda cheklangan miqdorda sotildi. Ularning dotatsion va haqiqiy narxlari o’rtasidagi farq byudjet mablag’lari hisobiga qoplab borildi.
Qiymatni hisobga olish vasifasi. Tovarni ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, olingan natijalar va uning nafliligi narx yordamida hisobga olinadi.
Taqsimlash vazifasi. Narx vositasida daromadlar, mahsulotlar va iqtisodiy resurslar mulkdorlar, tarmoqlar, sohalar hamda hududlar o’rtasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
7-MAVZU. MULK BOZORINING NAZARIY ASOSLARI
REJA:
Mulk bozorining umumiy bozor sifatidagi tushunchasi, nazariy asoslari va uning tovari fuqarolik huquqlari ob'yektlari ekanligi to'g’risida.
Mulk bozorining umumiy bozor sifatidagi modellari.
Mulk bozorining iqtisodiyotdagi o'rni va unda davlatning faoliyati.
Mulk bozori qatnashchilari.
Mulk bozori va real iqtisodiyotning regulyativ bog’liqlikdagi faoliyatini ifodalovchi tuzilmaviy model.
Share with your friends: |