Baholash ishi va investitsiyalar


-rasm. MQNB (V-P)-muhitining regulyativ sxemasi



Download 1.76 Mb.
Page52/116
Date02.04.2024
Size1.76 Mb.
#63972
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   116
Baholash ishi va investitsiyalar
5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja
9.2-rasm. MQNB (V-P)-muhitining regulyativ sxemasi

Ushbu 9.2-rasmdagi sxemada: F - tashqi omillar; Y - MQNB (V-P)-muhiti natijasi bo'lib, u bir vaqtning o'zida X-regulyativ siyosatning o'zgarish sababchisi; W - MQNB muhitiga ta'sir etuvchi ichki omillar. Bunda regulyativ siyosat umuman olganda davlatniki, xususiy hollarda mahalliy hokimiyatniki va korporativ bo'lishi mumkin.


Mazkur shematik modelning faoliyat tamoyili quyidagicha jarayonda kechadi. Milliy mulkchilik tizimini rivojlantirishning regulyativ siyosati MQNB (V-P)-muhitiga W-kanal orqali ichki kuchaytiruvchi regulyativ ta'sir (ichki omil ta'sir) ko'rsatadi, o'z navbatida esa MQNB (V-P)-muhitidan tashqariga qarab Y-kanal orqali chiquvchi natija H-kanal orqali ichki omil sifatida shakllanib regulyativ siyosatni takomillanishiga ta'sir etadi. Bunda F-kanal orqali MQNB (V-P)-muhitiga tashqaridan ijobiy yoki salbiy ta'sir (tashqi omil ta'siri) kirib kelishi mumkin. Demak, H-kanal F-kanal ta'sirida MQNB (V-P)-muhitidan Y-kanal orqali chiquvchi natijani (F-kanal orqali tashqaridan kirib kelgan omilning pozitiv yoki negativligiga qarab) ijobiy yoki salbiy hodisa-voqelik (jarayon, namoyon bo'lish) deb regulyativ siyosat uchun identifikatsiyalash funktsiyasini bajaradi, W-kanal esa regulyativ siyosatning H-kanalga reakciyasi natijasini F-kanaldagi negativ (pozitiv) ta'sirini MQNB (V-P)-muhitida kompensatsiya qilish (pozitiv ta'sirini kuchaytirish yoki undan foydalanish) regulyativ funktsiyani bajaradi. Shunday qilib, mazkur model tashqi va ichki omillar ta'sirida o'zaro regulyativ bog’liq bo'lgan MQNB (V-P)-muhiti va regulyativ siyosatdan iborat murakkab adaptiv dinamik tizim sifatida namoyon bo'ladi. Bu adaptiv dinamik tizimning faoliyat natijasi iqtisodiy o'sishda mujassamlashadi.


3. Qiymat va narxni ekvivalent shakllanishini ta'minlovchi umumlashgan bozor va real iqtisodiyotning regulyativ bog’liqlikdagi faoliyatini ifodalovchi tuzilmaviy model

8.2.1-8.2.5-rasmlarda ko'rsatilgan modellar asosida va 7.3.1-rasmga mos ravishda MQNB va milliy real iqtisodiyotni (MRI) makroregulyator (MR) yordamida o'zaro regulyativ bog’liqlikdagi faoliyatini 8.3.1-rasmda keltirilgan tuzilmaviy model yordamida ifodalash mumkin. Ushbu 8.3.1-rasmda: TO - MRI va MQNBga bir vaqtda ta'sir ko'rsatuvchi tashqi omillar; QCHK - MQNBning chiqish ko'rsatkichlari; NCHK - MRIning (sektorlari indikatorlari bo'yicha) chiqish ko'rsatkichlari; QFO va NFO - makroregulyator (MR) tomonidan ishlab chiqiladigan hamda mos ravishda MQNB va MRI funktsiyasiga ta'sir etadigan ichki omillar; QSO va NSO - makroregulyator (MR) tomonidan ishlab chiqiladigan hamda mos ravishda MQNB va MRI tuzilmalariga ta'sir etadigan ichki omillar. Bunda MR, TOni hisobga olgan holda, QCHK va NCHK asosida ichki omillar (QFO, NFO, QSO, NSO) ishlab chiqishdan iborat bo'lgan makro darajada regulyativ muvozanatlaydigan mexanizm funktsiyasini bajaradi. Bu omillarning barchasi o'zaro sabab-oqibatlilik aloqasida bo'ladi.


