Baholash ishi va investitsiyalar


Mulk qiymati va narxining shartli virtual shakldagi indikativ bozori va undagi gipotetik (V-P)-muhit



Download 1.76 Mb.
Page51/116
Date02.04.2024
Size1.76 Mb.
#63972
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   116
Baholash ishi va investitsiyalar
5-mavzu. Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish reja
2. Mulk qiymati va narxining shartli virtual shakldagi indikativ bozori va undagi gipotetik (V-P)-muhit

8.1-ma'ruzada keltirilgan barcha g’oya va fikrlar hamda xulosalar asosida ijtimoiy-iqtisodiy sistemologiya va unga asoslangan zamonaviy mulk to'g’risidagi multifan hamda zamonaviy ne'mat nazariyasi nuqtai nazaridan 5.5.1-rasmda va 7.3.1-rasmda berilgan modellar doirasida MB va MQBHBning regulyativ bog’liqligini va ekvivalentligini ta'minlovchi 8.2.1-rasm shaklida ko'rsatilgan tuzilmaviy-funktsional model o'rinli.






9.1-rasm. UM (MR) orqali MQBHB va MB bog’liqligi asosida ular ekvivalentliligini ta'minlashning tuzilmaviy modeli

Ushbu modelda (9.1-rasm): TO - milliy MQBHB va MBga bir vaqtda ta'sir ko'rsatuvchi tashqi omillar; QCHK - MQBHBning chiqish ko'rsatkichlari (indikatorlari); NCHK - MBning chiqish ko'rsatkichlari; UM - MB va MQBHB uchun umumiy regulyator (7.3.1-rasmdagi MRning analogi); QFO va NFO - UR tomonidan ishlab chiqiladigan hamda mos ravishda MQBHB va MB funktsiyalariga ta'sir etadigan ichki omillar; QSO va NSO - UM tomonidan ishlab chiqiladigan hamda mos ravishda MQBHB va MB tuzilmalariga ta'sir etadigan ichki omillar. UM, TOni hisobga olgan holda, QCHK va NCHK asosida ichki omillar (QFO, NFO, QSO, NSO) ishlab chiqishdan iborat bo'lgan makro darajada muvozanatlaydigan mexanizm funktsiyasini bajaradi. Bu omillarning barchasi o'zaro sabab-oqibatlilik aloqasida bo'ladi.


