Xarajatni rejalashtirish: Xarajatni rejalashtirish tushunchasi loyiha qurilishining oldindan belgilangan umumiy xarajatlari bilan izohlanadi. Xarajatlarni rejalashtirish tizimi loyihani belgilangan muddatda va hisoblab chiqilgan miqdorda amalga oshirishga yordam beradi. Bunda loyihaning xarajatlarini yuqori qilib ko’rsatish holatlaridan qochiladi.Xarajatlarni rejalashtirish quyidagi uchta faoliyatni o’z ichiga oladi:
Xarajatni hisoblash
Xarajatlar dasturi
Xarajatlarni tekshirish
Xarajatni hisoblash: Loyihaning maqsadli xarajatlari ishchi kuchini yollash va tahminiy xarajatlar metodi orqali belgilanadi. Bunda loyihaning boshqaruvchisi loyiha boshlanishidan oldin moliyaviy majburiyatlarga tayyorlanishi kerak bo’ladi.
Xarajatlar dasturi: Xarajatlar dasturi o’zining maqsadiga ko’ra haftalik yoki oylik bo’lishi mumkin, muhandis qilinishi kerak bo’lgan ishlarni taqsimlab olishi lozim bo’ladi, masalan, plintuslar,tashqi devorlar, ichki devorlar, eshik va derazalar, pol, ichki plasterlar, yo’lkalar, xizmatlar, biriktirilgan yo’laklar, biriktirilgan devorlar va boshqa qismlar. Loyihaning bu kabi kichik elementlari xarajatlari loyihaning umumiy hisoblangan xarajatlariga mos kelishini eslatib o’tish zarur bo’ladi.
Xarajatlarni tekshirish: Loyihani amalga oshirish jarayonida muhandis sarflangan miqdorni tekshirib turishi lozim va agar joiz bo’lsa loyihani hisoblangan miqdorda tugallash uchun unga kichik o’zgartirishlar ham kiritishi mumkin.
Shunday qilib, xarajatlarni rejalashtirish uzluksiz jarayon bo’lib, bu arxitektor va muhandisning zimmasidagi vazifa hisoblanadi, u loyihani o’z vaqtida va belgilangan xarajatlar doirasida amalga oshirishga yordam beradi. Loyiha uchun tenderlar xarajatlarni rejalashtirish faoliyati tugallangandan so’ng amalga oshirilishi lozim.5
1. Mulk (mulkiy huquq) qiymatini baholash xizmatlari bozorining mazmuni va ko'rsatkichlari
Mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori(MQBXB)ning institutsional tuzilmasi 8.1-rasmdagi shemada ko'rsatilgan.
Share with your friends: |