Umuman MQNB undagi qiymat va narxlar yordamida mulkni tovar, kapital va mulkiy munosabatlar vositasi sifatidagi bozor muomalasini amalga oshirish funktsiyasini (talab va taklif funktsiyasini) bajaradi. MRI mulkni kapital sifatida ishlab chiqarish va tarkroran ishlab chiqarish jarayonlaridagi muomalasini amalga oshirish funktsiyasini bajaradi. MR esa umumiy regulyativ muvozanatlashtirish funktsiyasini bajaradi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, milliy MRI va MQNB ekvivalentliligi ta'minlanishi mumkinligi to'g’risida xulosa chiqarish mumkin. Demak, ijtimoiy-iqtisodiy sistemalogiya nuqtai nazaridan, MRI, MQNB va ularni tartibga soluvchi MRdan iborat bo'lgan 8.3.1-rasmdagi modelni muvozanatlanadigan modelь yordamida ifodalash va o'rganish mumkin.
Bunda 8.3.1-rasmdagi modelning ikkita tarkibiy qismi MRI va MQNB ekvivalent va tartibga soladigan tuzilmalar hisoblanadi. Bu tuzilmalarning ekvivalentligi MR yordamida ta'minlanadi. Shu sababli, quyidagi mulohaza adolatdan bo'ladi: “MQNB-MR” juftligi muvozanatlashtiriladigan modeldan boshqa narsa emas. Ushbu fikr hamda 8.2.1-rasm va 8.3.1-rasmlar asosida aytish mumkinki, MQNBni tartibga solishga (institutsional, funktsional va prudentsial) teng bo'lgan muvozanatlash bir vaqtning o'zida MQNB va MRIni davlat va jamiyat tomonidan makro va mikro tartibga solishni anglatadi.
Bunda 8.2.1-rasm va 8.3.1-rasmdagi har ikkala tizim ham ekvivalent juftlik hisoblanadi. Bu juftliklarning bir-biri bilan ekvivalent faoliyat yuritishi tartibga soluvchi va ularni muvozanatlashtiruvchi tuzilma (UR, MR) bilan ta'minlanadi. Bunday fikrga asoslanib, mulk ko'rsatkichlari, xususiyatlari va MQNBda ro'y beradigan jarayonlarga hos bo'lgan qonuniyatlarni, shuningdek, MQNB uchun xos bo'lgan hodisalarning rivojlanishini shakllantiradigan omillarni modellashtirish va bashorat qilish, MQNBning o'z funktsiyalarini bajarishi va MRIdagi rolini tahlil qilish mumkin.
Ta'kidlash joizki, mamlakatlar MQNBlarini tartibga solish aynan 8.3.1-rasmdagi model nuqtai nazardan tashkil etilishi lozim bo'lib, bu ko'p jihatdan uning shakllanishida MQNBni makrotartibga solishning davlat-jamiyat shakli muhim rol o'ynaydigan MQNBga ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Iqtisodiy nuqtai nazardan, MQNB mulkning kapital sifatida tovarga va bunday tovarni kapitalga aylanishini ta'minlaydigan MB va uning qiymatini baholash xizmatlariga talab va taklif funktsiyasi bo'lib namoyon bo'ladi.
Bunda mulk bir vaqtning o'zida ham kapital, ham tovar va mulkiy munosabatlar vositasi sifatida MQBHB bilan bog’liq holda MB muomalasida bo'lib, ma'lum bir hayotiylik davriga ega. Ushbu davrda u o'ziga hos ijtimoiy-iqtisodiy-axborot-huquqiy mexanizm bilan ta'minlangan munosabatlar vositasi, kapital va o'ziga hos tovar sifatida namoyon bo'ladi.
8.2.1-rasm va 8.3.1-rasmda keltirilgan tuzilmaviy-funktsional modellar bo'yicha yuqorida aytilgan fikr-mulohazalarning rivoji sifatida makroiqtisodiy nuqtai nazardan, fikrimizcha, aynan mazkur modellarning samarali tashkillashtirilishi va faoliyati negizidagina MQNB va MRI (real iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish va takroran ishlab chiqarish jarayonlarining) o'zaro bog’liqlikdagi faoliyati va barqarorligini makroregulyativ ta'minlash mumkin. Chunki, bu jarayonlarda MRI samaradorligi mulk qiymati va narxi yordamida o'lchanadi va belgilanadi.
Bunda MQNB va MRI davlatning zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy siyosati doirasida o'zaro makroregulyativ uzviy bog’liqlikda qaralishi zarur.
Umuman olganda, MQNB va MRIning o'zaro makroregulyativ bog’liqligini ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiyaga asoslangan mulk to'g’risidagi multifan asosida 8.3.1-rasmda berilgan makrotuzilmaviy model bilan ifodalab talqin qilish mumkin. Bunda tizimli yondashuv tizimlilik va komplekslilik nuqtai nazaridan MQNB va MRI o'zaro bog’liqlikda o'rganish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Bunda MQNB uchun muvozanatlashuvchi model sifatida tartibga solinadigan murakkab dinamik tizimni tasavvur qilishning nazariy qoidalari adolatdan bo'ladi. Shuning uchun mohiyatiga ko'ra 8.3.1-rasmdagi modelni makroregulyatsiyaga ega bo'lgan o'z-o'zidan rivojlanuvchan murakkab dinamik iqtisodiy tizim desak bo'ladi. Mos ravishda, MQNB ideal holatda MRI bilan ekvivalent bo'ladi, demak, real iqtisodiyot holatini hamda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotida ro'y berayotgan barcha voqea-hodisalarni ekvivalent ravishda (“barometr” sifatida) aks ettiradi.



Download 1.76 Mb.

Share with your friends:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   116




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page