MB va MQBHB mulkchilik tizimi tarkibida ekvivalent bozorlar bo'lganligi va mos ravishda ularning faoliyatlari o'zaro bog’liqda (sinxron) kechishi munosabati bilan, bu bozorlarni 9.1-rasmdagi modelga asosan shartli ravishda fuqarolik huquqlari ob'yektlarining qiymati (V - value) va narxi (P - price) o'zaro ekvivalent bog’liqlikda shartli virtual tarzda shakllanuvchi hayolan (gipotetik) yahlit shakldagi indikativ bozor (MQNB) deb qabul qilish mumkin. Mazkur bozordagi (V-P)-muhit MQBHB va MBda mos ravishda baholangan qiymatlar va shakllangan narxlar ekvivalent bo'lishini, ularning MQNBda bir-biriga transformatsiyalanishi va bunda real aktiv(qiymat)lar bo'yicha “puffak” fenomeni sabablarini ko'z oldiga yaqqol keltirish maqsadida shartli ravishda qabul qilingan muhit deb qaraladi. Zero, qiymat va narx mulk(mulkiy huquq)ning ularga mos fantomlari (1.1-ma'ruza) deb qabul qilinganligi bu fantomlarni MQNBdagi mulkiy munosabatlar ob'yekti sifatida ushbu bozor muomalasida bo'lishini anglatadi. Bu esa MQNBni shartli ravishda mulkning qiymatiy va narxiy fantomlari bilan bog’liq mulkiy huquq munosabatlarining amal qilishi bozori ham desa bo'ladi. Agarda shahsning 1.1-ma'ruzada sanab o'tilgan harakatlar bilan amalga oshirgan yuridik munosabatlariining puldagi ifodasini aniqlash mulk (ya'ni, fantomlar vositasidagi mulkiy munosabatlar) qiymatini baholash demakligini inobatga olsak, u holda MQNB to'g’risida aytilgan fikr mantiqan to'g’ri ekanligiga iqror bo'lish mumkin. Shu bilan birga, 8.2.1-rasmdagi modelga ko'ra, bozorlarning har biri mazmunan farqli, lekin bir-biri bilan UM orqali uzviy regulyativ bog’liq bo'lganligi uchun ularni kompleks tartibga solish asosida ekvivalentliligini ta'minlash mumkinligi nuqtai nazaridan ularni UR tomonidan o'zaro balanslashtiriluvchi mulk qiymatlari va narxlarining shakllanishi bozori (MQNB) sifatida bir butun yahlit bozor deb qabul qilish mumkin. Boshqacha qilib aytsak, har qanday mulk qiymat va narxga ega bo'lishi uchun mos ravishda faqat MQBHB va MBda ma'noga ega bo'lganligi va bir vaqtning o'zida ushbu bozorlarning ob'yekti sifatida namoyon bo'lishi sababli, MQBHB va MBni bir-biri bilan uzviy bog’liq, ya'ni analog (ekvivalent, o'hshash) bo'lgan hamda davlat tomonidan uning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati doirasida o'zaro bog’liqlikda tartibga solinuvchi shartli ravishda fuqarolik huquqlari ob'yektlarining qiymati va narxi o'zaro ekvivalent bog’liqlikda shartli virtual tarzda shakllanuvchi hayolan (gipotetik) yahlit shakldagi indikativ bozor (MQNB) sifatida qarash mumkin.
MQNB modeli matematik ko'rinishda formallashtirilishi mumkin, ya'ni u mazmunan quyidagi umumiy ko'rinishdagi matematik tenglamalar yechimiga keltirilishi mumkin:
AX - F = ε (1)
ko'rinishidagi algebraik tenglamalar sistemasiga (tenglamada ε minimum qiymatga intiltiriladi) yoki
Ω (dx/dω)+A(x)X=F(ω), x(0)= x0 (2)
ko'rinishidagi oddiy differentsial tenglamalar sistemasiga (Koshi masalasi).
1-tenglama asosida MB (hamda MQBHB)ning muvozanat holatiga erishish modeli 8.2.2-rasmda ko'rsatilganidek modellashtiriladi. Bunda tenglamaning matematik echimi (ildizi) bozorning muvozanat holatini anglatadi, ya'ni ildizni topish uchun tanlab olingan matematik metod modelda bozorni muvozanatlashtirish mexanizmi faoliyatini belgilaydi. Modelda: B - bozor (“MB-MQBHB” juftligi, MQNB); MM - muvozanatlashtiruvchi mehanizm, ya'ni UR, MR; F - ta'sir etuvchi omillar; X - tartiblashtirish parametrlari.
2-tenglama asosida MB (hamda MQBHB)ning muvozanat holatiga erishish modeli 8.2.3-rasmda ko'rsatilganidek modellashtiriladi. Bunda tenglamaning matematik echimi bozorning muvozanat holatini anglatadi, ya'ni yechimni topish uchun tanlab olingan matematik metod modelda bozorni muvozanatlashtirish mexanizmi faoliyatini belgilaydi. Modelda: Х0 – boshlang’ich tartiblashtiruvchi diskretdagi parametr; Хк - navbatdagi tartiblashtiruvchi diskretdagi parametr.
Ushbu modellar asosida MQNB makroiqtisodiy darajada tartibga solinishini modellashtirish asosida o'rganish mumkin.
Mohiyatiga ko'ra 8.2.1-rasmda aks ettirilgan model regulyatsiyali o'z-o'zidan rivojlanuvchan murakkab dinamik tizim hisoblanib, unda MQBHB eng ideal holatda MB bilan aynan ekvivalent bo'ladi, demak, MQNB holatini va u orqali mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ro'y berayotgan barcha voqea-hodisalarni ekvivalent ravishda (“barometr” sifatida) aks ettiradi. Fikrimizcha, faqat shundagina MQNB va real iqtisodiyotdagi jarayonlarning o'zaro uyg’unligi, muvofiqligi va barqarorligini makroregulyativ ta'minlash mumkin. Demak, MQNB va real iqtisodiyot davlatning zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy siyosati doirasida o'zaro uzviy bog’liqlikda qaralishi zarur. Aynan MQNBda MQBHB va MB orasidagi zaruriy ekvivalentlilik darajasini ta'minlash ushbu bozorlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilishga mas'ul bo'lgan regulyativ organlarning, ya'ni URning, bosh vazifasi hisoblanadi. Chunki mazkur vazifani samarali bajarilishi MQNB va real iqtisodiyotning o'zaro bog’liqlikdagi faoliyati va barqarorligini ta'minlaydi.
Mulk qiymati va narxi ekvivalentligini ularning ekvivalentlilik riski va chegarasi (spredi) darajasidan oshmagan miqdorida ushlab turish MQBHB va MB professional institutlarining muhim vazifalaridan biri hisoblanishi lozim. Ushbu vazifaning bajarilishi (ya'ni mulk qiymati va narxining o'zaro ekvivalentligini ta'minlash) mumkinligi MQBHBda baholangan mulk qiymati MB narxiga va aksincha narxni qiymatga transformatsiyalanib transferlanishi (3.2.1-rasm), bunda har bir bozorning harakati tendentsiyalari omillar ta'sirini o'zida turlicha (o'zgacha) namoyon qilishiga qaramasdan sinhron kechishi va bu bozorlarning o'zaro regulyativ bog’liqligi bilan belgilanadi. Bu vazifa o'z-o'zidan mulkninghar qanday turini hududiy tizimlashtirilgan tasnifiy guruhlari va ular doirasidagi guruhcha (yoki sinf) va toifalari bo'yicha MQBHBda baholangan bozor qiymatlari va MBda belgilangan bozor narxlari retrospektiv tarihiy jamlanib boriluvchi miqdorlari va hisobotlari bir butun umumiy informacion (axborot) bazasi yaratilishi maqsadga muvofiqligini bildiradi. Bunday ahborot bazasining foydaliligi shundan iboratki, unda tarixiy sanalar bo'yicha tizimlashtirilib jamlanib borilgan mulkning avval baholangan qiymatlari miqdori va hisobotlaridan joriy sanada ko'rilayotgan mulk qiymatini tegishli mezon va tuzatishlar yordamida avtomatlashtirilgan ravishda baholashda foydalanish mumkin. Bu esa baholash ishlarining murakkablik darajasini o'xshash baholash ob'yektlaridan foydalanish va bunda barcha hisob-kitoblarni mavjud har uchchala yondashuv (xarajatlar, daromadlarga va qiyosiy solishtirishga asoslangan yondashuvlar) qo'llanilishi asosida to'liq avtomatlashtirish evaziga pasaytiradi, tezkorlik va aniqlik darajasini hamda umuman samaradorligi, ishonchliligi va sifatini keskin oshiradi.
Bunda fuqarolik huquqlari ob'yektlari (FHO) o'zlarining hossalari bilan bog’liq funktsiyalarini mulkiy munosabatlarda to'liq bajarishida va uni bir mulkiy huquq sub'yektidan boshqasiga qonuniy ravishda shaffof o'tishida optimal proportsiyali tuzilmaga ega mulkchilik shakllariga asoslangan samarali mulkiy tizim modeli muhim ahamiyatga ega. Bunda mulkiy tizimning tarkibiy qismlari bo'lgan MQBHB, MB va umuman MQNB faoliyati samaradorligiga hamda davlatning samarali regulyativ siyosati asosida bu bozorlar faoliyatining qulay (V-P)-muhitiga erishish dunyoning barcha mamlakatlari iqisodiyoti rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Zero, mulkiy munosabatlar samarali bo'lishi uchun davlat mulkiy huquq sub'yektlari (MHS) nuqtai nazaridan samarali bo'lgan mulkchilik tizimini (1.4.1-rasm) shakllantirishi zarur.
MQNBning faoliyati mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat siyosati doirasida MHSlar tomonidan harakatga keltiriladi. Bunda davlatning siyosati mulkchilik tizimi va MQNBning samaradorligiga qulay (V-P)-muhitni yaratish asosida erishilishiga qaratiladi. Zero, mulkchilik tizimining samaradorligi MHSlarning huquq va majburiyatlari, mas'uliyat va manfaatlarini samarali amalga oshirilishi uchun MQNBda yaratilgan (V-P)-muhitning qulayligi bilan belgilanadi. Bunda mulkdorning ijtimoiy va iqtisodiy manfaati - uning mulk egasi sifatidagi hayotiy ehtiyoji bo'lib, uni risklar sharoitida qondirish bilan bog’liq hatti-harakati va fe'l-atvorining ijtimoiy-iqtisodiy motivatsiyasini yuzaga chiqaradi.
MQNBdagi (V-P)-muhit - MB va MQBHB o'zaro ekvivalent bog’liqlikda regulyativ faoliyatni 8.2.1-rasmdagidek amalga oshirish shart-sharoitlari muhiti bo'lib, uni risklar hamda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa omillar yig’indisi belgilaydi. Bu (V-P)-muhit mamlakatdagi mulkchilik tizimi va unda MHS faoliyatining samaradorligi va turli omillar ta'siri bilan bog’liq bo'ladi. Umuman olganda, MQNBdagi (V-P)-muhit milliy MQNBda MB va MQBHBning o'zaro ekvivalent bog’liqligini ta'minlanishining, FHO qiymati baholanishi va ob'yektiv narxini shakllanishining sifatini indikativ aks etadi, o'zida mazkur bozorlarning instrumental, institutsional va funktsional imkoniyatlarini, MHSlarining faoliyat sharoiti va risklarini mujassamlashtiradi. Mos ravishda, bu (V-P)-muhit MQNB jalbdorligi, faolligi, xavfsizligi, imidji, qimmatliligi va nafliligi, risklari hamda mulkdorning huquqiy xavfsizligi va mulkchilik tizimi modelining samaradorligi kabi xossalari birikmasidan iborat integral (kompleks) tushuncha bo'lib, FHOlarga va ular bilan bog’liq xizmatlarga bo'lgan talab va taklifni ob'yektiv shakllantirilishiga xizmat qiladi.
Institutsionalizm nuqtai nazaridan, mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy barqarorligiga faqat samarali xususiy mulkchilik tizimi va MQNBda qulay (V-P)-muhit sharoitida erishiladi.
Milliy mulkchilik tizimi rivojlanishini harakterlovchi MqNB (V-P)-muhiti davlat tomonidan uning mulkchilik tizimini rivojlantirishning regulyativ siyosati (qisqacha regulyativ siyosat) vositasida tartibga solinganligi sababli, 8.2.5-rasmda berilgan sxematik model o'rinli.


Download 1.76 Mb.

Share with your friends:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   116




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page